“BMT-Ayollar” tashkilotining mintaqaviy vakolatxonasi to`rtta mamlakat, ya'ni Qozog`iston, Tojikiston, Turkmaniston va O`zbekiston bo`yicha ishlaydi. Vakolatxona Olmotada (Qozog`iston) joylashgan bo`lib, u hukumat va fuqarolik jamiyati tashkilotlariga gender tengligini o`rnatish, ayollar huquq va imkoniyatlarini kengaytirish, mintaqada tinchlikni saqlash kabi masalalarda yordam berib keladi
“BMT-Ayollar” tashkilotining mintaqaviy vakolatxonasi to`rtta mamlakat, ya'ni Qozog`iston, Tojikiston, Turkmaniston va O`zbekiston bo`yicha ishlaydi. Vakolatxona Olmotada (Qozog`iston) joylashgan bo`lib, u hukumat va fuqarolik jamiyati tashkilotlariga gender tengligini o`rnatish, ayollar huquq va imkoniyatlarini kengaytirish, mintaqada tinchlikni saqlash kabi masalalarda yordam berib keladi
2010 yildan boshlab “BMT-Ayollar” tashkiloti O`zbekiston Respublikasida gender masalalari bo`yicha maslahatchi boshchiligida bir qator loyiha va tashabbuslarni amalga oshirishda o`z hissasini qo`shib kelmoqda.
Gender tengligi va ayollarning huquq va imkoniyatlarini kengaytirish (“BMT-Ayollar”) tashkiloti butun dunyodagi xotin-qizlar manfaatlari, huquqlarini himoyalash, ularni qo`llab-quvvatlash maqsadida asos solingan.
“BMT-Ayollar” tashkilotining asosiy faoliyat yo`nalishlari:
Ayollarning iqtisodiy huquq va imkoniyatlarini kengaytirish
O`zbekistonning tadbirkor ayollarini qo`llab-quvvatlash milliy dasturi
O`zbekistonda vaqtinchalik maxsus choralarni ko`rish
Ayollar orasida OIVning oldini olish
Xotin-qizlarning erkaklar bilan tengligi ko‘pgina demokratik davlatlarning asosiy qonunlarida, shu jumladan, O‘zbekistonning Konstitutsiyasi bilan ham, ayni vaqtda inson huquqlariga dahldor bo‘lgan bir qator xalqaro hujjatlar, bitimlar, konvensiyalar, deklaratsiyalar bilan ham kafolatlanadi. Bularga BMT Ustavi(1945- yil 26- iyun), Inson Huquqlari Umumjahon Deklaratsiyasi (1948- yil 10-dekabr), Fuqarolik va va siyosiy huquqlar to‘g‘risidagi paktlar, BMT tomonidan 1966-yilda qabul qilingan iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlar to‘g‘risidagi xalqaro paktlar, inson huquqlarini himoya qilish xalqaro tizimini tashkil etuvchi ko‘pdan-ko‘p xalqaro bitimlarni kiritish mumkin. Ularda erkak va ayollar uchun yagona bo‘lgan inson huquqlari umumiy konsepsiyasini tashkil etuvchi salkam 70 ta xalqaro standartlar qayd etilgan
Gender Tenglik: O`zbekiston jamiyati uchun yangi maqsad
O‘zbekistonda xotin-qizlar haq-huquqlarining to‘la ta’minlanishi, salohiyatlari to‘la-to‘kis namoyon etilishi quyidagi masalalar yechimini topishi vositasida amalga oshirilishi mumkin
O‘zbekistonda xotin-qizlar haq-huquqlarining to‘la ta’minlanishi, salohiyatlari to‘la-to‘kis namoyon etilishi quyidagi masalalar yechimini topishi vositasida amalga oshirilishi mumkin:
hokimiyat va boshqaruv sohasida ayollar vakilligining cheklanganligi
ayollarning mavqei baland bo‘lmagan sohalarda, kam ish haqi to‘lanadigan kasb va faoliyat turlarida yuqori darajada band bo‘lganligi
ayollarning maishiy ishlarda va jamiyat tomonidan qadrlanmaydigan mehnat turlari bilan mashg‘ulligi
jamiyatda gender madaniyatining yetarlicha shakllanmaganligi; - ijtimoiy ongda ”xotin-izlar masalasi” hal etib bo‘lingani xususidagi qarashning mavjudligi
2019 yilda esa xotin-qizlarning jamiyatdagi o’rnini kengaytirish imkoniyatini beruvchi qadamlar qo’yildi
“Xotin-qizlarning mehnat huquqlari kafolatlarini yanada kuchaytirish va tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlashga oid chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ (03.07.19)
“Xotin - qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari to’g’risida” O’RQ 562 (02.09.19)
“Xotin – qizlarni tazyiq va zo’ravonlikdan himoya qilish to’g’risida” ” O’RQ 561 (02.09.19)
“Xotin-qizlarning mehnat huquqlari kafolatlarini yanada kuchaytirish va tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlashga oid chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorga asosan xotin-qizlarning gender tengligini himoya qilish bo‘yicha Xotin-qizlar qo‘mitasi ko‘magidagi komissiya tashkil etildi va ushbu komissiyaning asosiy vazifalari belgilab qo’yildi:
mamlakatda gender tenglikni ta'minlashga va ayollarning ijtimoiy turmush sharoitlarini yaxshilashga qaratilgan davlat siyosatini amalga oshirishda faol ishtirok etish
ayollar huquqlari kamsitilishining barcha shakllariga barham berish bo‘yicha umume'tirof etilgan xalqaro normalarni milliy qonun hujjatlariga implementatsiya qilish yuzasidan takliflar ishlab chiqish;
davlat organlari va boshqa tashkilotlar tomonidan ayollarning gender tengligi buzilishiga oid murojaatlarini ko‘rib chiqish;
kasbiy segregatsiya, ish haqi o‘rtasidagi farq, aholining iqtisodiy faol qatlami orasida ayollarning ulushini ko‘paytirish masalalari bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish.
ayollarning huquqiy madaniyatini oshirishga qaratilgan choralarni belgilash va samarali amalga oshirilishini ta'minlash hamda keng qamrovli targ‘ibot ishlarini tashkil etish.
“Xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonliklardan himoya qilish to‘g‘risida”. Ushbu qonun loyihasida qoyidagilar nazarda tutiladi:
maishiy, ish joyidagi va ta'lim muassasalaridagi tazyiq va zo‘ravonliklar turlari;
vakolatli organlarning vazifalari va funksiyalari;
tazyiq va zo‘ravonliklarni oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlar, shuningdek, bunday qilmishlarni sodir etganlik uchun javobgarlik;
sudgacha va sud jarayonida tazyiq va kamsitishlarga duchor bo‘lgan shaxslarni himoya qilishga qaratilgan protsessual kafolatlar.
Mustaqillik yillarida O`zbekistonda Gender masalalari taraqqiy etishining o`ziga xos xususiyatlari
. Boshqaruv tizimida erkak va ayollarning teng ravishda ishtirok etishi jamiyatni modernizatsyalashning yorqin belgilaridan biridir. Yuqorida aytib o’tilgan huquqiy islohotlar bu borada olib boriladigan ishlar samaradorligini yanada oshirish uchun kafolat bo’lib xizmat qiladi. Bu ma’noda O‘zbekiston xotin-qizlarining siyosiy maydondagi faolligi ham kengayib bormoqda,xususan:
1992-1998-yillarda xotin-qizlarning siyosatdagi ishtiroki 9,4 foizni tashkil etgandi
2004-2005- ayollar yillardagi saylovlar natijasida Qonunchilik palatasida 17,5%, Senatda 15 % joyga ega bo‘ldilar. 2009-yil saylovlari natijasida esa senatorlar safida 15 %, quyi palata deputatlari safida 22 % xotin-qizlar ishladi.
2014-yilga kelib, Oliy Majlisning Qonunchilik palatasiga saylangan 150 nafar deputatdan 24 nafari xotin-qizlardir, ya’ni ular yangi saylangan deputatlarning 16 foizini tashkil etdi3. Ulardan 9 nafari fan nomzodi, 7 nafari huqushunos ayollardir
2020-2030 yillarda O`zbekiston Respublikasida gender tenglikka erishish strategiyasi loyihasini ishlab chiqish bo`yicha Gender tenglikni ta`minlash masalalari bo`yicha komissiyasi tomonidan ishchi guruh tuzildi. Bu O’zbekistonda ayollar va erkaklarning teng ijtimoiy mavqieyga erishishini ta’minlashda yana bir qadam bo’ldi.
— Ishlab chiqilayotgan Strategiyaning maqsadi erkaklar va ayollarning teng huquqlari va imkoniyatlarini ro`yobga chiqarish uchun shart-sharoit yaratish hamda insonning fundamental huquqlariga rioya qilish maqsadida iqtisodiy, siyosiy va ijtimoiy hayotda gender tenglik targ`ib qilinishini ta`minlashdan iborat
Do'stlaringiz bilan baham: |