Qk = BQ\,
bu yerda: В— ishlatiladigan yoqilg‘i miqdori;
Qpq — yoqilg‘ining quyi yonish issiqligi.
Hajmiy issiqlik kuchlanishi — kamera yuzasining samarali ishlatilishini tavsiflaydi:
1 = №
bu yerda: Vk — yonish kamerasi hajmi.
Yonish kamerasidagi energiya sarfi va bosim sarfi ham asosiy ko‘rsatkichlardan hisoblanadi.
Ichki FIK orqali energiya sarfi xarakterlanadi. Bosim sarfi 1—3%, ba’zan 10% gacha bo‘ladi.
Mavjud yonish kameralari quyidagi tiplarga bo‘linadi:
individual;
seksiyali ko‘p quvurli;
halqasimon;
quvurli-halqasimon.
GTQ ISSIQLIK ALMASHISH QURILMALARI
GTQda issiqlik almashish qurilmalari, asosan, regenerator, sovitkich vazifalarini bajarish uchun xizmat qiladi. Bu apparatlarga qo‘yiladigan asosiy talab: kichik hajmga ega bo‘lgan holda issiq jismdan sovuq jismga mumkin qadar ko‘proq issiqlik uzatish.
GTQlarida regenerativ va rekuperativ tiplari qo‘llaniladi. Ular, o‘z navbatida, quvurli va plastinkali bo‘ladi. Bularning hammasi GTQda ishlatiladi.
GTQ KOMPRESSORLARI
GTQda o‘q yo‘nalishli va markaziy yo‘nalishli kompressorlar qo‘llaniladi.
O‘q yo‘nalishli kompressorlar yuqori va o‘rta quvvatli qurilmalarda ko‘proq qo‘llaniladi. Ular yuqori ishlab chiqarish quvvatiga ega (430 - - 450kg/s, FIK?; = 0,83 - 0,9), GTQuchunkeraklibosimdarajasini beradi va kompakt bo‘ladi.
O‘q yo‘nalishli kompressorlarning kamchiliklaridan asosiysi uning ko‘p pog‘onaliligidir. Bu esa uning konstruksiyasining murakkabla- shishiga va uzayishiga olib keladi.
Kompressorlar ishlash prinsipijihatidan turbinaning aksini ifoda etadi. Unda kompressor rotoriga uzatilgan energiya havoga kinetic energiya berish hisobiga sarf bo‘ladi va uning kuraklarida bosimga aylanadi.
Amalda reaktiv pog‘onali kompressorlar ham ishlatiladi.
Markaziy yo‘nalishli kompressorlar, asosan, bir pog‘onali va kamdan kam ikki pog‘onali bo‘ladi.
O‘q yo‘nalishli kompressorga nisbatan markaziy yo‘nalishli kompressorlar quyidagi afzalliklarga ega:
o‘q yo‘nalishiga nisbatan uzunligining kamligi. Bu bosim oshirish darajasining yuqoriligi hisobiga bo‘ladi;
konstruksiyasi soddaligi va mustahkamligi;
oquv qismining silliqligiga kam talabchanliligi;
ish rejimida ko‘rsatilmagan parametrga chiqqanida FIK birdan tushib ketmasligi.
Shu afzalliklar kam quvvatli qurilmalarda markaziy yo‘nalishli kompressorlarni ko‘p qo‘llanilishiga olib keldi. Ular ichki yonuv yuritgichlarida ishlatiladi.
www.ziyouz.com kutubxonasi
Do'stlaringiz bilan baham: |