8- masala. Tishlarning qoramtir rangi ikkita dominant gent a`sirida rivojlanadi. Bu genlarning biri autosomada, ikkinchisi X xromasomada joylashgan. Tishlari qora erkak va ayoldan tish rangi normal bo’lgan qiz va o’g`il tug`iladi. Ayol tishini qoramtir rang geni X xromosomada, erkak tishini qoratir rang geni autosomalarda joylashgan taqdirda, shu oilada keyingi farzandning
tish rangini normal bo’lishi imkoniyati qanday? Agar erkak mazkur genlar bo’yicha geterozigota bo’lsa-chi?
9- masala. Quloqda yung bo’lishi Y jinsiy xromosomada joylashgan genga bog`liq. Polidaktiliya geni dominant bo’lib, autosomada joylashgan. Otasi gipertrixoz ( quloqda yungi bor), onasi polidaktiliya bo’gan oilada har ikki belgi bo’yicha normal qiz bola tug`iladi. Shu oilaning keyingi farzandining ikki belgi bo’yicha normal holda bo’lish ehtimoli qanday?
10- masala. Daltonik va kar yigit bu belgilar bo’yicha sog` qizga uylandi. Bu oilada kar va daltonik o’g`il va normal eshitadigan qiz tug`ildi. Odatda kar va daltonik retsessiv belgilar bo’lib, daltonik gen X xromosoma bikan birikkan holda irsiylanadi, kar geni autosomada joylashgan. Shu oilada ikkta belgi bo’yicha kasallangan qiz tug`ilishi mumkinmi?
11- masala. O’naqay, qo’yko’z, normal ko’radigan qiz, o’naqay, havorang ko’z, daltonik yigitga turmushga chiqib, chapaqay, havorang ko’zli daltonik qiz tug`di. Qo’yko’z, o’naqaylik belgi dominant bo’lib, alleli autosomada joylashib, bir-biri bilan birikmagan. Daltonizm esa, retsessiv belgi bo’lib, uning alleli X jinsiy xromosomaga birikkan bo’lsa, keyingi farzandni chapaqay, daltonik bo’lib tug`ilish imkoniyati bormi? Uning ko’zi qaysi rangda bo’ladi?
12-masala. Gemofiliya geni odamning X xromosomasiga joylashgan bo’lib, jinsga birikkan holda irsiylanadigan retsessiv belgi. Albinizm kaslligi geni autosomalarga joylashgan retsessiv belgi. Xar ikki belgi bo’yicha sog`lom bo’lgan ota-onadan gemofiliya bilan og`rigan albinos o’g`il tug`ildi. Ota-onalarning genotipini ko’sating.
13-masala. Leykodistrofiya autosomada irsiylanadigan retsessiv belgi hisoblanadi. Gemofiliya va daltonizm kasallilari retsessiv bo’lib jinsiy X xromasomaga birikib keladi.
Leykodistrofiya bo’yicha kasal, gemofiliya bo’yicha sog’lom ayol bilan leykodistrofiya bo’yicha sog’ I qon guruhli erkak nikohidan tug’ilgan o’g’il II qon guruhli gemofilik bo’lgan, uning singlisi leykodistrofiya bilan kasallangan va I qon guruhli bo’lib tug’ilgan.
3-o’g’il esa daltonik bo’lgan.
Ota-ona va farzandlarning genotipi va fenotipini aniqlang. 14-masala. Otoskleroz kasalligi autosomada dominant gen bilan ifodalanadi. Ter bezlarining bo’lishi hamda daltonizm bo’yicha sog’lik dominant bo’lib jinsiy X xromasomaga birikkan holda nasldan-naslga o’tadi.
Otoskleroz bilan kasallangan, I qon guruhli, daltonik ayol, otoskleroz bo’yicha sog’, ter bezlari yo’q erkakka turmushga chiqqan. Shu oilada 3 ta farzand duyoga kelgan bo’lib, katta o’g’li otoskleroz bo’yicha sog’lom II qon guruhli, daltonik. 2- farzand qiz bola bo’lib ter bezlari bo’lgan otoskleroz bilan kassallangan, 3- qizi
qon guruhli daltonizm bilan kasallanganter bezi yo’q.
Ota-ona va farzandlar genotipini aniqlang.
Aralash masala
1.Kulrang tana kalta qanotli qiz ko`zli(otasi kulrang tana oq ko`zli) erkak drozafila hosil qiladigan gametalarni aniqlang.(krossingover 10%)
Do'stlaringiz bilan baham: |