MODIFIKATOR GENLAR TA ’SIRI
Allel bo‘lmagan genlami o‘zaro ta’siriga oid misollarda bir belgini rivojlanishi ba’zan bitta, ba’zan esa ikki yoki uchta gen faoliyati tufayli amalga oshishini ko‘rdik.Shuni qayd etish kerakki organizm genotipida belgiga bevosita ta’sir etuvchi genlardan tashqari ushbu genlarning faoliyatini kuchaytimvchi yoki susaytiruvchi genlar ham borligi aniqlangan. Bunday genlar modifikator genlar deb nomlanadi. Chunonchi, shoxli qoramol yungi ba’zan ola bula rangda bo‘ladi. Lekin qora doglar ba’zi qoramollarda kattaroq, ba’zilarida esa kichikroq ko‘rinishda bo‘ladi. Bu modifikator genlarning qora rangni hosil etuvchi genlar faoliyatiga ko‘rsatgan ta ’siri natijasidir. Agar qora d o g iar kattaroq bolsa modiflkator genlar yungning qora rangini ifodalovchi genlar
faoliyatini kuchaytirgan, agar qora dog’lar kichikroq boisa, modifikator genlar qora rangga ta’sir etuvchi genlar faoliyatini susaytirgan holda boladi.
Mustaqil yechish uchun masalalar
1.Jag'-jag' o'simligining mevasi uchburchakli va oval shaklda bo'ladi. Mevaning shakli ikki juft birikmagan, allel bo'lmagan genlar bilan ifodalanadi. Ikkita o'simlikni o'zaro chatishtirish natijasida avlodda ajralish namoyon bo'lib, ularning 15 qismi uchburchakli va 1 qismi oval shaklli mevalarga ega bo'lgan. Ota-ona va olingan duragaylarning genotipini aniqlang.
2.Hayvonotchilik xo'jaligida ko'paytiriladigan norka mo'ynalarining rangi ikki juft birikmagan, noallel genlar bilan ifodalanadi. Ikki juftning dominant genlari mo'ynaning qo'ng'ir rangini, ularning retsessiv allellari esa mo'ynaning kumush rangda bo'lishini belgilaydi. a)Ikki juft genlar bo'yicha geterozigotali norkalarni o'zaro chatishtirishi natijasida qanday avlod hosil bo'lishini aniqlang?
b)Ota-onalar genotipi qanday bo'lganda faqat qo'ng'ir mo'ynali duragaylar hosil bo'ladi?
3.Bug'doy donining rangi ikki juft birikmagan, noallel genlar bilan ilbdalanadi va bunda dominant genlar qizil rangni, retsessiv genlar rangsizlikni ta'minlaydilar.
Doni qizil rangli ikkita bug'doyni o'zaro chatishtirib avlodda ajralish kuzatilgan. Duragaylarning 15 qismida doni rangli, 1 qismida — rangsiz bo'lgan. Bo'yalgan donlarning rangi bir xil bo'lmagan. Chatishtirishda
qatnashgan o'simliklarning genotipini va avlodda kuzatilgan rang bo'yicha variatsiyalarni aniqlang.
Pushti rangli donga ega bug'doylarni o'zaro chatishtirilsa qanday avlod hosil bo'ladi? Rang bo'yicha ajralish namoyon bo'ladimi? 4.Quyonlarning bir zotining genotipi A1A1A2A2 bo'lib, ular quloq suprasining uzunligi 28 smga teng, ikkinchi zotini genotipi a1a1a2a2 bo'lib, ular quloq suprasining uzunligi 12 sm ga teng. Bunday zotlarni o'zaro chatishtirilsa birinchi avlod duragaylarning quloq suprasi uzunligi necha santimetr bo'ladi? Ikkinchi avlodda ajralish namoyon bo'ladimi? Nechta genotipik va fenotipik sinflar hosil bo'ladi?
5.Makkajo'xorining so'tasi 24 va 12 sm uzunlikda bo'lgan ikkita navi chatishtirilgan. Agar har bir dominant gen so'taning 6 sm, retsessiv gen 3 sm uzunligini namoyon qilsa, u holda birinchi avlod duragaylarda so'taning uzunligi qancha bo'ladi? Ikkinchi avlodda qanday ajralish kuzatiladi? F2 dagi 960 ta o'simlikdan nechtasi 1 ta, nechtasi 2 ta, nechtasi 3 ta dominant genli bo'ladi?
Do'stlaringiz bilan baham: |