5-yo‘nalish. Xavfsizlik, millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglikni ta’minlash, chuqur o‘ylangan, o‘zaro manfaatli va amaliy tashqi siyosat sohasidagi ustuvor yo‘nalishlari. Asosiy maqsadlaridan, davlatimiz mustaqilligi va suverenitetni mustahkamlash, O‘zbekistonning yon-atrofida xavfsizlik, barqarorlik va ahil qo‘shnichilik muhitini shakllantirish, mamlakatimizning xalqaro nufuzini mustahkamlashdan iborat.
130 dan ziyod millat va elat vakillari yashayotgan O‘zbekistonda tinchlik va barqarorlikni ta’minlash, o‘zaro ishonch, bir-birini tushunish, turli e’tiqod va madaniyatlarni hurmat qilish singari bag‘rikenglik fazilatlarini yanada chuqurlashtirishning ahamiyati kata.
Mamlakatimizning tashqi siyosati, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida belgilanganidek, davlatlarning suverenitetini, hududiy yaxlitligini hurmat qilish, kuch ishlatmaslik yoki kuch bilan taxdid qilmaslik, chegaralarning daxlsizligini saqlash, nizolarni tinch yo‘l bilan hal etish, boshqa davlatlarning ichki ishlariga aralashmaslik qoidalariga va xalqaro huquqning umume’tirof etilgan boshqa qoida va normalariga asoslanib, o‘zaro manfaatli va amaliy tashqi siyosat olib borish bo‘yicha ustuvor yo‘nalishlarni ishlab chiqish muhim vazifa qilib qo‘yilgan.
2017-2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning yuqorida keltirilgan 5 ta ustuvor yo‘nalish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi o‘tgan 25 yil davomida mamlakatimiz erishgan ulkan yutuqlar, tarixiy tajribalarni umumlashtirib, hozirgi kunda davrning o‘zi oldimizga qo‘yayotgan dolzarb masalalarni hisobga olib, keyingi 5 yilga va undan keyingi davrga mo‘ljallangan tarixiy taraqqiyotning yangi ustuvor yo’nalishi belgilandi.
Marketing, uning maqsadi, vazifalari va tamoyillari
Marketingni maqsadi ishlab chiqarishni xaridor ehtiyojiga moslashtirib, talab va taklifni muvozanatiga erishgan holda uni tashqil etgan narx, tashkilotlarga yuqori foyda keltirishdir. Bunga erishish uchun marketing quyidagi muhim vazifalarni hal etishi lozim:
xaridorlar ehtiyojini o’rganish va aniqlash;
narxning faoliyatini xaridorlar ehtiyojiga moslashtirish;
avvalo talab va taklif to’g’risida olingan ma’lumotlar asosida bozorni o’rganish;
tovarlar reklamasini tashqil etish, xaridorlarni tovarlarni sotib olishga qiziqishini orttirish;
tovar yaratuvchi yoki uni sotuvchi narx tadqiqotlarini amalga oshirish uchun ma’lumotlar to’plash va tahlil qilish;
tovarni bozorga chiqarishdagi barcha xizmatlar to’g’risida ma’lumotlar olish;
to’ldiruvchi tovarlar va o’rnini bosuvchi tovarlar to’g’risida axborot yig’ish;
tovarlarga bo’lgan talabni istiqbollash, ularni amlaga oshirishni nazorat qilishdan iboratdir.
Marketingni bosh vazifasi korxonaning mavjud va potentsial imkoniyatlarini baholash va amalga oshirish hamda bozorda talab va taklifni muvofiqlashtirish maqsadida imkoniyatlarni aniqlashdan iborat.
Do'stlaringiz bilan baham: |