G'azal mulkining sultoni



Download 40,16 Kb.
Pdf ko'rish
Sana22.08.2021
Hajmi40,16 Kb.
#153969
Bog'liq
2 5253963047143213448



"G'azal mulkining sultoni."

A. Navoiyning tavalludini 580 yilligiga bag'ishlangan adabiy kecha senariysi.

Sahna jihozi:

portret, kitoblar ko'rgazmasi, gazetalar, taxt, stol ustida lavx, siyoxdon, qalam,

sham, shamdon.

Bu senarida 2 ta boshlovchi kamandasi boladi. 1-kamanda 3 kishidan iborat. 2-

kamanda 2 kishidan iboratdir.

Avvalo 3 ta boshlovchi sahnada korinadi. 1 yigit 2 qizdan iborat. Orqa fonda

slayt qoyib boriladi. Har bir salytda A.Navoiy haqlarida boladi. 3ta boshlovchini

qo'lida ham shu ma'lumotlar bo'ladi. 

Bunda: 

1-boshlovchi o'zbek tilidagi matnni o'qiydi.

2-boshlovchi rus tili matnini o'qiydi.

3-boshlobchi ingliz tili matnini o'qiydi.

Slaytli matni 7 yoki 8 ta bo'ladi. Birinchi 3 ta boshlovchi sahnamizni ochib

berishadi. 3 ta boshlovchi sozlarini tugatgach 2-boshlovchi kamandasi

chiqishadi.

1-Boshlovchi: 

Bugun qalbimizda quvonch o'zgacha.

Charaqlar quyosh bu tong (kun) o'zgacha,

Keksa-yosh qalbida iftixor g'urur

Kuy qo'shiq-u g'azal o'zgacha.

2-boshlovchi: 

Assalomu alaykum aziz mehmonlar. Hurmatli ustozlar.

1-Boshlovchi: 

Assalomu alaykum. She'riyat, adabiyot mehri bilan limmo- lim to'lgan tarovatli

davramizga xush kelibsiz!

2-Boshlovchi: 

Xalqimiz ona tilimizga befarq bo'lmagan o'zbek farzand borki, bugun chuqur

iftixor va ehtirom bilan buyuk bobokolonimiz hazrat Mir Alisher Navoiyni esga

oladi, bu hazratning avlodi ekanligidan dili cheksiz quvonchga to'ladi.

1-boshlovchi:

Ey, ash'or mulkining buyuk sultoni 

Ey, o'zbek xalqining suyuk o'g'loni

Nomingdan dimoqqa ming xil gul isi 

To abad atirli xush havo kelur. 

2-boshlovchi:

Tantanamizga qimmatli vaqtlarini ayamay qadam ranjida qilgan aziz

mexmonlarga chuqur minnatdorchilik bildiramiz.

1-boshlovchi: 

Navoiyning 575 yilligi munosabati bilan adabiy kecha tayyorlaganmiz.

Marhamat tinglab tomosha qiling




Bugun Navoiyning tug'ilgan kuni

Tunlardan himoya qilaylik uni

Haykali qoshida qalblar bo'lsin jam

Ming yilda bir kelur malikul-kalom.

2-boshlovchi: 

O'zbekning uyimas Navoiy yo'q uy Dunyoga shavq berar bu muqaddas kuy

Ulug' bobomizga beraylik salom 

Ming yilda bir kelur malikul-kalom

Navoiy deganda quloqlarimga 

Uzoq asrlardan bir navo kelur 

Navoiy deganda quloqlarimga 

Qahraton qishda ham xush sabo kelur

G'AZAL AYTILADI 5 TA O'QUVCHI chiqadi

1- boshlovchi: 

Navoiy she'riyati va Navoiy timsoli kuchli bir quyosh kabi ko'ngilni tortadi. Uning

aqlli, ma'nodor ko'zlari, xushfe'l, rahmdil olijanob qiyofasi, asl, pok, ulug' qalbini

his etamiz. Ko'z o'ngimizda gavdalantiramiz.

«Navoiy va Guli» sahnasi

(Navoiy she'r yozish bilan mashg'ul) Navoiy-

E, nasimiy subh ahvolim diloromimga ayt!

Zulfi sunbul yuzi gul, sarvi gulandonimga ayt! 

Kom talxu, boda zaxru, ashk gulgun bo'lg'onin 

(Guli paydo bo'ladi)

Guli -


La'li rangin labzi shirin sho'x xud komimga ayt 

Navoiy - 

Ko'zimning nuri kel , toza gulim kel! 

Ko'ngil bog'ida sayroq bulbulim kel!

Guli - 

Ko'rib gulzor ichida sizni yolg'iz So'roqsiz indamay men behayo qiz Kechirgaysiz

kelishga jur'at etdim

Navoiy -


Ko'ngil armoni kel!Maqsadga yetdim Nechuk bezovtasan? Barvaqt turibsan?

Malak yanglig' o'zing tanho yuribsan?

Guli -

Sahar chog'i turib shirin g'azaldin Eshitmak odatim bo'lgan azaldin



Navoiy - 

Ko'ngil ilhomchisi sensan, azizim Bularning barchasi senga atalg'on

Guli - 

Xudo bilsin so'zingiz balki yolg'on

Navoiy -

Nechuk? Xo'sh! 

Guli –

So’nggi chog'da kamnamosiz g'arib, bechora men-yer, siz-samosiz



Navoiy- 

Yoningda bo'lmoq orzum erta-yu kech, 

Faqat naylay, ilojim topmadim hech 



Ariq qazimoqdamiz,cho'llarda ish ko'p Rabot-u, madrasa, yo'llarda ish ko'p

Yumush der yerdagi har zarra tuproq Yumush der, bog'dagi har toza yaproq.

Guli- 

Alisher! Chindanam shersiz. Buyuk Sher! 



Ulug' ishlarni qilmoq istagan er 

Bo'lur sherday jasur qaytmas izidin 

Qilich kelganda ham qaytmas so'zidin Faqat ko'pdir esiz ko'p dushmaningiz

Navoiy- 


Gulim, behudaga bezovta bo'lma, O'zingni qiynama, g'amlarga to'lma 

Meni shersiz deding , yovlar quyondir Quyonlarning ishi senga ayondir

Guli- 

Durust, shersiz … faqat … zanjiri band sher… 



Navoiy- 

Ajab zanjiri band sher, yengaman,der Guli-

Essiz, men sizni ranjitdim… 

Navoiy- 


Mana o'qirsan 

Guli- 


Jonim bilan

(Guli kitobni oladi) 

Navoiy- 

Yangi bitilg'on Sening ishqing bilan O'sgan, yetilgan.

Navoiy g"azal o'qiydi. ( sahna yopilgach boshqa inson ham o'qishi mumkin)

Kecha kelgumdur debon, ul sarvu gulro‘ kelmadi.

Ko‘zlarimga kecha tong otquncha uyqu kelmadi.

Lahza-lahza chiqtimu, chektim yo‘lida intizor,

Keldi jon og‘zimg‘ayu, ul sho‘xi badxo‘ kelmadi

Ul parivash hajridinkim yig‘ladim devonavor.

Kimsa bormukim, oni ko‘rganda kulgu kelmadi.

Tolibi sodiq topilmas, yo‘qsa kim qo‘ydi qadam

Yo‘lg‘akim, avval qadam ma’shuqi o‘tru kelmadi.

Ey Navoiy boda birla xurram et ko‘nglung uyin

Ne uchunkim, boda kelgan uyga qayg‘u kelmadi

2- boshlovchi: 

Sharq adabiyotida birinchi bo'lib «Hamsa» yaratgan kishi Nizomiy Ganjaviydir.

Unga har jihatdan munosib javob yuz yildan so'nggina maydonga keldi. Uning

muallifi Hisrav Dehlaviydir.

1- Boshlovchi: 

Qariyb 2 yuz yildan so'ng ikki buyuk hamsanavis maydonga chiqdi. Ular Navoiy

va Jomiy edilar. Navoiyning «Hamsa»si XV asrdagi xalqimiz ma'naviy

taraqqiyotining ko'zgusi bo'lib, unda davr hayoti, urf-odatlari va qarashlari aks

etgan.


2- boshlovchi: 

O'z davrining buyuk shaxsi, A.Navoiyning do'sti Husayn Bayqaro ham «Hamsa»

asariga yuksak baho bergan. 

Bayqaro Irg'imlab istak otida 




Jahonga boqqanda misli bolasher

Hirot darvozasining bir qanotida

She'riy lashkarini tizdi Alisher

Navoiy va Husayn Bayqaro sahnasi:

(H.Bayqaro taxtda o'tirgan) Eshik ochildi: Shohim Mir Alisher tashrif buyurdilar .

Shoh: 


Ayting kirsinlar. 

Navoiy: Assalomu-alaykum, olampanoh. Bayqaro:

Va alaykum-assalom, marhabo do'stim, keling. (Ko'rishdilar o'tirish uchun joy

ko'rsatadi.) 

Navoiy:

Ahvollarinigiz, nechun, shohim? Husayn Bayo'aro: 

Qulluq, do'stim, qulluq. O'zingizda ne yangiliklar? Ijod olamida ne yangiliklar?

Yangi ash'orlar biturmisiz?

Navoiy:

Biturmen shohim, biturmen. («Hamsa»ni shoxga beradi) Mana shu siz orzu

qilgan obida ham tayyor bo'ldi. Buni sizga armug'on eturmen.

Boyqaro: 

(kitobni qo'lga olib, varaqlab, o'rnidan turadi)Tassano ,do'stim, tassano, ofarin:

Emas oson bu maydon ichra turmoq Nizomiy panjasiga panja urmoq

Kerak sher ollida ham sheriy jangi

Agar sher o'lmasa bori palangi.

Tasanno. Bu asar turkiy nazmida betakror asar bo'libdur. Bu xizmatingizni

taqdirlamoq lozim. 

(qarsak chaladi). 

Mulozim:


-Labbay 

Boyqaro:-

Oq tulporni xozirlang. Do'stimni otga mindirib, butun Hirot ko'chalari bo'ylab

o'zim jilovdorlik qilurmen. qani do'stim marhamat.

(Birga chiqishadi)

Bu yerda 7 ta inson chiqib shu g'azalni oqishi mumkin. 2misradan. Yoki 2 ta

inson chiqib o'zlari o'qishadi. Yitlarimizdan.

G'azal. «O'n sakkiz ming olam…»

O'n sakkiz ming olam oshubi agar boshindadur,

Ne ajab, chun sarvinozim o'n sakkiz yoshindadur.

Desa bulg'aykim, yana ham o'n sakkiz yil husun bor,

O'n sakkiz yoshina buncha fitnakim boshindadur.

O'n sakkiz yil dema, yuz sakson yil o'lsa, uldirur,

Husn shohi, ul balolarkim, ko'zi qoshindadur.

Hayot etman husni naqshidaki, har hayratki, bor,

Barchasin ezid taolo sun'i naqqoshindadur.

Tan anga siymu ichina tosh muzmar ko'nglidin,

Aqlg'a yuz hayrat, ul oyning ichn tashinadur.




Mayli ketur, ey mug'ki, yuz hayrat aro qolmish Masih,

Bul ajablarkim, bu eski dayr xuffoshindadur.

To Navoiy to'kti up oy furqatidin bahri ashk,

Har qachon boqsang, quyosh aksi aning yoshindadur.

1-boshlovchi: 

«Hamsa» dostoning eng go'zal asari «Farhod va Shirin» bo'lib ayniqsa Shirin

maktubi ko'ngillarni maftun etadi. 

(Shirin sahnaga kiradi)

Kanizak: 

Shirin, Shonur keldi. Farhoddan xabar keltiribdi.

Shirin:

Ey, Shonur, qayda yuribsiz, Farhodga ne bo'ldi?

Shonur: 

Xisrav qatl buyrug'ini bekor qilib, Farhodni Salosil degan g'orga qamatib qo'ydi.

Agar bir enlik xat yozib bersangiz unga yetkazurman. 

Shirin: 


Bir dam sabr qiling.

(Shirin xatni yozib o'qiydi)-

Nedur ahvoling ey zoriy g'aribim,

Visolim davlatidin benasibim?

Chekardi g'am tog'ing holing nechundir,

Bu yukdin jismi chun holing nechundir?

Qattiq g'urbat aro holing ne erkin?

Achchiq furqatda ahvoling ne erkin?

Firoqing tig'idin yuz pora jonim

Ne jonim balki jismi notovonin,

Seni ko'rsam edi nogoh-nogoh

G'amim yo'q erdi bilmon summa billah

Bu dam ham kim firoqingdin o'lubmen

Yuz o'lgandin ham ortiqroq bo'libmen.

Tavaqqu ulki , bu oshifta noma.

Ki bu oshufta qildi naqsh xoma

O'qib mazmunidin olsang hisobin,

Karam aylab yuborg'aysen javobin

Kim un ohar g'amda bo'lg'ay xurzi jonin

Valovu g'ussadin xattu omonim

Chu bilsang xolima odoxi alam,

Javobin ham yubor , valloxu alam.

Qo'shiq . «O'lturg'usi» g'azali bilan.

Maqom yonalishi. Yoki shu ga'zal aytiladi.

Jamoling vasfini qildim chamanda, Qizordi gul uyottin anjumanda. 

Tamanno qilga‘ali la’lingni ko‘nglum, 

Kishi bilmas onikim, qoldi qanda. 

Chu jonimdin aziz jonona sensan, Kerakmas jon mango sensiz bandanda.




Mango ul dunyoda jannat na hojat, Eshiking tuprog‘i basdur kafanda. 

Solib borma meni ey Yusufi husn, 

Bukun Yaʼqubtek baytul hazanda. 

Uzun sochingdin uzmasman ko‘ngulni, Oyog‘ing qanda bo‘lsa, boshim anda. 

Tilar el mansabi oliy va lekin, 

Atoyi sarvi ozodingga banda.

2-boshlovchi: 

Endigi navbat ijodkorlarga. Marhamat.

Raqs «Tanovor»

1- boshlovchi:

Kamol et kasbkim olam uyidin

Senga farz o'lmag'ay g'amnok chiqmoq

Jaxondin notamom o'tmak beaynix

Erur hamomdin nopok chiqmoq.

2- boshlovchi: 

Xar kimsaki, so'z demak shiorida durur

Ma'no guli nutqning baxorida durur

So'zkim demasun ulki, ixtiyorida durur

So'z yaxshilig'i chu ixtisorida durur

1- boshlovchi: 

Biz buyuk Navoiy avlodi bo'lganimiz bilan iftixor qilamiz, hozirgi avlod ham

kelgusi avlod ham hazrat asarlaridan chinakam baxramand bo'lgan avlod bo'lib

yetishib chiqadilar.

2- Boshlovchi: 

Ular har bir so'zlarida hazrat bundoq deganlar deya, ulug' shoir baytlaridan o'qib

o'z fikrlariga tayanch topadilar. Sahnaga 12 ta o'quvchi chiqadi va shu g'azallar

o'qiladi. 1 g'azalni 2 kishidan.

MUBTALO BULDIM SANGA

Kurgali husnungni zoru mubtalo buldum sanga,

Ne balolig kun edikim, oshno buldum sanga.

Har necha dedimki kun-kundin uzay sendin kungul,

Vahki, kun-kundin batarrak mubtalo buldum sanga.

Men qachon dedim: «Vafo qilgil manga» zulm aylading,

Sen qachon deding: «Fido bulgil manga» buldim sanga.




Qay pari paykarga dersen telba buldung bu sifat,

Ey pari paykar, ne qilsang qil manga, buldum sanga.

Ey kungul, tarki nasihat aylading ovora bul,

Yuz balo etmaski, men ham bir balo buldum sanga.

Jomi Jam birla Khizr suyi nasibimdur mudom,

Soqiyo, to tarki joh aylab gado buldum sanga.

Gussa changidin navoe topmadim ushshoq aro,

To Navoiydek asiru benavo buldum sanga.

LABLARINGKIM HAYF ERUR…

Lablaringkim hayf erur teng tutmoq oni qand ila,

Sindirur yuz qand bozorini shakkar khand ila.

Toki hayronmen senga nomus ila itmish kungul,

Telba yangligkim, qochar el gofil ulgach band ila.

Odam ul soatki jannat ichra avlodin kurar,

Ne quvongay dam-badam sen nozanin farzand ila.

Quy nasihat, zohido, utlug damimdin vahm qil,

Telba it imkoni yuqturkim, sogalgay pand ila.

Hojatingni elga arz etmakka hojat bulmasun,

Khush chiqishsang lahzani bu zori hojatmand ila.

Lablaring hajrinda yur parkandkim bulmish kungul,

Lal erur mahlul qon urniga har parkand ila.

Chun Navoiy kungli sindi, emdi lutfing ne asig?

Kim ushatsa shishani bitmas yana payvand ila.

OShIQ ULDUM

Oshiq uldum, bilmadim yor uzgalarga yor emish,

Olloh-olloh, ishq aro mundoq balolar bor emish.




Qaddiga el mayli bulgondin kungul ozurdadur,

Ul alifdin zorlarning hosili ozor emish.

Elga novak urdi, men uldim erur bu turfakim,

Jonim etgan resh el bagriga kirgan khor emish.

Rishtakim, muhlik yaram ogziga tiktim angladim,

Kim kafan jinsi qirogidin suvurgan tor emish.

Kuyi devoridin ogriq tanga tushgan soyadek,

Sel gamidin emdi soya urniga dildor emish.

Jonga takhvif ayladim tigi halokidin aning,

Bilmadim bu ishdin ul ulguncha minnatdor emish.

Ey Navoiy, khublarni kurma osonlig bilan,

Kim biravkim soldi kuz, uzmak kungul dushvor emish.

ISTADIM

Qon yutub umri jahon ahlida bir yor istadim,

Lekin ul kamrak topildi, garchi bisyor istadim.

Kimga kim jonim fido aylab sogindim dam-badam,

Ermas erdi yorliqda chun vafodor istadim.

Bilmadim olam elida yuqturur mutlaq vafo,

Vahki, umri ulcha yuqtur soginib yor istadim.

Ulki, topilmas bashar jinsida vah gaflat kurung,

Kim pari khaylida men devonai zor istadim.

Sirri ishqimni kungul kuz birla fosh etmak ne tong,

Qalbu tardomanni men chun sohib asror istadim.

Shaykh birla khonaqahdin chun yorugluq topmadim,

Dayr piri khizmatiga kuyi khammor istadim.

Ey Navoiy, chun rafiqi topmadim, bu gussadin,




Uzni bekaslik balosiga giriftor istadim.

MENI MEN ISTAGAN KIShI…

Meni men istagan uz suhbatiga arjumand etmas,

Meni istar kishining suhbatin kunglum pisand etmas.

Ne bahra topqamen andinki, mendin istagay bahra,

Chu ulkim bahrai andin tilarmen bahramand etmas.

Netay huru pari bazminki, qatlim yo hayotimga,

Ayon ul zahr chashm aylab nihon, bu nushkhand etmas.

Kerakmas oy ila kun shaklikim, husnu malohatdin,

Ichim ul chok-chok etmas, tanim ul band-band etmas.

Kerak uz chobuki majnunvashi qotil shiorimkim,

Buzug kunglumdin uzga erga javloni samand etmas.

Kungul uz charkh zolidin, firibin emakim, okhir

Ajal sarrishtasidin uzga buynungga kamand etmas.

Ul oy utlug yuzin ochsa, Navoiy tegmasun deb kuz,

Muhabbat tukhmidin uzga ul ut uzra sipand etmas.

JONGA ChUN DERMEN

Jonga chun dermen: «Ne erdi ulmakim kayfiyati?»

Derki: «Bois buldi jism ichra marazning shiddati».

Jismdin sursamki: «Bu zafingga ne erdi sabab?»

Der: «Anga buldi sabab utluq bagirning hirqati».

Chun bagirdin surdum, aytur: «Andin ut tushti manga

Kim, kungulga shula soldi ishq barqi ofati».

Kungluma qilsam gazab, ayturki: «Kuzdindur gunah,

Kurmayin ul tushmadi bizga bu ishning tuhmati».

Kuzga chun dermenki: «Ey, tardomani yuzi qaro,




Sendin ulmish telba kunglumning baloyu vahshati».

Yiglab aytur kuzki: «Yuq erdi manga ham ikhtiyor

Ki, kurundi nogahon ul shukhi mahvash talati».

Ey Navoiy, barcha uz uzrin dedi, ulguncha kuy

Kim, sanga ishq uti-uq ermish azalning qismati.

Buni esa hamma o'qiydi:

Haq yo'linda Kim senga bir harf o'qitmish ranj ila

Aylamak bo'lmas ado aning haqin yuz ganj ila.



Shu bilan tamom.

Download 40,16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish