Noallel genlarning polimer ta’siriga oid mustaqil yechish uchun masalalar
1-masala. Makkajo’xorining so’tasi 20 sm va 8 sm uzunlikda bo’lgan 2 ta navi chatishtirilgan. Agar har bir dominant gen so’taning 5 sm, retsessiv gen 2 sm uzunligini namoyon etsa, u holda
a) F1da so’taning uzunligi qancha bo’ladi?
b) 3 ta dominant genli formalari F2 dagi 960 ta o’simlikda necha qismini tashkil etadi?
2-masala. Quyonlarning Baron zoti quloq suprasining uzunligi 28 sm, boshqa zotniki 12 sm ga yetadi. Agar quloq suprasining uzunligi 2 juft dominant genga bog’liq, deb faraz etsak va Baron zotining genotipi D1D1D2D2, ikkinchi zotniki d1d1d2d2 bo’lsa, ularni o’zaro chatishtirish natijasida olingan F1 duragaylarning quloq suprasi necha sm bo’ladi. Agar F1 duragay quyonlarning urg’ochi va erkagi o’zaro chatishtirilsa F2 da
a) F2 da nechta genotipik sinf hosil bo’ladi?
b) F2 da nechta fenotipik sinf hosil bo’ladi ?
c) F2 dagi quyonlardan necha qismini quloq surpasi huddi baron zotinikidek uzun bo’ladi ?
Do'stlaringiz bilan baham: |