2 - rasm 3 -rasm P1 , V1 , T1 boshlang’ich parametrli ishchi jism kompressorda 1-2 adiabata bo’yicha siqiladi (izotermik yoki politropik bo’lishi mumkin). 2-3 izobara bo’yicha ishchi jismga q1 issiqlik beriladi(bu protsess yoqilg’ining yonish kamerasida yonishiga mos keladi). So’ngra ishchi jism turbinaning soplo apparatida 3-4 adiabata bo’yicha kengayadi va ishni turbina g’ildiraklariga beradi. 4-1 izobarik protsess ish bajargan gazlarning turbinadan chiqishi, bunda q2 - issiqlik olinadi.
Sikl uchun quyidagi o’lchamsiz parametrlar o’rinli:
kompressorda bosim ortishi darajasi:
izobarik kengayish darajasi:
Ishchi jismga beriladigan solishtirma issiqlik miqdori:
Ishchi jismdan soviq manbaga olinadigan SIM:
Siklning termik F. I. K.
T2 , T3 va T4 - temperaturalarni ishchi jism boshlang’ich temperaturasi T1 orqali ifodalab, quyidagiga ega bo’lamiz:
O’zgarmas bosimda issiqlik beriladigan GTQ termik f.i.k. qiymati bosim ortishi darajasi va adiabata ko’rsatkichi K ga to’g’ri proportsional.
Gaz trubinasidan chiqayotgan ishlatilgan gazni yonish kamerasiga kirayotgan havoni qizdiruvchi issiqlik almashinuv apparatiga yoki issiq suv, bug’ olish uchun yuborish maqsadga muvofiq bo’ladi.
Yoqilg’i o’zgarmas hajmda yonadigan GTQ va uning sikli 4-rasmda yoqilg’i v=const da yonadigan GTQ tasvirlangan. Turbina 1 bilan bitta valga o’tkazilgan kompressor 2 atmosfera havosini kerakli bosimgacha siqadi. Yonish kamerasi 4 ga havo bilan bir yo’la gazsimon yoki suyuq yoqilg’i kompressor 3 yoki yoqilg’i nasosi yordamida beriladi. Bahzan yonish kamerasiga alohida keladigan yoqilg’i va havo o’rniga oldindan karbyuratorda tayyorlangan yonuvchi aralashma beriladi. Klapanlar yopiq bo’lganda yonish kamerasida yoqilg’i odatda elektrik svecha 8 dan yondiriladi. Yoqilg’i yonishi o’zgarmas hajmda sodir bo’ladi. Yoqilg’ining yonishi tugagandan so’ng, chiqarish klapani ochiladi va yonish mahsulotlari turbinaning soplolari 5 ga kirib, atmosfera bosimigacha adiabatik kengayadi. Soplodan oqib chiqayotgan gazlar turbina kuraklari 6 ga keladi, tegishlicha ish bajaradi va turbinaning chiqish patrubogi 7 orqali atmosferaga chiqarib yuboriladi. qurilmaning foydali ishini energiya istehmolchisi 9 qabul qiladi.
5 va 6-rasmlarda R, v va TS -diagrammalarda GTQning V= const da issiqlik berilishi bilan boradigan ideal sikllari tasvirlangan.
Boshlang’ich parametrlari R1, V1 , T1 bo’lgan ishchi jism 1-2 adiabata bo’yicha nuqta 2 gacha siqiladi. Keyin 2-3 izohora bo’yicha ishchi jismga q1 - solishtirma issiqlik miqdori beriladi. Ishchi jism 3-4 adiabata bo’yicha boshlang’ich bosimgacha kengayadi va 4-1 izobara bo’yicha q2 – SIM olinib boshlang’ich holatiga qaytadi.
Sikl uchun quyidagi o’lchamsiz parametrlar o’rinli:
Kompressorda bosim ortishi darajasi:
Qo’shimcha bosim ortishi darajasi: