Molekulyar genetic metodning mohiyati irsiyatning moddiy asosi bo’lgan nuklein kislotalari (DNK, RNK) ning strukturasi va funktsiyasini o’rganishdan iborat.
Ontogenetik metod yordamida organizmlarning individual rivojlanish jarayonida gemnotib va tashqi muhit omillari ta’sirida belgi va hususiyatlarning fenotibda nomoyon bo’lish qonuniyatlari o’rganiladi.
Genetik Injineriya metodi bir organizimning noyob genlari yoki xromosomalarini boshqa organizemga ko’chirib o’tqazishni ishlab chiqarishga asoslangan.
Genetika fa’ni rivojlanishining qisqacha tarixi.
Buyuk chex olimi Gregor Mendel o’zining no’xot o’simligida olib borgan ko’p yillik tajribalari natijasida biologiya fa’ni tarixida birinchi bo’lib irsiyatning uchta fundamental qununiyatlarini kashf etadi. U genetikaning asosiy va eng samarali uslubi bo’lmish durugaylash yo’li bilan irsiyatni o’rganish metodini yaratdi. Mendel tadqiqotlarining natijasi 1865-yilda nashr etilgan bo’lsada, uzoq vaqt tan olinmadi. 1900-yilda Mendel qonunlari uch yirik olim G. De-Friz, E. Chermak va K. Korrenslar tomonidan qayta ochilganidan keyin,u ilmiy jamoatchilik tomonidan tan olinadi. Shuning uchun ham 1900-yil biologiya tarixida genetika fa’ni asossolingan sana hisoblanadi. Genetika atamasi grekcha “genetikos” so’zidan olingan bo’lib, tug’ulish, kelib chiqish degan ma’noni bildiradi.
Genetika fa’nining rivojlanish tarixida quyidagi asosiy bosqichlarni belgilash mumkun:
Mendel va uning izdoshlari tomonidan irsiyat va irsiylanish qonunlarining kashf etilishi.
Morgonnning xromosoma nazariyasining yaratilishi va uning rivojlanishi.
Molekulyar genetika yutuqlari va istiqboli.
Mendelning duragaylash orqali genetic analiz qilish metodi.
Irsiyat qonunlarining yaratilishida G. Mendel asossolgan duragaylash metodi katta ahamiyatga ega. Bu metod o’zining samaradorligi barcha genetikaga oid ilmiy-ilmiy tadqiqot ishlarida keng qo’llanib kelinmoqda. Duragaylash metodining mohiyati quyidagilardan iborat: tajriba uchun ota-ona o’simliklari sifatida o’rganilayotgan belgilari bo’yicha irsiy toza (gomozigotali) hamda o’zaro keskin farq qiladigan (alternativ) navlar olinadi. Masalan, no’xotning guli qizil-oq, urug’i sariq-yashil rangda, urug’ shakli tekis burishgan navlar. Ular o’zaro chatishtirilib olingan duragay o’simliklarda ota-ona belgilarining irsiylanishi bir necha avlod davomida o’rganiladi.
Mendel dastavval bitta belgisi, so’ngra ikkita va nihoyat, uchta va undan ortiq belgisi bo’yicha keskin farq qiluvchi organizmlarni chatishtirishni esa poliduragay chatishtirish deb yuritiladi.
Irsiyatni duragaylash metodida foydalanib o’rganilganda quydagi genetic qo’llaniladi. Ona organizimini “ ♀ ” (Zuhro-Venera ko’zgusi) belgisi, ota organizimini esa “ ♂ ” (Marsning qalqoni va nayzasi) belgisi, bilan ifodalaniladi. Ularni chatishtirish “ X ” iborasi bilan belgilanadi. Ota-ona organizmlar oldida lotincha “P” (lotincha so’z “parentale” – ota-ona demakdir) xarfi qo’yiladi. Ularni chatishtirish natijasida olingan birinchi avlod duragay F1 , ikkinchi avlod duragay F2 va hakozo simvollar bilan belgilanadi. “F” lotincha “filia” so’zidan olingan bo’lib, farzandlar ma’nosini bildiradi. Birinchi avlod (F1) duragayni ressesiv gomozigota forma bilan qayta chatishtirish, ya’ni tahliliy – bekkross natijasida olingan avlon FB tarzida ifodalanadi.
Adabiyotlar:
1. Z.Yu.Maqsudov. Umumiy genetika. Toshkent- 1980 yil.
2. Z.Yu.Maqsudov, S.R.Muhamadxonov. Genetika asoslari
Toshkent-1976 yil
3. G.V.Gulyaev. Genetika. Moskva- 1984 yil (rus tilida)
4. N.G.Simongulyan va boshk., Guza genetikasi, seleksiyasi va
urug`chiligi. Toshkent – 1974
5. D.T.Abdukarimov va boshq., Dala ekinlari seleksiyasi,
urug`chiligi va genetika asoslari. Toshkent- 1989
6. A.T.G`ofurov va boshq., Genetikadan masala va mashqlar
Toshkent – 1991 y
7. Hamidov J. H., Oqilov A.T., Nishonboev K.N., Saidov T. M.,
Eshonqulov A. N. Tibbiy biologiya va irsiyatdan qo`llanma.
T., Ibn Sino, 1992.
8. A. T. G`ofurov va boshq., Genetikadan masala va mashqlar.
Toshkent – 1993 yil.
9. To`raqulov Yo. X. Tabiatda jonli molekulalar va genlar.
T. Fan. 1980.
10. Tarasenko N. D., Lushanova G. I. Nasl – nasab nimaligini bilasizmi? T.,
11. www.ziyonet.uz
Do'stlaringiz bilan baham: |