Genetik transformatsiya
Ma’lum sharoitda bir organizm irsiy molekulasi har qanday bo‘lagining ikkinchi organizm irsiy molekulasi tarkibiga birikish hodisasiga transformatsiya deb ataladi. Transformatsiya jarayoni 1928-yilda Griffit tomonidan kashf
etilgan. Griffit transformatsiya jarayonini 2 xil pnevmokokk (S va R) bakteriya shtammlarida kuzatgan. Pnevmokokk bakteriyasining S shtammi polisaxarid po‘stli bo‘lib, hujayra sirti silliq, R shtammda esa polisaxarid po‘sti bo‘lmaydi va hujayra sirti g‘adir-budur (S inglizcha smooth — silliq, R — inglizcha rough — g‘adir-budur). S shtamm bakteriyaning polisaxarid po‘sti sichqon organizmi immun sistemasi ta’sirini o‘tkazmaganligi sababli, u kasallik qo‘zg‘atuvchi bo‘lib, sichqonlarda pnevmoniya kasalligini keltirib chiqaradi va sichqonlar o‘ladi. R shtamm esa kasallik
A. Patogen (kasallik qo‘zg‘atuvchi) pnevmokokk bakteriyasi bilan zararlantirilgan sichqon o‘ladi. B. Pnevmokokk bakteriyasining nopatogen shtammi bilan zararlantirilgan sichqon tirik qoladi. D. Qizdirish yo‘li bilan o‘ldirilgan bakteriyaning patogen shtammi bilan zararlantirilgan sichqon tirik qoladi. E. O‘ldirilgan S-shtammi tirik R-shtammi bilan aralashtirib sichqonga yuborilganda, sichqon o‘lgan. Uning qonida tirik S-shtammi topilgan. Ko‘rinib turibdiki kasallik qo‘zg‘atmaydigan mutant R-shtammi o‘ldirilgan S-shtammi bilan aralashtirilib sichqonga yuborilganda, S-shtammi irsiy molekulasidagi kasallik chiqaruvchi gen tirik R-shtamm irsiyatiga o‘tgan va uning irsiyatini S-shtammiga xos o‘zgartirgan, ya’ni transformatsiya qilgan. Tajriba oqibatida o‘lgan sichqon qonida S-shtammi pnevmokokkning topilishi aytganlarimizga dalil bo‘ladi.
EDR-SHTAMMR-SHTAMM keltirib chiqarmaganligi sababli, bu shtammlar bilan yuqtirilgan sichqonlar nobud bo‘lmaydi.Kasallik qo‘zg‘atuvchi S shtammni qizdirilganda ular o‘ladi va o‘ldirilgan bakteriyalarni sichqonlarga yuborilganda sichqonlarda kasallik paydo bo‘lmaydi. Sichqonlarga qizdirish natijasi o‘lgan bakteriyalar S turi bilan kasallik qo‘zg‘atmaydigan R turga kiruvchi tirik bakteriyalarni birgalikda qo‘shib yuqtirilganda sichqonlarning o‘lishi kuzatilgan. O‘lgan sichqonlarda S bakteriyalar shtammi topilgan. Bu hodisani mohiyati quyidagi 4-rasmda ifodalangan. Ko‘rinib turibdiki, pnevmokokkning S-shtammidan qandaydir modda R shtammning ayrimlari S-shtammga aylangan, ya’ni transformatsiya bo‘lgan. Tajribada olingan natijalarni Griffitning o‘zi tushuntirib bera olmagan.
1944-yil O. Everi hamkorlari bilan bu hodisani tushuntirib berdilar. Buning uchun S shtamm pnevmokokk hujayrasini parchalab, alohida fraksiyalarga ajratildi. Faqat S-shtammdan ajratib olingan DNK molekulasi R-shtamm bilan aralashtirilganda zararsiz R-shtamm, kasallik chaqiruvchi S-shtammga aylanishi, ya’ni transformatsiya bo‘lishi ko‘rsatib berildi (5-rasm). Demak, R-shtammning S-shtammga transformatsiya bo‘lishi DNK molekulasiga bog‘liqligini isbotlab berildi. Keyinchalik alohida xromosomalar, yoki alohida genlar transformatsiya qilinishi lozim bo‘lgan hujayralar bilan ma’lum sharoitda aralashtirilib transformatsiya qilish usullari ishlab chiqildi.
A. Faglarning litik hayot tarzi: 1 - fag; 2 - bakteriya hujayrasi, 3 - fagning bakteriya hujayrasiga birikishi 4-5 - ayrim bakteriyalarda faglar 15-60 min. ichida va 37°Cda litik siklga kiradi, bakteriyada mavjud bo‘lgan barcha nukleotidtrifosfatlardan foydalanib fagning DNK molekulasi (xromosomasi) replikatsiyalanib ko‘payadi, 6 - fag xromosomasi o‘zi uchun oqsil qobiq sintez qilib o‘z sathiga biriktiradi va fag zarrachalari hosil bo‘ladi. 7 - natijada bak- teriya hujayrasining qobig‘i yoriladi va fag tashqi muhitga chiqib boshqa bakteriyani zararlantiradi. B. Faglarning lizogen holatga o‘tishi: 1 - fag xromosomasi bakteriya xromaosomasiga rekombinatsiyalanadi va profag holatga o‘tadi. 2 - natijada lizogen bakteriyalar hosil bo‘ldi; 3 - tashqi muhit ta’sirida ayrim holatlarda lizogen bakteriyadan fag xromosomasi ajralib chiqadi va 4 - faglarning litik (A) yoki lizogen (B) hayot sikli davom etadi.
Demak, transformatsiya jarayoni tabiiy jarayon bo‘lib, hujayralar irsiyatini o‘zgarishiga olib keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |