Gazlar bilan ishlaganda xavfsizlik texnikasi


GAZ XO‘JALIGIDA XAVFSIZLIK QOIDALARIGA



Download 27,33 Kb.
bet4/4
Sana25.06.2021
Hajmi27,33 Kb.
#101338
1   2   3   4
Bog'liq
gazlar bn ishlash 17.33 KXT

GAZ XO‘JALIGIDA XAVFSIZLIK QOIDALARIGA

1-ILOVA


Tashqi gaz quvurlari va inshootlariga xizmat ko‘rsatish va ta’mirlashni tashkil etish

1. Gaz quvurlari orqali uzatiladigan tabiiy gaz texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarga muvofiq berilishi kerak.

2. Gaz ta’minoti tashkilotlari tomonidan tashqi gaz quvurlari va inshootlar hidning intensivligini aniqlash uslubiga muvofiq tekshiriladi.

Nazorat punktlari va gazdan namuna olish muddatlari gaz ta’minoti tizimi hamda gaz sarfiga ko‘ra belgilanadi. Tekshiruvlar natijalari maxsus jurnalda qayd etiladi.

3. Shahar va aholi yashaydigan joylardagi gaz tarmoqlarida bosim yiliga kamida ikki marotaba (qishda va yozda) gaz sarfi eng ko‘p bo‘lgan soatlarda va turli nuqtalarda gaz xo‘jaligi tashkilotlari tomonidan tekshiriladi.

Gaz taqsimlash stansiyalarining chiqishdagi gaz bosimi miqdori gaz ta’minoti tashkilotlari tomonidan loyihada belgilangan nominal darajada ushlab turiladi.

Tarmoqlardagi bosimni o‘lchash nuqta (punkt)larini gaz xo‘jaligi tizimlari obyektlarining egalari yoki ular tomonidan tashkil etilgan tarkibiy bo‘linmalar belgilaydi.

4. Gaz quvurlaridagi namlik va kondensat borligini tekshirish hamda ularni chiqarib tashlash ishlari, gaz quvurlarida kondensat to‘siqlari paydo bo‘lish ehtimolidan oldinroq gaz ta’minoti tashkiloti tomonidan amalga oshiriladi.

Tekshirish muddatlarini gaz xo‘jaligi tizimlari obyektlarining egalari belgilaydi.

5. Gaz quvurlariga o‘rnatilgan berkitish armaturasi va kompensatorlarga har yili gaz xo‘jaligi tizimi obyektlari egasi tomonidan texnik xizmat ko‘rsatiladi va zarur holatlarda ta’mirlanadi. Zulfinlar, jo‘mraklar, kompensatorlar almashtirilganligi, shuningdek, mukammal ta’mirlashda bajarilgan ishlar haqidagi ma’lumotlar gaz quvurining pasportiga, texnik xizmat ko‘rsatish haqida esa jurnalga yozib boriladi.

6. Ishlatilayotgan gaz quvurlari gaz xo‘jaligi tizimlari obyektlarining egasi tomonidan muntazam kuzatib boriladi, texnik holati tekshiriladi, joriy hamda mukammal ta’mirlanadi.

7. Tashqi gaz quvurlari va inshootlarining texnik holatini nazorat qilish belgilangan muddatlarda ko‘rikdan o‘tkazish orqali olib boriladi.

8. Yer usti gaz quvurlarini tekshirish vaqtida gaz sizib chiqishi, tirgovuchlardan chetga surilganligi, tebranish borligi, egilganligi, gaz quvurining ruxsat etilmagan darajada egilishi, cho‘kishi, tayanchlarning egilishi va shikastlanishi, himoya flanetslarining ulanishi, yopish moslamalarining holati, elektr o‘tkazgichlari tushib ketishidan himoyalash vositalari, gaz quvurlarining mahkam o‘rnatilganligi va bo‘yalganligi ko‘rib chiqiladi. Yer usti gaz quvurlarini ko‘zdan kechirish uchun ko‘rikdan o‘tkazish gaz ta’minoti tashkiloti ishchisi tomonidan har oyda bir marotaba amalga oshiriladi.

Aniqlangan nosozliklar bartaraf etilishi, gaz quvurlari bo‘yoqlarining shikastlangan joylari qayta bo‘yalishi kerak. Balandlikda joylashgan gaz quvurlarini ta’mirlashda ko‘chma narvonlardan foydalanish taqiqlanadi.

9. Gaz ta’minoti tashkiloti ishchisi yer ostidagi gaz quvurlarini ko‘zdan kechirish uchun ko‘rikdan o‘tkazish vaqtida quyidagilarni bajarishi kerak:

gazni aniqlash maxsus asboblar yordamida yoki hidi hamda tashqi belgilarga qarab gaz sizib chiqayotganligi holatini aniqlash;

barcha quduqlar va nazorat naychalari, shuningdek, boshqa yer osti kommunikatsiyalarining quduq hamda kameralari, binolarning yerto‘lalari, shaxtalar, kollektorlar, yer osti o‘tish yo‘llari, gaz quvurining ikkala tomonida 15 metrgacha oraliqda joylashgan bo‘lsa, gazni aniqlash maxsus asboblar yordamida nazorat qilinishi;

gaz inshootlarining devorlardagi ko‘rsatkichlari va nishonlarining butunligi hamda ahvoli tekshirilishi;

gaz quduqlarining qopqoqlari qor, muz va ifloslanishlardan tozalanishi;

gaz quvuri trassasi o‘tgan joyda tuproq o‘pirilishi, erigan qor va yomg‘ir suvlari bilan yuvilishining oldini olishni aniqlash maqsadida uning ahvoli ko‘zdan kechirilishi;

gaz quvurining ikki tomonidan 15 metrgacha masofada olib borilayotgan qurilish ishlari nazorat qilinishi va gaz quvurlarining butunligini ta’minlashi va zararlanishdan saqlanishi.

10. Gaz quvurini tekshirayotgan ishchilar gaz quvuri trassasida gaz sizib chiqayotgani aniqlanganda bu haqda zudlik bilan avariya-dispetcherlik xizmati va obyektlarning egasi bo‘lgan gaz ta’minoti tashkiloti rahbarlarini xabardor qiladi. Gaz quvuridan 50 metr radiusda joylashgan gaz to‘planishi mumkin bo‘lgan yerto‘lalar, binolarning birinchi qavatlari, quduqlar, kameralar va boshqa inshootlarni shamollatish va qo‘shimcha ravishda maxsus gazni aniqlovchi asboblar bilan tekshirish choralarini ko‘radi.

Avariya brigadasi yetib kelgunga qadar bino ichidagi odamlarni tashqariga chiqarishi hamda ularni chekish, ochiq olov va elektr asboblaridan foydalanish mumkin emasligi haqida ogohlantiradi.

11. Yer ostidagi gaz quvurlarini tekshirish muddati gaz ta’minoti tashkiloti bosh muhandisi tomonidan belgilanib, tekshirish gaz quvurlarining texnik holati, ulardan qachondan beri foydalanilayotgani, emirilish xavfi va elektr kimyoviy himoyalovchi vositalarning ishlash samaradorligi, gaz bosimi, yerto‘lalarning gazlanishi, gazanalizatorlarning mavjudligi, tuproqning holati, tog‘ siljish va seysmik holatlar, joyning tafsiloti va undagi qurilmalarning joylashish zichligi, shuningdek, yil fasliga ko‘ra amalga oshiriladi.

12. Yer ostidagi gaz quvurlari trassalarini kamida ikki nafar kishidan iborat brigada ko‘rikdan o‘tkazishi kerak. Aholi punktlarining qurilmalar bo‘lmagan qismida, shuningdek, yo‘llarning transport yurmaydigan, gaz quvurlaridan 15 metr oralig‘ida, quduqlar va boshqa yer osti kommunikatsiyalari bo‘lmagan qismidagi gaz quvurlari trassalarini bir nafar ishchi ko‘rikdan o‘tkazishi mumkin.

13. Yer ostidagi gaz quvurlarini tekshiruvchiga yo‘nalish xaritalari maxsus jurnalga imzo qo‘ydirish orqali beriladi. Unda gaz quvurlari yo‘nalishlari sxemalari, gaz inshootlarining o‘rnatilgan joyi, binolar yerto‘lalari va gaz bo‘lishi mumkinligi tekshiriladigan kommunikatsiyalarning quduqlari turgan joylar ko‘rsatiladi. Gaz tarmoqlaridagi o‘zgarishlar bo‘yicha yo‘nalish xaritalariga yil davomida tegishli o‘zgartirishlar kiritib boriladi. Birinchi marta tekshiruvga chiqayotgan ishchilar gaz quvurlari trassasi bilan to‘liq tanishtiriladi.



14. Yer osti gaz quvurini ko‘rikdan o‘tkazish natijalari maxsus jurnalda qayd etiladi. Nosozliklar borligi aniqlangan taqdirda yoki o‘zboshimchalik bilan gaz quvurlarining himoya zonasida ishlar olib borilganda ishchi tomonidan o‘z rahbariga xabar beriladi hamda bildirishnoma taqdim etiladi.

ADABIYOTLAR RO’YXATI

  1. Fuqaro muhofazasi to‘g‘risida. O'zbekiston Respublikasi Qonuni,

Toshkent. 2000 y.

2. A . Q u d r a t o v - X a y o t i y f a o l i y a t x a v f s i z l i g i .

T o s h k e n t 2 0 0 5 y i l


Download 27,33 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish