G‘aznaviylar davlati tarixiga oid tarixiy manbalar



Download 30,89 Kb.
bet4/5
Sana29.12.2021
Hajmi30,89 Kb.
#74162
1   2   3   4   5
Bog'liq
G'AZNAVIYLAR

Nizomulmulk. XI asrda o‘tgan yirik tarixchi olim va davlat arbobi. Saljuqiylardan Sulton Alp Arslon (1063-1072 yy) hamda Sulton Malikshoh I larning bosh vaziri bo‘lgan va Saljuqiylar davlatining ijtimoiy-siyosiy hayotida katta rol o‘ynagan. U feodal tarqoqlikka barham berish, markaziy davlat aparatini mustahkamlash, davlatning moliyaviy ishlarini tartibga solish uchun kurash olib bordi. Uning Nizomulmulk (mamlakatni tartibga soluvchi) atalishi ham shu sababdan.

Nizomulmulk Bag‘dodda Nizomiya atalmish musulmon huquq-aqoid maktabiga ham asos solgan. U 1092 yili Isfahondan Bag‘dodga borayotganda yo‘lda ismoiliylarning (Abbosiylar davrida, VIII asr o‘rtalarida, shia oqimtda shakllanib, X-XI asrlarda Yaqin va O‘rta Sharq mamlakatlarda keng tarqalgan diniy mazhab tarafdorlari) ayg‘oqchisi tarafidan o‘ldirilgan.

Nizomulmulk davlatni idora qilish masalalariga bag‘ishlangan "Siyosatnoma" (boshqa nomi "Siyar al-muluk" - Podsholarning turmushi) nomli asari bilan nom qoldirgan. Asar 1092 yili yozib tamomlangan va muallif Bag‘dodga jo‘nash oldidan uning ko‘chirilgan yaxshi bir nusxasini sulton kutubxonasining xodimlaridan Muhammad Mag‘ribiyga berib ketgan. Lekin o‘sha yili Ismoiliylar Malikshohni ham o‘ldirib ketdilar. Shu sababdan Muhammad Mag‘ribiy Nizomulmulkning topshirig‘ini bajara olmadi. Faqat oradan 13-14 yil o‘tgandan keyingina asar Malikshohning o‘g‘li G‘iyosiddin Muhammad I ga (1105-1118 yy) topshirildi.

"Siyosatnoma" 51 bobdan iborat bo‘lib, unda markaziy davlat apparatining tuzilishi va uningt moliyaviy hisob-kitob ishlari, qo‘shinning tuzilishi, yuqori davlat mansablari va ularga tayinlash tartibi, qabul marosimlari va ularni tayyorlash hamda o‘tkazish tartibi, mansabdorlar faoliyati ustidan nazorat qilish kabi umumdavlat masalalari o‘rtaga qo‘yilgan.

O‘rta Osiyo tarixi haqida ham muhim ma’lumotlar bor. Somoniylar zamonida turk g‘ulomlarining davlatning ijtimoiy-siyosiy hayotida tutgan o‘rni, Turkiston xalqlari (Qoraxoniylar) saroyida xizmat qiluvchi xodimlarning maishiy ahvoli, Somoniylar xizmatida bo‘lgan amirlarning unvonlari, Xorazmshoh Oltintosh (1017-1032 yy) bilan Sulton Mahmud G‘aznaviyning vaziri Ahmad ibn Hasan o‘rtasidagi yozishmalar shular jumlasidandir. Asarda bundan tashqari karmatlar, botiniylar harakati, Muqanna qo‘zg‘oloni haqida ham ayrim muhim ma’lumotlar bor.

Mashhur olim B.D.Zaxoderning "Siyosatnoma" ustida olib borgan ko‘p yillik ilmiy kuzatishlari shuni ko‘rsatadiki, asarning 43 bobi Nizomulmulk tarafidan, qolgan 8 bobi esa qariyb 20 yildan keyin uni qaytadan tahrir qilgan olim (nomi ma’lum emas) tomonidan yozilgan.1




Download 30,89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish