Genlarning o'zaro ta'siri
Yuqorida keltirilgan misollardan genlar ta'sirining nisbatan mustaqil ravishda namoyon bo'lishini ko'rdik. No'xat donlarining sariq rang dominant geni shu belgining yuzaga chiqishini no'xat shaklining geni ishtirokida ham unga, allel bo'lgan burishgan donlar shaklining retsessiv geni ishtirokida ham rivojlanaveradi. Dengiz cho'chqalarida qora yoki oq rang geni jun qoplarni rivojlanishi xarakterini belgilaydigan genlardan qat'iy nazar o'z ta'sirini ko'rsataveradi. Yuqoridagi misollar bilan tanishib chiqqandan so'ng organizmlar genotipi bir-biridan mustaqil ravishda ta'sir qilib boradigan ayrim genlar yig'indisidan iborat ekanligi to'g'risidagi tasavvurni hosil qilish mumkin. Bunday tasavvur xatodir. Ba'zi hollarda genlar ta'siri garchi nisbatan mustaqil bo'lsa-da, lekin ular orasida ko'pincha o'zaro ta'sirning har xil shakllari yuzaga chiqib keladi
Do'stlaringiz bilan baham: |