84
Genetika
Shuning uchun ham avval bolada qanday qobiliyatlar borligini
m a’lum
testlar yordamida aniqlash, undan keyin esa uning rivoj-
lanishi uchun zarur sharoitni yaratish lozim. Hozirgi davrda
egizaklar usuli farmakogenetikada keng qo‘llanilmoqda. Bu egizak-
sherik bo‘yicha nazorat usulidir. Usulning mohiyati shundan ibo-
ratki, bunda kasal MZ lar guruhi ikkita
kichik guruhlarga ajratila-
di. Bitta kichik guruhni yangi preparat (samaradorligi aniqlanishi
lozim bo ‘lgan) bilan ikkinchi kichik guruhni esa eski qo‘llanib keli-
nayotgan preparat bilan davolanadi.
MZ lar bir xil genotipga ega b o ‘lganligi uchun ulardan olingan
m a’lumotlar umumiy populyatsiyadagi nazorat guruhidan olingan
natijalarga nisbatan shubhasiz ishonchli bo‘ladi. Shuning uchun
ham bu usul qo‘llanilganda tekshirilayotgan
guruhlar soni MZ lar
uchun kam (20 juft), umumiy populyatsiya uchun esa juda ko‘p
bo‘lishi lozim. Bundan tashqari umumiy populyatsiya olinganda
tekshirilayotgan shaxslarni yoshiga, jinsiga, kasallikning og‘ir-
yengilligiga qarab tanlab olish lozim. Umumiy populyatsiya tek-
shirilganda baribir davolash samarasi har xil bo ‘lishi mumkin,
chunki, har bir preparatga nisbatan turli shaxslarning individual
sezuvchanligi turlicha bo‘ladi.
Mustaqil tayyorlanish
uchun topshiriqlar
1. Odam genetikasi nimalarni o‘rganadi?
2. Odam genetikasini o‘rganishda qanday qiyinchiliklarga duch
kelamiz?
3. Odam genetikasini o‘rganishning qanday usullari mavjud?
4. Genealogiya usulining mohiyatini tushuntiring.
5. Genealogiya usullari bilan nimalarni aniqlash mumkin?
6. Genealogiya usuli qanday bosqichlarda o‘tkaziladi.
7. Asosiy irsiylanish tiplari va ularning xarakterli xususiyatlarini
aytib bering.
8. Egizaklar usuli bilan qanday savollarga javob olish mumkin?
9. Egizaklar zigotaligini qanday usullar bilan aniqlash mumkin?
10. Dori preparatlari samaraligi aniqlashni qanday tushunasiz?
Masalalar
1.
Ota va ona normal rang ajrata oladigan oilada da.1t.onik o‘g‘il
va ikkita normal rang ajratuvchi qizlar tug‘ilgan. O‘g‘ildan tug‘ilgan
o‘g‘il nevara sog‘lom, qizlardan birining o‘g‘li — daltonik, qizi esa
85
sog‘lom. Ikkinchi qizidan 5 ta o‘g‘i! tug‘i!gan,
ularning hammasi
sog‘Iom. Shu ma’lumotlar asosida shajara tuzing.
2. Proband o‘g‘il — gemofilik, uning ota-onalari sog‘lom.
Probandning ona tomonidan buvasi — gemofilik, buvisi esa sog‘lom.
Probandning ikki qizi va bir o‘g‘li sog‘lom, ikkinchi o‘g‘li esa gemofi
lik. Otasining oilasida gemofiliya uchramagan. Shu ma’lumotlar asosi-
da avlodlar shajarasini tuzing.
3. O‘z oilangizda bironta belgini tanlab olib (ko‘z rangi, soch
shakli, quloq yumshog‘i joylashishi, tilni nay qilib buka olish va
boshqalar) shajara tuzing.
4. Quyidagi jadvaldagi ma’lumotlar asosida belgining rivojlanishi-
da irsiy va
muhit rolini aniqlang
Do'stlaringiz bilan baham: