G’aznachilik – davlatning maxsus moliyaviy organi bo’lib, uning funktsiyasiga quyidagilar kiradi


Soliq tizimida axborot komplekslari va texnologiyalari



Download 378,5 Kb.
bet8/9
Sana21.04.2022
Hajmi378,5 Kb.
#568431
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
1559554242 74360

Soliq tizimida axborot komplekslari va texnologiyalari
Ayni paytda bizda ham soliq to’lovlarini elektron tarzda topshirish amaliyoti ommalashib bormoqda. Soliq ma’muriyatchiligining samaradorligini yo`qsaltirishda soliq muassasalarini zamonaviy axborat vositalari bilan jihozlashgan alohida e’tibor qaratilmoqda. Bu esa soliqqa oid axborotlarni yig’ish va qayta ishlashda tezkorlik va samaradorlikni oshirish imkonini beryapdi. Shuningdek, axborot texnologiyalaridan keng foydalanish biznes uchun ham, davlat uchun ham chiqimlarni kamaytirib, soliq jarayoning yanada oshkora bo’lishini ta’minlamoqda.
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1993 yil 3 avgustdagi “O’zbekiston Respublikasi soliq orginlari ma’lumotlarni ishlash yagona kompyuter tizimini yaratish to’g’risida”gi qarori bilan soliq xizmati orginlarini kompyuterlashtirish vazifasi belgilangan bo’lsa, 1995 yil 14 sentyabrdagi “O’zbekiston Respublikasi soliq organlari moddiy-texnika bazasini mustahkamlash va xodimlarning ijtimoiy himoyalanishini kuchaytirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi qarori bilan Davlat soliq ko’mitasi tasarufida “Yangi texnologiyalar ilmiy-axborot markazi” tashqil etildi. Markazning asosiy vazifalaridan biri bu soliq xizmati organlari uchun dasturiy mahsulotlar ishlab chiqish va ma’lumotlarga ishlov beradigan yagona kompyuter tizimini yaratishdan iboratdir. Ayni paytda mazkur markaz tomonidan BMT rivojlanish Dasturi moliyaviy ko’magi asosida “Soliq to’lovchilarning soliq hisob-kitoblarini qabul qilish va qayta ishlash hamda davlat soliq xizmati muassalarida statistika hisobotlarini shakllantirish” majmuaviy dasturi hayyotga tatbiq etilmoqda. Dasturning pilot loyihasi 2006 yilning ikkinchi chorag’idan yo’lga qo’yildi.
Bugungi kunda Toshkent shahridagi qariyb 6000 dan ortiq yuridik shaxs mazkur loyihaning foydalanuvchilari hisoblanadi. Ya’ni, ular mamlakatimizda birinchilardan bo’lib soliq ma’lumotlarini ish joylarining o’zidan elektron tarzda topshirmoqdalar. Bu esa soliq va moliyaviy hisobotlarni topshirishni soddalashtirish hamda ushbu jarayonga sub’ektiv omillarning ta’sirini kamaytirish imkonini bermoqda.
Mamlakatimizda asosiy e’tibor bozor islohotlarini chukurlantirish, iqtisodiyotni erkinlashtirish va mulk xuquqini himoya qilishni mustahkamlash, kichiq biznes va tadbirkorlikni rivojlantirish, xizmat ko’rsatish sohasi ko’lamini kengaytirish va sifat darajasini yaxshilashga qaratilgan. Bugo`ngi kunda respublika Davlat soliq xizmati organlari faoliyatini boshqarish ishlarini muvofiqlashtirishda soliq ob’ektlari va soliq to’lovchi sub’ektlarni to’liq ro’yxatga olish, barcha turdagi soliqlar va yig’imlar hisobkitobining haqqoniy ma’lumotlar asosida yuritilishini ta’minlash, soliq to’lovi jarayonlarini soddalashtirish soliq qonunchiligi bo`zulishining oldini olish, soliq va tushumlarning yig’uvchanligini oshirish dolzarb masalalardan hisoblanadi. Bu, o’z navbatida, sohada axborot- kommunikatsiya texnologiyalaridan samarali foydalanish va ularni boshqarishni to’g’ri tashkil etish, shu asosda soliq yo`qini aniqlashning ilmiy asoslangan va har tomonlama samarali bo’lgan usullarini ishlab chiqish hamda davlat soliq idoralari tomonidan o’rnatilgan nazorat ishlarini imkon qadar mukammallashtirishni talab qiladi.
Soliq xizmati organlarida keyingi o’n yillik davrda soliq to’lovchi jismoniy va yurik shaxslarni soliq idoralarida ro’yxatga olish, hisobini yuritish va ma’lumotlarga avtomat ishlov beradigan yagona axborot – hisobga olish tizimi yaratildi.
Soliq idoralarida har bir soliq to’lovchi uchun elektron hisob varaqalari ochilgan va unda soliq to’lovchilar to’g’risida ma’lumotlar jamlanib, ular asosida ma’lumotlar bazasi tashkil etilgan.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005 yil 15 iyundagi “Tadbirkorlik sub’ektlari tomonidan taqdim etiladigan hisobot tizimini takomillashtirish va uni noqonuniy talab etganlik uchun javobgarlikni kuchaytirish to’g’risida”gi Vazirlar Mahkamasining 2005 yil 26 sentyabrdagi “Elektron raqamli imzodan foydalanish sohasida normativ-huquqiy bazani takomillashtirish to’g’risida”gi qarorlarining qabul qilinishi davlat soliq xizmati organlari faoliyatida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish va uni yanada takomillashtirish uchun juda katta yo’l ochib berdi. Ushbu qarorlar ijrosini ta’minlash maqsadida Davlat soliq ko’mitasi rahbariyati tomonidan birinchi navbatda soliq to’lovchi su’bektlar uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, jumladan, moliya va soliq hisobotlarini elektron raqamli imzodan foydalangan holda internet tarmog’i orqali uzatish va o’zlari haqida kerakli ma’lumotlarni olish kabi bir qator amaliy ishlar bajariladi.
Bugungi kunda soliq xizmati organlarida soliq to’lovchi yuridik shaxslardan moliyaviy va soliq hisobotlarni internet tarmog’i orqali qabul qilish tizimi ishga tushirilgan. Tizimning ishlash tamoyili sodda bo’lib, hisobotlarni elektron shaklda topshirish uchun elektron raqamli imzodan foydalaniladi.
Tizimda soliq organlariga taqdim etiladigan soliq va moliyaviy hisobotlarga qo’yilgan elektron raqamli imzoning maxsus dasturiy ta’minot yordamida haqqoniyligi tekshirib ko’riladi va tasdig’ini topgandan so’ng ma’lumotlar sub’ektlarning shaxsiy hisob varaqalariga kiritiladi, aks holda hisobotlar qabul qilinmaydi va korxonaga bu haqda ma’lumot yuboriladi.

Download 378,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish