Gaz molekulalarining o‘rtacha to‘qnashish soni va o‘rtacha erkin yugurish yo‘li.
Gaz molekulalari tartibsiz harakatda bo’lishi sababli bir-biri bilan uzluksiz to’qnashadilar. Molekula ikkita ketma-ket to’qnashishlar oralig’ida ma’lum l yo’lni bosib o’tadi va bu erkin yugurish yo’li deb ataladi.
Umumiy holda ketma-ket to’qnashishlar orasidagi erkin yugurish yo’li uzunligi har xildir. Uning ustiga molekulalar soni beqiyos katta bo’lganligi sababli, molekulalarning o’rtacha erkin yugurish yo’li to’g’risida so’z yuritishimiz mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |