Aralashma tarkibini ifodalash usullari
Gazlar ish aralashmasining tarkibi shu aralashma tarkibiga kiruvchi har qaysi komponentning miqdori bilan aniqlanadi. Aralashmaning tarkibi odatda massaviy, hajmiy va molyar ulushlar bilan ifodalanadi.
Agar massasi m bo’lgan aralashma n komponentdan tarkib topgan bo’lsa, u holda aralashmadagi ayrim komponentlarning massaviy ulushlari quyidagiga teng bo’ladi:
(20)
bu yerda m1, m2….mn - aralashmani hosil qiluvchi ayrim komponentlarning massalari.
Ma’lumki, gazlar aralashmasidagi ayrim komponentlar massalarining yig’indisi barcha aralashmaning massasiga teng bo’ladi:
m1+m2+….+mn=m (21)
Bu tenglik gazlar aralashmasi massaviy tarkibining tenglamasi deyiladi. (20) va (21) tenglamalardan ko’rinib turibdiki, gazlar aralashmasidagi ayrim komponentlar massaviy ulushlarining yig’indisi 1 ga teng.
q1+q2+….qn=1 (22)
Agar n komponentdan tarkib topgan aralashmaning hajmi V bo’lsa, u holda aralashmadagi komponentlarning hajmiy ulushlari quyidagi tenglamalar bilan aniqlanadi:
(23)
bu yerda:V1, V2….Vn – aralashma tarkibiga kiruvchi komponentlarning partsial hajmlari. Aralashma tarkibiga kiruvchi komponentning shu aralashmaning temperaturasidagi va bosimidagi hajmi uning partsial hajmi deyiladi. Aralashma hajmiy tarkibining tenglamasi quyidagi ko’rinishda bo’ladi.
V1+V2+V3+…..Vn=V (24)
Gazlar aralashmasidagi komponentlar hajmiy ulushlarining yig’indisi birga teng:
r1+r2+r3+….+rn=1 (25)
Bazi hollarda aralashma tarkibini mol ulushlari vositasida aniqlash qulay bo’ladi. Komponentning aralashmadagi mol ulushi deb, ko’rib chiqilayotgan komponentning mollari miqdorining aralashma mollarining miqdoriga bo’lgan nisbatiga aytiladi.Aralashma birinchi komponentning n1 mollaridan, ikkinchi komponentning n2 mollaridan va hokazolardan tarkib topgan bo’lsin.
Aralashma mollarining soni
n=n1+n2+….+nn (26)
va komponentlarning mol ulushlari quyidagi ifoda bilan aniqlanadi:
x1=n1/n; x2=n2/n;….xn=nn/n, (27)
bundan x1+x2+…..xn=1 yoki
. (28)
Massaviy va hajmiy ulushlar orasidagi quyidagidek bog’lanishlar mavjud.
(29)
Avagadro qonuniga asosan va
qi=rimi/m=riR/Ri (30)
ri=qim/mi=qiRi/R (31)
Aralashmaning zichligi:
(32)
Aralashmaning solishtirma hajmi:
(33)
Gaz dommiysi:
(34)
Tuyulma molekulyar massa:
(35)
XULOSA
Termodinamik tizimga kirgan jismlarning holati uzoq vaqt o’zgarmasa, u holda tizim termodinamik muvozanatda bo’ladi. Agar termodinamik tizimda jismlar bir xil holatda bo’lmasa va ular bir-biri bilan issiqlik izolyatsion va absolyut qattiq to’siqlar bilan ajratilgan bo’lmasa, bu tizimda biror muddat vaqt o’tishi bilan (ertami-kechmi) turg’un termodinamik muvozanat hosil bo’ladi. Termodinamik muvozanatda tizim tarkibidagi jismlar o’zaro issiqlik almashmaydi va bir-biriga nisbatan harakatda bo’lmaydi, ya’ni issiqlik va mexanik muvozanat sodir bo’ladi.
Termodinamik muvozanatda tizimni tashkil qilgan barcha jismlar bosimi va temperaturasi atrof-muhit bosimi va temperaturasiga teng bo’ladi. Tashqi muhit o’zgarishi bilan termodinamik tizimning holati o’zgarada ya’ni u muvozanatli holatdan muvozanatsiz holatga o’tadi. Bu o’zgarish atrof-muhit va tizimning bosimi va temperaturasi tenglashguncha, ya’ni turg’un muvozanat qaror topguncha davom etadi. Amaliyot shuni ko’rsatadiki, muvozanatga erishgan tizim keyinchalik shunday holatda qolaveradi, ya’ni holatini o’zicha o’zgartira olmaydi.
Yuqorida aytib o’tilganlar asosida quyidagi natijaga kelish qiyin emas: tizim faqat muvozanat holatiga kelmaguniga qadargina ish bajara oladi.
Xaqiqatan ham, har qanday issiqlik dvigatelida kamida ikkita issiqlik manbai - issiq va sovuq manbalar bo’lgandagina ish olish mumkinligini bundan oldin qayd qilib o’tilgan edi. Agar issiq va sovuq manbalar temperaturalari tenglashsa, ya’ni issiq manba, ish jismi va sovuq manbadan iborat tizim issiqlik muvozanatiga kelsa, u holda issiqlik ko’chishi to’xtaydi va ish bajarilmaydi.
Ko’rib chiqilgan barcha misollardan ko’rinib turibdiki, tizimda muvozanatning bo’lmasligi tizimda ba’zi bir o’ziga xos kattaliklar ayirmasining mavjudligi bilan tavsiflanadi. Agar jarayonni amalga oshirish tezligi nolga intilsa, har qanday muvozanatdagimas jarayon muvozanatdagi jarayon bo’lib qoladi. Shu bilan bir vaqtda har qanday muvozanatdagimas jarayon qaytmas va har qanday muvozanatdagi jarayon qaytar bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |