< > quyidagiga teng:
bu yerda — molekulaning effektiv diametri, p — hajm birligidagi molekulalar soni.
Barometrik formula. Gazlarning molekulyar kinetik nazariyasi asosiy tenglamasi va molekulalarning tezligiga bog’liq Maksvell taqsimotini keltirib chiqarishda gaz molekulalariga tashqi kuchlar ta’sir etmaydi deb faraz qilingan edi. Shuning uchun molekulalar xajm bo’yicha bir tekis taqsimlangan deb hisobladik. Ammo, istalgan gaz molekulalari yerning tortishish potentsial maydoni ta’sirida bo’ladi. Bir tarafdan gravitatsion tortishish va ikkinchi tarafdan molekulalarning issiqlik harakati gazning qandaydir statsionar xolatga, ya’ni bosimni balandlik bo’yicha kamayishiga olib keladi. Barcha molekulalar massasi bir xil, temperatura o’zgarmas, tortishish maydoni bir jinsli deb hisoblaymiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |