Instrumental va funktsional usullar yordamida gastritning ko’plab shakllari tashxislanadi. Ammo, kasallik asosiy ikki turga bo’linadi:
Me’yoriy yoki yuqori kislotali;
Nol darajadagi yoki pasaygan kislotali.
Umuman olganda, past va yuqori kislotali gastrit alomatlarini bir-biridan farqlasa bo’ladi, biroq, yakuniy tashxis maxsus datchiklar yoki zond kirirtish orqali me’da shirasini tahlil qilish natijasida qo’yiladi. Ba’zi hollarda oshqozonning pH qiymati siydikning pH qiymatini tekshirish yo’li bilan bilvosita aniqlanadi.