Quduqlami joylashtirish sistemasi turlarining yaxshi va yomon tomonlari Quduqlami joylashtirish tizimlarining yutuq va kamchiliklari mavjud.
1. Quduqlami bir tekis joylashtirish kollektorlik xususiyati bir xil bo’lgan qatlamlar ustida qo'llaniladi. Bunday tizimni tabiiy gaz konlari gaz bosimli rejimida ishlaganda tavsiya etiladi. Quduqlami bir tekis joylashtirish tizimining yutuq tomonlari quyidagilar:
- bosimning bir tekis o ’zgarishi va bir nuqtadan ikkinchi nuqtaga o'tganda kam farq qilishi;
- quduqlarning debiti asosan qatlam bosimiga bog'liq;
- boshqa hamma sharoitlar bir xil bo’lganda quduqlar debiti boshqa tizimlarga nisbatan ko'proq;
- konni ishlatish uchun kamroq quduqlar kerak;
- quduqlar og'zida bosim asta-sekin tushadi, shuning uchun kompressorsiz ishlatish davri uzunroq;
- past haroratii ajratish qurilmasi uzoqroq ishlaydi;
- nazariya jihatdan hisob-kitob ishlari (formulalari) to'liq ishlab chiqilgan;
- hisob-kitob ishlari ancha oson.
Kamchiliklari:
- gaz yig’uvchi kommunikatsiyalarning uzunligi oshadi;
- suv bosimli rejimi bo’lsa suv tezroq bostirib kira boshlaydi.
Nazariy tadqiqotlarga ko'ra quduqlarni bir tekis joylashtirish tizimi qo’llanganda to'rni zichlashtirish a koeffisiyentining kamayishiga olib keladi. b esa o ’zgarishsiz qoladi. Bu esa bir vaqtning o'zida kichik depressiya bilan ko'proq gaz olish mumkinligini ko'rsatadi. Quduqlar sonining ortishi gaz olish miqdorining oshishiga olib keladi va konning tezroq tugashiga olib keladi.
2. Batareya usulida quduqlarni joylashtirish. Batareya usulida quduqlarni joylashtirish usuli gazkondensat koniarida qatlam bosimini saqlash vaqtida qo'llaniladi.
Yutuqlari:
- gaz va kondensatni yig ’ish tizimining soddaligi;
- konni ishga tushirish vaqtini tezlashishi;
- jihozlash tizimiga ketgan kapital xarajatlar qisqaradi;
- GSKni boshqarishga imkoniyat ko'proq bo’ladi.
Kamchiliklari:
- quduq tubi va quduq og'zi bosimlarining tez tushishi;
- qo'shimcha quduqlarni ertaroq qo’shish kerakligi;
- ishlashning kompressorsiz ishlatish davrining qisqarishi;
- hisob-kitob ishlarining murakkabligi.
3. Quduqlarni kon markazida joylashtirish.
Yutuqlari:
- suvsiz ishlatish davrining uzayishi;
- quduqlar debitining kattaligi.
Kamchiligi:
- quduqlar sonining belgilanganligi, ya'ni quduqlar sonini ko'paytirib bo’lmasligi;
- siquv kompressor stantsiyasini qo'shish vaqti va uning quvvati hosil bo’lgan umumiy depression voronkaning chuqurligiga bog’liqligi.
4. Quduqlarni notekis joylashtirish. Notekis joylashtirish eng ratsionaldir, ammo ishlash loyihalashtirilayotganda quduqlarni qayerga joylashtirish masalasi amaldayechib bo'lmaydigan masaladir.