5-masala. Bug’doyda A1 A2 genlar bahorli hususiyatni a1a2 genlar esa kuzgilik hususiyatni namoyon qiladi A1A1A2A2 genotipga ega formalar bahorlik hususiyatni, a1a1a2a2 genotipli formalarda kuzgilik belgi kuchli ifodalangan bo’ladi. Quyidagi chatishtirishdan olingan formalar genotipi va fenotipini aniqlang
A) A1A1A2A2 x a1a1a2a2
B) A1A1a2a2 x a1a1a2a2
C) A1a1a2a2 x a1a1A2a2
6-masala. Odam terisining rangi ikki xil gen bilan belgilanadi. BBCC genotipli odamlarning terisi qora. bbcc genotipli odamlarda oq rangda bo’ladi. Genotipida 3 ta dominant gen bo’lsa qoramtr, 2 ta bo’lsa oraliq, 1 ta bo’lsa oqish bo’ladi. Terisi rangi oraliq bo’lgan erkak terisi oqish bo’lgan ayolga uylangan .Ular farzandlarining 6/8 qismida teri rangi oraliq va oqish,2/8 qismida qoramtir va oq bo’lgan .Erkak va ayolning genotipini aniqlang
Terisi oraliq rangda ota-ona terisi qora va oq bo’lgan farzand ko’rishgan .Ota-onaning genotipini aniqlash mumkinmi ?
7-masala. G’o’zaning gultojbarglari asosida antotsian dog’ R1R1R2R2 genlar ta’sirida hosil bo’ladi r1r1r2r2 genli retsessiv formalar gultojbarglarida antotsian dog’ uchramaydi.Gultojbarglari asosida antotsion dog’i bor g’o’za gultojbarglari asosida antotsion dog’i yo’q liniya bilan chatishtirilganda hosil bo’lgan F1 va F2 duragaylarining genotipi va fenotipini aniqlang .
8-masala. Izoh. Odamlarning bo’yining uzunligi (180 sm ) 3 juft polimer ta’sirli dominant, pastligi (150 sm ) esa uch juft retsessiv genlarga bogliq.
Uch juft geni bo’yicha geterozigota odamlarning bo’yining uzunligini aniqlang.
9-masala. Izoh. Odamlarning bo’yining uzunligi (180 sm ) 3 juft polimer ta’sirli dominant, pastligi (150 sm ) esa uch juft retsessiv genlarga bogliq.
O”rta bo’li erkak va past bo’yli avloddan 4 ta farzand tugiladi. Ularning bo’lari 165, 160, 155, 150 sm. Ota va onaning genotipini va bo’y uzunligini toping.
10-masala. Jag`-jag` o’simligining mevasi uchburchakli va oval shaklda bo’ladi. Mevaning shakli ikki juft birikmagan, allel bo’lmagan genlar bilan ifodalanadi. Ikkita o’simlikni o’zaro chatishtirish natijasida avlodda ajralish namoyon bo’lib, ularning 15 qismi uchburchakli va 1 qismi oval shaklli mevalarga ega bo’lgan. Ota-ona va olingan duragaylarning genotipini aniklang.
11- masala. Hayvonotchilik xo’jaligida ko’paytiriladigan norka mo’ynalarining rangi ikki juft birikmagan, noallel genlar bilan ifodalanadi. Ikki juftning dominant genlari mo’ynaning qo’ng`ir rangini, ularning retsessiv allellari esa mo’ynaning kumush rangda bo’lishini belgilaydi.
a) Ikki juft genlar bo’yicha geterozigotali norkalarni o’zaro chatishtirish natijasida qanday avlod hosil bo’lishini aniqlang?
b) Ota-onalar genotipi qanday bo’lganda faqat qo’ng`ir mo’ynali duragaylar hosil bo’ladi ?
12-masala. Bug`doy doning rangi ikki juft birikmagan, noallel genlar bilan ifodalanadi va bunda dominant genlar qizil rangni, retsessiv genlar rangsizlikni ta`minlaydilar.
a)Doni qizil rangli ikkita bug`doyni o’zaro chatishtirib avlodda ajralish kuzatilgan. Duragaylarning 15 qismida doni rangli, 1 qismida –rangsiz bo’lgan. Bo’yalgan donlarning rangi bir xil bo’lmagan. Chatishtirishda qatnashgan o’simliklarning genotipini va avlodda kuzatilgan rang bo’yicha variatsiyalarning aniqlang.
b)Pushti rangli donga ega bug`doylarni o’zaro chatishtirilsa qanday avlod hosil bo’ladi? Rang bo’yicha ajralish namoyon bo’ladimi?
13-masala. Quyonlarning bir zotining genotipi A1A1A2A2 bo’lib, ular quloq suprasining uzunligi 28 sm ga teng, ikinchi zotini genotipi a1a1a2a2 bo’lib, ular quloq suprasining uzunligi 12 sm ga teng. Bunday zotlarni o’zaro chatirilsa birinchi avlod duragaylarning quloq suprasi uzunligi necha santimetr bo’ladi? Ikkinchi avlodda ajralish namoyon bo’ladimi? Nechta fenotipik va genotipik sinflar hosil bo’ladi?
14-masala. Makkajo’xorining so’tasi 24 va 12 sm uzunlikda bo’lgan ikkita navi chatishtirilgan. Agar har bir dominant gen 6 sm, retsessiv gen 3 sm uzunligini namoyon qilsa, u holda birinchi avlod duragaylarida so’taning uzunligi qancha bo’ladi? Ikkinchi avlodda qanday ajralish kuzatiladi? F2 dagi 960 ta o’simlikdan nechtasi 1 ta, nechtasi 2 ta, nechtasi 3 ta dominant genli bo’ladi?
15-masala. Odam bo'yining uzunligi uch juft allelmas genlar tomonidan boshqariladi. Agar bu uch juft genlar dominant bo'lsa, odam bo'yi 180 sm bo'ladi. Agar bu uch juft allelmas genlar retsessiv bo'lsa, odam bo'yi 150 sm bo'ladi. Uch juft bo'yicha geterozigotali odamning bo'yi necha sm bo'ladi?
Do'stlaringiz bilan baham: |