Gen (yun. genos — urugʻ, kelib chiqish) — irsiyatning elementar birligi va moddiy asosi. Gen organizm belgi va xususiyatlarini nasldan naslga oʻtkazish funksiyasini bajaradi. G. tushunchasini genetikaga daniyalik olim V. Iogansen (1909) kiritgan. G. DNK (baʼzi viruslarda RNK) molekulasining bir qismi boʻlib, tirik hujayra oqsillaridan birining tuzilishini belgilab beradi va shu oqsillar orqali ayrim belgi yoki xossalarning rivojlanishini taʼminlaydi. Organizmning turga xos va individual xususiyatlari toʻgʻrisidagi jami genetik axborot, yaʼni G.lar yigindisi — genotipa" boʻladi. Barcha organizmlar, jumladan bakteriya va viruslarning irsiyati G.dagi nukleotidlarning DNKda joylashishi tartibiga va ularning soniga bogʻliq. Yuksak rivojlangan organizmlarda G. maxsus nukleoproteid tuzilmalar — xromosomalar tarkibiga kiradi. G.ning asosiy funksiyasi ferment va b. oqsillar sintezini hujayra RNKsi ishtirokida belgilab berishdir.
Gen
DNK
DNK — dezoksiribonuklein kislota. DNK molekulasi tarkibiga uglevodlardan dezoksiriboza kirganligi sababli, shunday nomlanadi.
DNK molekulasining bir zanjiri ikkinchisining atrofida spiralga o‘xshab buralgan ikkita ip ko‘rinishida bo‘ladi. Ana shunday qo‘sha- loq DNK spiralining kengligi katta emas, 2 nm atrofida bo‘ladi. Uning uzunligi esa, bir necha o‘n ming marta katta bo‘lib, bir necha yuz nanometrga yetishi mumkin. Holbuki, eng yirik oqsil molekulalari yoyilgan holatda uzunligi ko‘pi bilan 100—200 nm.ga boradi. Demak, DNK molekulasining bor bo‘yicha necha ming- lab oqsil molekulalari ketma-ket joylashgan bo‘lishi mumkin
Gen faoliyatining boshqarilishi
Prokariotlarda bitta i-RNK operonida bitta operator geni va bir nechta strukturaviy genlar kodiga ega boiadi. Eukariot organizmlarda esa i-RNK strukturasida kodlangan operon bitta regulator geni bitta strukturaviy gen irsiy axborotiga ega boiadi.
Eukariotlarda prokariotlardagi kabi ayrim hujayra doirasidagi genlar faoliyati regulatsiyasidan tashqari, butun organizm doirasida faoliyat ko‘rsatuvchi genlar majmuasi faoliyatining regulatsiyasi ham mavjud.
Prokariotlarda transkripsiya va translatsiya jarayonlari ketma- ket amalga oshadi. Eukariotlarda esa transkripsiya va translatsiya jarayonlaridan tashqari ulaming orasida uchinchi jarayon splaysing va protsessing hodisasi kechadi. Buning natijasida oldin yadroda pre-i-RNK sintezlanadi.
Eukariotlarda to‘qima hujayralarining differensiatsiyasi va organlaming rivojlanishini ta’minlovchi genlar faoliyatining regulatsiyasiga gormonlar ta’siri kuchli boiadi. Sutemizuvchilarda esa bu jarayonga jinsiy gormonlar ham o‘z ta’sirini ko‘rsatadi.
Molekular genetika dalillarining ko‘rsatishicha, eukariotlar- dagi genlar faoliyatining regulatsiyasiga xromosoma tarkibidagi 212