3-masala. Kulrang andalus tovuqlari o’zaro chatishtirilganda, naslda qora, oq va kulrang formalar hosil bo’ldi.
bu hodisani qanday tushuntirish mumkun ?
agar kulrang tovuqlar qora patli xo’rozlar bilan chatishtirilsa qanday natija kutish mumkin?
4-masala. Talassemiya kasalligi (normal gemoglobin sintezining buzulishi) qisman dominant belgi sifatida nasldan-naslga o’tadi. Bu kasallik bo’yicha gomozigota formalar 90-95% hollarda nobud bo’ladi. Geterozigota formalarida kasallik yengil o’tadi . a)ota-onalardan biri talessemiya bilan kasal, ikkinchisi sog’lom bo’lsa farzandlarning mazkur kasallik bilan og’rish ehtimolligi qanday ?
b)ota-onalarning ikkalasi ham talessemiya kasalligini yengil formasi bilan og’rigan bo’lsa-chi
5-masala. G’o’zaning poyasi, shoxlari, barglari antotsian rangli –
Rp va yashil rangi – rp genotipga ega bo’ladi. Fl och antotsian rangli bo’ladi. Quyidagi genotipli o’simliklar chatishtirilganda,
qanday fenotipli o’simliklar hosil bo’ladi
a)RpRpx Rprp b)Rprpx rprp c)RpRpx rprp
6-masala. Odamda sistinuriya kasalligining (siydikda sistin miqdorini ortib ketishi )ma’lum bir formasi retsessiv belgi sifatida nasldan-naslga o’tadi. Odatda geterozigota formalarda siydikda sistin miqdori ortsa resessiv formalarda buyrakda u sistin toshlarini hosil qiladi .
Nigohlangan qizning siydigida sistin moddasi ortiqcha, sog’lom yigitning buyragida sistin toshlari aniqlanmagan bo’lsa, oilada mazkur kasallikning turli formalari bilan bolalar tug’ulish extimolligi qanday bo’ladi?
Nikohlangan yigit va qizning biri sog’lom, ikkinchisining buyragida sistin toshi bo’lsa oilada bu kasallikning turli formalari bilan bolalar tug’ulishi extimoli qanday?
7-masala. G’o’zaning och antotsian rangli o’simliklari o’zaro chatishtirishidan 680 ta o’simlik olindi. Shundan 340 tasi och antotsian rangli. Qolgan o’simliklarning qanchasi yashil rangli ? 8-masala. Og’iz kattaligi o’rtacha bo’lgan erkak va ayoldan 4 ta farzand tug’ildi. Ularning farzandlarini bittasini og’zi katta, bittasiniki kichik, 2 tasi o’rtacha. Ota-onaning va farzandlarni genotipini aniqlang.
9-masala. Ko’z oralig’i yaqin, ko’z oralig’i uzoq bo’lgan erkak va ayoldan ko’z oralig’i o’rtach farzand tug’ildi. Ota-ona va farzandlarning genotipini aniqlang.
10-masala. Odamlar jingalak sochli (JJ), to’lqinsimon sochli (Jj), tekkis sochli (jj) bo’lishi mumkin. Quydagicha genotipli odamlar va ularning farzandlarning fenotipini aniqlang.
a)P Jj x Jj ; b) P JJ x jj ; c) P Jj x jj ;
11- masala. Odamlarda sochning jingalak bo’lishi (J), tekkis bo’lishi (j) ustidan qisman dominantlik qilganligi sababli getrozigota hollarda soch to’lqinsimon bo’ladi. Oilada 25% jingalak, 50% tolqinsimon, 25 % silliq tugilish ehtimolli sodir bo’lishi uchun ota-ona genotipi qanday bo’lishi kerak?
12-masala. Odamlarda sochning jigalak bo’lishi (J), tekis bo’lishi
geni ustidan chala dominantlik qiladi, shuning uchun geterozigotalilarning sochi to’qinsimon bo’ladi. Sochlari to’qinsimon bo’lgan ayol sochlari tekis bo’lgan erkakga turmushga chiqdi. Bu oila farzandlarining fenotipi va genotipini aniqlang.
Do'stlaringiz bilan baham: |