Normal sharoitda o‘lchangan 5,6 l kislorodning massasini hisoblang.
10 m3 azot qancha hajm vodorod bilan reaksiyaga kirishadi va qancha hajm ammiak hosil qiladi?
2 l hajmdagi xlor 3 l hajmdagi vodorod bilan aralashtirildi. Aralashma portlatildi. Hosil bo‘lgan mahsulot va ortib qolgan gaz hajmini aniqlang.
Sulfit angidrid va atsetilenlarning havoga hamda vodorodga nisbatan zichligini aniqlang.
Fosfor bug‘ining vodorodga nisbatan zichligi 62 ga teng. Fosfor bug‘ining molekulyar massasini va formulasini toping.
Тarkibida 91,2% fosfor va 8,8% vodorod bo‘lgan birikmaning vodorodga va havoga nisbatan zichligini toping.