Gemini cad dasturi yordamida erkaklar ko’p funksiyali kurtkasini loyihalash


Kiyimlarni loyihalashning zamonaviy dasturlar tahlili



Download 5,83 Mb.
bet7/23
Sana13.04.2022
Hajmi5,83 Mb.
#547911
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   23
Bog'liq
BMI AXMEDOVA Z

1.2 Kiyimlarni loyihalashning zamonaviy dasturlar tahlili
Gemini CAD dasturi orqali ko’p funktsiyali kiyim ishlab chiqish
Hozirgi kunda O’zbekistonda yengil sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish tobora rivojlantirilmoqda, trikotaj, charm, plashlik, ko’ylakbop matolar va shu singari matolardan kiyimlar jahon standartiga muvofiq tarzda ishlab chiqarilib eksport qilib kelinmoqda.Bugungi kunda respublikamizda 7 mingga yaqin korxona faoliyat olib borayotgani yuqori ishlab chiqarish salohiyatiga ega bo‘lgan to‘qimachilik tarmog‘ini shakllantirdi. Bugungi kunda Gemini, Gerber, Assyst, Lectra, Investronika kabi ALT (avtomatik loyihalash tizimi) dasturlari ko’p korxonalarda qo’llanib kelinmoqda. Mazkur dasturlar yordamida andazalarni yaratish, chiqindi sarf me’yorlarini foizlarda hisoblash, modellashtirish amallarini bajarish bundan tashqari bulgalteriya hisob ishlarini bajarish, oylik va yillik hisobotlarni tuzish kabi imkoniyatlarga ega [7].
Kiyimlarni avtomatlashtirilgan loyihalashning multifunktsional tizimi “Gemini CAD” – bu “Gemini CAD Systems” kompaniyasining kiyim, poyafzal, bosh kiyim, sumka, charm-attorlik, mebel qoplamalarini loyihalash sohasidagi yangi ishlanmasidir. “Gemini CAD” tizimi turli quvvatdagi ishlab chiqarish korxona talablarini qondiradi : dizayn_studiya, kichik va o’rta quvvatli korxona, yirik ishlab chiqarish va boshqalar. “Gemini CAD” dasturi 2002-yili Luka Troyan tomonidan “Gemini CAD Systems” kompaniyasida Ruminiya davlatida asos solingan [9] .
Ko’p funktsiyali kiyimlar ishlab chiqishda Gemini CAD dasturidan foydalangan ma’qul chunki erkaklar uchun mavsumiy kurtkalar ishlashda uning aniq hisob –kitoblar, fizik-mehanik ,ergonomik , gigienik , iqtisodiy talablariga ,sifatiga va zamonaviy ko’rinishiga ahamiyat qaratiladi ,agarda bu ko’rsatkichlar qatoriga ko’p funktsiyalilik ham qo’shilsa nafaqat qishki kiyim sifatida ,balki bahor-kuz mavsumiga ham bu kiyimlardan bemalol foydalansa bo’ladi va natijada narx nisbatan bir necha kiyim o’rniga bitta ko’p funktsiyali kiyim xarid qilish orqali arzonlashadi buni ijtimoiy so’rovlar orqali ham sinash mumkin.Erkaklar qishki kiyimlaridan biri bo’lgan kurtkaga ko’p funktsiyaliligini yanada oshirish maqsadida unga bir necha vazifani yuklaymiz [10].

Masalan:



  1. Issiq saqlovchi qatlamga ega bu kiyimni shu qatlamini alohida, astarlik materialidan ustki qismga qo’shib tikilmagan holatda tayyorlash kerak, bu usulda kunlar isigan paytda ichki qatlamni olib qo’yib yengil bahor-kuz mavsumbop kurtkasiga aylanadi. Konstruktsiya qismida esa old, ort va yeng qismlari bo’laklari ikki barobar ko’p ishlanadi.

  2. Qishki issiq kurtkalarni yana yeng qismini olib qo’yish orqali kamzul ko’rinishiga erishish mumkin. Faqat bunda texnologik tikish ketma ketligida o’zgarish bo’ladi.

  3. Yoqa qismiga ham kapyushon yoki mo’yna (barra) bilan qo’shimcha yoqalarni o’rnatish yoki olib qo’yish orqali kiyim vazifasini ko’paytirish mumkin. Konstruktiv qismida bu qismlar qo’shib hisoblanadi.

  4. Erkaklar kurtkasida har ikki tomonini ya’ni ichki va tashqi qismlarini ham ustki avra matosidan tikib chiqilganda ham ikkita tarafidan ustki kiyim sifatida kiyish uchun foydalansa bo’ladi. Bu usulda albatta kurtkaning nisbatan nafisroq va yupqa qilib ishlanganligiga va ortiqcha qismlarsiz ishlanganligiga ahamiyat qaratish lozim bo’ladi. Kurtkani nafis qilib ishlanishidan maqsad ikkinchi tomoniga ag’darilganda noqulaylik tug’dirmasligi uchundir. E’tiborimizni bunda avra qismli matoning elastikligiga yoki issiq saqlovchi oraliq qismidan kamroq hajmda foydalanishga qaratish kerak.Ikki tomonlama kiyishga mo’ljallangan mavsumiy kurtkada ochiq ranglardan foydalanmagan ma’qul sababi mahsulotda kiyimning ko’p harakatda bo’ladigan qismlari to’q rangli kiyimlarga qaraganda ochiq ranglilarida tezroq o’z ko’rinishini va jilosini yo’qotib qo’yishi mumkin. Bu esa dinamika sababli estetik va fizik talabga javob bermasligi mumkin. Kurtka konstruktsiyasini “Gemini CAD” dasturi orqali loyihalashda o’lchamlar va bo’ylar, razmerlar bo’yicha andazalar gradatsiyasini parametrik yoki avtomatik usulda bajarish mumkin. Modul yordamida asos konstruktsiya chizmasini “0” dan boshlab qurishda tezkor modellashtirish, fotodigitayzer vositasida tayyor andazalarni kompyuterga kiritish va ularga ishlov berish, ma’lumotlar bazasidan olingan andazalarni model xususiyatlariga mos holda o’zgartirish,bazadagi avval ishlab chiqilgan model andazalarini kombinator usulda o’zgartirish asosida yangi modellarni loyihalash imkoni bor.


1-rasm. Andozalar joylashmasi

Download 5,83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish