Garri Potter va falsafiy tosh Joan Rouling Ingliz tilidan Munira Mengliyeva tarjimasi



Download 39,01 Kb.
bet1/2
Sana22.01.2017
Hajmi39,01 Kb.
#834
  1   2

Garri Potter va falsafiy tosh

Joan Rouling

Ingliz tilidan Munira Mengliyeva tarjimasi
Garri junjikib ketdi. Unga janob Ollivander uncha yoqinqiramadi. Sehrli tayoqchasiga yeti galleon to`ladi, janob Ollivander ularni do`konidan tavoze bilan kuzatib qo`ydi.

Ikkovlon Diagon hiyobonidan, devor tuynugidan oshib bo`m-bo`sh “Teshik o`choq” qa qaytisharkan quyosh ufqqa bosh qo`yardi. Yo`l bo`yi Garri miq etmadi; metroda odamlar tizzasiga qo`ygan qafasdagi boyqushi-yu, paketlardagi g`alati narsalarga tikilishayotganini ham sezmadi. Eskalatorda Paddington bekatga ko`tarilishdi; Hagrid uning yelkasini qoqib qo`ygachgina Garri o`ziga keldi.

− Poyezd ketguncha ul-bul yeb olarmiz-a − dedi Hagrid.

U Garriga gamburger sotib oldi, tamaddi qilib olgani plastmassa stulga o`tirishdi. Garri hali ham atrofga alanglardi. Hamma narsa ko`ziga g`alati k`orindi.

− Hammasi joyidami, Garri? Nega jim bo`lib qolding? − so`radi Hagrid.

Garrining tili aylanmay qoldi. Bugun uning umridagi eng zo`r tug`ilgan kun bo`ldi − tiliga bir so`z kelmay gamburger chaynashda davom etdi.

− Hamma meni o`zgacha deb o`ylayapti − nihoyat og`iz juftladi Garri − “Teshik o`choq”dagi odamlar ham, professor Kuirrel, janob Ollivander ham… lekin men sehr –jodu haqida hech narsani bilmayman-ku. Qanday qilib ular mendan buyuk ishlar kutishadi? Mashhurman-u negaligini eslolmayman ham. Vol…, uzr, ota-onam vafot etgan kuni nima bo`lganini ham bilmayman.

Hagrid stolga egildi. Qo`qsigan soqol-u, qalin qo`sh orasida uning mehribon ko`zlari kulib turardi.

− Hech tashvishlanma, Garri. Tezda o`rganib olasan. Hogvardsda hamma boshidan boshlaydi. Zo`r bo`lib ketasan hali. Faqat o`zligingni yo`qotma. Bilaman bu mushkul. Sen tanlab olingansan, va bu doim qiyinchilik tug`diradi. Hogvardsda senga yaxshi bo`ladi, menga ham yaxshi bo`lgan… hozir ham shunday desam bo`ladi.

Hagrid Garrini Dursleylarnikiga qaytib olib boruvchi poyezdga o`tqazdi, qo`liga convert tutqazdi.

− Hogvardsga chiptang − dedi u − birinchi sentabr kuni, Qirol chorrahasida, hammasi xatda yozib qo`yilgan. Dursleylar bilan biror muammo chiqsa boyqushni jo`nat, u meni qayerdan topishni biladi… Tez orada ko`rishguncha, Garri

Poyezd qo`zg`aldi. Garri Hagridni ko`zdan uzoqlashgunicha kuzatmoqchi bo`lib o`rnidan turib oynaga yopishdi, lekin bir ko`z yumuvdi hamki, Hagrid g`oyib bo`ldi.

OLTICHI BOB

UCH CHORAK TO`QQIZINCHI PLATFORMA

Garrining Dursleylar bilan o`tkazgan ohirgi oyi quvnoq kechmadi. To`g`ri, Dudli Garridan qo`rqib hatto bir xonada o`tirmasdi, Petuniya xola va Vernon amaki ham uni yerto`lada qamamas, biror narsa qilishga majburlamas, umuman baqirishmasdi, aslida bolaga gapirmay ham qo`yishdi. Qo`rquv va jahl aralash Garri o`tirgan stulga ham e`tabor bermas edilar. Harqalay, bu yaxshi o`zgarish bo`lsada, biroz vaqt o`tgach asabga o`ynay boshladi.

Garri xonasida boyqushi bilan qamalib olardi. Boyqushiga “Sehr-jodu tarixi” kitobida o`qigan Xedvig degan nom berdi. Maktab darsliklari juda qiziq ekan. U karovatida yarim tungacha kitob o`qib yotardi. Xedvig ochiq derazadan uchib kirib chiqarkan rosa maza qilayotgandi. Yaxshihamki, Petuniya xola xona tozalashga kirmay qo`ydi, chunki Xedvig o`lik sichqonlar tashiy boshladi. Har oqshom, uxlashdan oldin Garri devorga osib qo`ygan qo`lbola taqvimidan bir kunni o`chirarkan, birinchi sentabr kelishini orziqib kutardi.

Avgustning so`ngi kuni harna, qarindoshlari bilan Qirol chorrahasi bekatiga boorish xususida gaplashib olishga qaror qildi, Garri mehmonxonaga tushdi, qarindoshlari boshqotirma ko`rsatuv tomosha qilishayotgan ekan. U kelganini bildirish uchun tomoq qirib qo`ydi, Dudli dodlab xonadan chiqib ketdi.

− Haligi… Vernon pochcha

Vernon amaki eshitayotganini ko`rsatish uchun bosh irg`idi.

− Haligi… Ertaga Hogvardsga ketish uchun Qirol Chorrahasiga borishim kerak − Vernon amaki yana bosh irg`idi − Meni olib borib qo`yolasizmi? − tag`in bosh irg`ib qo`ydi. Garri bu ha degani deb o`yladi.

− Rahmat

U endi tepaga qaytib chiqayotgandi hamki, Vernon amaki gap qotdi.

− Sehr-jodu maktabiga borishning kulgili yo`li bu poyezd. Uchar gilamlar qayerda qoldi, yo kirxonadami?

Garri mum tishlab turaverdi.

− O`sha maktab qayerda ekan o`zi?

− Bilmadim − dedi Garri o`zi ham endi anglab. Cho`ntagidan Hagrid bergan chptani chiqarib − Faqatgina uch chorak to`qqizinchi platformadan poyezdga o`tirarkanman − deb o`qidi.

− Nechanchi platforma deding? − olaydi Vernon amaki va Petuniya xola.

− Uch chorak to`qqizinchi

− Bekorchi gapni qo`ysangchi! Uch chorak to`qqizinchi platforma bo`lmaydi. − dedi Vernon amaki

− Chiptamda shunday yozilgan

− Be’manilik − dedi Vernon amaki − hammalari jinni, hammalari. Hali ko`rasan o`zing. Shoshmay tur. Yaxshi, olib borib qo`yamiz o`sha Qirol chorraxasiga. Baribir ertaga Londonga boramiz, bo`lmasa o`lay agar rozi bo`lmasdim

− Londonga nega boryapsizlar? − so`radi Garri suxbatni davom ettirish uchun.

− Dudlini kasalxonaga olib boramiz − vaysadi Vernon amaki − Smeltingsga bormasdan oldin anovi la`nati dumni oldirib tashlashimiz kerak.

Ertasi kuni Garri sahar soat beshda uyg`ondi. Hayajonlanib, biroz asabiylashib qayta ko`zi ilinmadi. O`rnidan turib jinsisini kiydi, sehrgarlar robesida vokzlgacha bormaydi-ku − keyin poyezdda almashtirib olar. Biror narsa qolib ketmaganiga amin bo`lish uchun Hogvard ro`yxatiga yana bir ko`z yugurtirdi, Xedvigning qafasi yopilganligini tekshib, Dursleylar qachon uyqudan turarkin deb xonasida u yerdan bu yerga borib keldi. Ikki soatdan so`ng Garrining katta jomadoni Dursleylarning mashinasiga yuklandi, Petuniya xola o`g`lini Garrining yonida o`tirishga ko`ndirgach yo`lga tushishdi.

Qirol chorrahasiga o`n yarimda yetib kelishdi. Vernon amaki Garrining jamadonini mashinadan aravaga joylab stansiya binosiga surib yubordi. Bolaga bu takallufdek ko`ringandi hamki, Vernon amaki platformalar tomonda turib olib kinoya bilan

− Mana yetib keldik, yigitcha. To`qqizinchi platforma… o`ninchi platforma. Sen aytgan uch chorak kasr to`qqizinchisi shularning o`rtasida bo`lishi kerak. Qara-ya hali qurishmabdi-ku! − deb kulib qo`ydi.

Albatta, u haq edi. Bir platforma ustida katta t`oqqiz raqami keyingisida esa o`n raqami osib qo`yilgandi, o`rtada hech vaqo yo`q.

− Yaxshi o`qi! − dedi Vernon amaki yanada achchiq kinoya bilan. Boshqa bir so`z demasdan uzoqlashdi. Garri o`grilib Dursleylar ketib borayotganini ko`rdi. Hammalarining kulgidan ichagi uzilayozgan. Garrining og`zi quridi. Endi nima qiladi? Xedvig tufayli hamma unga g`alati qaradi. Kimdandir so`rash kerak.

O`tib ketayotgan xizmatchini to`xtatdi, lekin uch chorak to`qqizinchi platforma haqida churq etolmadi. Xizmatchi Hogvards haqida ham eshitmagan ekan, Garri uning qayerdaligini ham ayta olmagach o`zini ahmoqlikka solyapti deb asabiylasha boshladi. Garri kayfiyati tushgancha o`n birda jo`naydigan poyezdni so`radi. Xizmatchi unaqa poyezd yo`qligini aytib vaqtni o`g`irlaydiganlar haqida vaysagancha nari ketdi. Endi Garri vaxima qilmaslikka tirishayotgandi. Tablo ustiga ilingan katta soat Hogvardsga poyezd o`n daqiqadan so`ng jo`nashini ko`rsatardi; bola vokzalning qoq o`rtasida, zo`rg`a sudray oladigan jamadon, katta boyqush, cho`ntagi to`la sehrgarlar puli bilan qaqqayib turib qoldi.

Hagrid nimadir qilishni tayinlashni yodidan chiqargan chog`i, Diagon hiyoboniga tushish uchun chapdan uchichi g`ishtga tegishdek huddi. Balk t`oqqizinchi va o`ninchi platformalar o`rtasidagi tekshiruvchilar ustuniga sehrli tayoqcha bilan urish kerakdir.

Shu pay tuning yonginasidan bir guruh odamlar o`tib ketdi, o`sha tarafdan uzuq-yuluq gaplar quloqqa chalindi: “…hamma yer Mugllar bilan to`lib toshgan, albatta…”

Garri atrofga alangladi. Bu gaplarni durkun bir ayol qizg`ish sochli to`rtta bolaga aytayotgandi. Har birlari Garrinikiga o`xshash arava sudrab borishardi, tag`in boyqushlari ham bor.

Garrining yuragi guppillab, ularning ketidan aravasini surdi. Ular to`xtadi, aytayotgan gaplarini eshita oladigan masofada Garri ham to`xtadi.

− Nechanchi platforma edi-ya? − soradi yigitlarning onasi.

− Uch chorak to`qqizinchi! − dedi kichkinagina qizcha. Unin ham sochlari qizg`ish, onasining qo`lidan ushlab olib − men ham boray… − deya harxasha qilardi.

− Yo`q, hali kichkinasan, Jini, tinch tur. Qani, Persi, sen birinchi bo`lasan − dedi ayol

Eng kattasi bo`lsa kerak bu bola, u to`qqizinchidan o`ninchi platformaga dadil yurib borardi. Garri hech narsani o`tqazib yubormaslik uchun ko`zlarini katta ochib oldi − lekin bola platformalarni ajratib turgan to`singa yetuvdihamki, bir guruh sayohatchilar o`ta boshladi, ohirgi yo`l halta o`tib ketguncha bola ko`zdan g`oyib bo`lgandi.

− Fred, keyingisi sen − dedi durkun ayol

− Men Fred emas Jorjman, − dedi bola − rostini ayting o`zi tug`ishgan onamizmisiz? Meni Jorj deyolasizmi?

− Kechirasan, Jorj, azizim

− Hazillashdim. Men Fredman − dedi-yu, yugura ketdi. Egiz ukasini ham ketidan shoshiltirdi. U ham shunday qilgan bo`lsa kerak, chunki bir soniyadan so`ng u g`oyib bo`ldi.

Bor yo`g`i shu.

− Ma`zur tuting − Garri ayolga murojaat qildi.

− Salom, azizim, − javob berdi u − Birinchi marta Hogvardsga boryapsanmi? Ron ham hali yangi.

Ayol ohirgi turgan, eng kenja o`g`liga ishora qildi. Bola baland bo`yli, ozg`in, beo`xshov, sepkilli, qo`l oyoqlari va burni uzun edi.

− Ha − javob berdi Garri − muammo shundaki… haligi… bilmadim qanday qilib…

− Platformaga qanday borishni bilmaysanmi? − so`radi ayol muloyimlik bilan, Garri bosh irg`idi.

− Tashvishlanma, − dedi u − To`qqizinchi va o`ninchi platformalar o`rtasidagi to`sindan o`tib olsang bo`ldi. To`xtama, qo`rqma bo`lmasa, urilib ketasan, bu juda muhim. Agar asabiylashsang, yugurib o`tganing ma`qul. Qani, Rondan oldin boraver.

− Haligi… bo`pti − dedi Garri

U aravasini itarib to`singa qarab qoldi. Chetdan juda ahmoqona ko`rinarkan.

U to`singa qarab yura boshladi. To`qqizinchi va o`ninchi platformaga shoshayotganlar unga urilib-urilib ketishdi. Garri qadamini tezlatdi. U to`singa urilishi mumkin, keyin ancha muammoga uchrashi mumkin … arava ustida yotsa-ya, yugura ketdi… to`sin tobora yaqinlashib kelardi… u to`xtay olmasdi… arava tamomila nazoratdan chiqqan… u bir qadam ortda… to`qnashuvga tayyor bo`lib ko`zlarini chirt yumib oldi…

To`qnashuv bo`lmadi… u yugurishda davom etardi… ko`zlarini ochdi. Odamlar bilan liq to`la platformada, qip-qizil paravoz turardi. Tepadagi peshtaxtada “Hogvards Ekspress, soat o`n bir” deb yozilgan. Garri orqasiga qarab to`sin o`rniga po`lat arkada uch chorak to`qqizinchi platforma deb yozilgan. U uddaladi!

Paravozdan chiqayotgan bug` shovqin-suron qilayotgan odamlar boshi uzra suza ketdi, har-xil rangdagi mushuklar oyoq ostida o`ralashgan, boyqushlar bir-biriga aravalar shovqini orasida uvillashardi.

Birinchi vagonlar allaqachon talabalar bilan to`lib toshgan, ba`zilari oilalari bilan xayrlashish uchun vagondan osilib olishgan, boshqalar joy ustida talashishayapto. Garri bo`sh joy qidirib aravasini platforma bo`ylab sudrab borardi. U “Buvajon, yana baqamni yo`qotib qo`ydim” − deyayotgan kulcha yuz bolaning yonidan o`tib ketdi.

− O, Nevill − keksa ayol qichqirdi.

Sandiqchali bir bolani kichkina to`da o`rab olibdi.

− Bir ko`rsat, Li, qani bo`laqol!

Bola sandiqning qopqog`ini ko`tarishi bilan hamma qichqirib, baqirib yubordi. Sandiqdan bir narsa uzun, junli panjasini chiqardi.

Garri amallab to`dani oralab borib, paravozning ohirrog`ida bo`sh joy topdi. Ichkariga birinchi Xedvigni kiritdi, keyin eshikdan zildan jomadonni kiritmoqchi bo`ldi. Zinadan olib o`tmoqchi bo`lib zo`rg`a ko`targanda jomadon naq ikki marta oyog`iga tushib ketdi, biram og`ridi-yey!

− Yordam kerakmi? − bu qizg`ish soch egizaklardan biri edi.

− Ha, iltimos − minnatdorchilik bildirdi Garri

− Hoy, Fred! Kel, yordamlashib yubor!

Egizaklarning yordami biloan Garrining jomadoni ahiyri kupe burchagiga joylandi.

− Rahmat − dedi Garri terdan suv bo`lib ketgan sochini ko`zidan yig`ishtirarkan

− Bu nima? − dedi to`satdan egizaklardan biri Garrining choqmoqday chandig`iga ishora qilib.

− Ey, xudo − dedi boshqasi − sen…

− U… − dedi akasi − sen… haligi… − dedi u Garriga

− Kim? − tushunmay so`radi Garri

− Garri Potter! − jo`r bo`lib aytdi aka-uka

− Haaa… u mi? Haligi, men o`sha demoqchiydim − kalovlandi Garri

Ikkovi Garriga tikilib qolgach, bola biroz qizardi. Yaxshiyamki, poyezd eshigi ochilib

− Fred, Jorj shu yerdamisizlar? − degan ovoz keldi

− Ketyapmiz, oyi.

Garriga ohirgi bora qarab egizaklar poyezdga sakrashdi.

Garri oyna oldidagi o`rindiqqa o`tirdi, yashirinib olib qizg`ish sochli oilani bemalol kuzatishi va gaplarini eshitishi mumkin edi. Ularning oyisi cho`ntagidan ro`molcha chiqarib:

− Ron, burningga nima qildi? − dedi.

Kenja o`g`il burnini olib qochishga urindi, lekin oyisi uning burni uchiga yopishib oldi.

− Oyi, qo`yvoring! − deya bir balo qilib qutildi.

− Vooy, sichqoncha Ronnining burniga nima qilibdi? − kinoya qildi egizaklardan biri.

− O`chir ovozingni! − jerkidi Ron

− Persi qayerda qoldi? − havotirga tushdi ayol

− Ana, kelyapti!

Ular tarafga viqor qadamlar tashlab to`ng`ich o`g`il yaqinlashibb kelardi. U allaqachon Hogvardsning katta, qop-qora robesini kiyib olibdi. Formaning ko`krak tarafiga “S” harfi bitilgandi.

− Ketishim kerak, oyi − dedi u − men old tarafda turaman, sardorlarga birvarakayiga ikkita kupe berishadi…

− Voy, hali sardorman degin, Persi − hayron qolgandek kesatiq bilan dedi egizaklardan biri − oldinroq aytmaysanmi, sal qolsa bexabar qolarkanmiz-a!

− Qo`ysangchi, eshitganday bo`luvdim. Bir martta oytgandiyov… − dedi yana biri.

− Balki ikki marta aytgandir…

− Bir daqiqa…

− Butun yoz…

− Bas qilinglar − dedi sardor Persi.

− Nima bo`lganda ham, Persi baribir yangi robes olarkan-da? − qo`shib qo`ydi bir egizak.

− Chunki u sardor − g`urur bilan aytdi oyisi − bo`pti, jonim, yaxshi o`qinglar, yetib borishingiz bilan boyqush jo`natingalr, xo`pmi?

− Endi, siz ikkita be`zori − shunday deya ayol egizaklarga qaradi − bu yil o`zingizni yaxshi tutinglar. Mobodo, biror boyqush kelib menga xojatxonani portlatib yuborganingiznimi… boshqa qilig`ingizni aytib kelsa bormi…

− Xojatxonani portlatish? Hech qachon bunday qilmaganmiz.

− Shunday bo`lsa ham yaxshi fikr, oyijon, raxmat!

− Hech kuladigan gap emas-da! Ronga qarab yuringlar.

− Havotir olmang, sichqoncha Ronni biz bilan havfsiz bo`ladi

− O`chir ovozingni! − qaytardi Ron. Uning bo`yi egizaklarga yetib qolgan, oyisi burnini ishqalaganidan hali ham qizarib turardi.

− Oyi, bir topingchi, topingchi hozirgina poyezdda kimni ko`rdik?

− Kimni?


− Garri Potterni!

Garri kichkina qizchaning ovozini eshitdi.



  • Oyijon, uni borib ko`ray. Jon oyijon, iltimos…

− Uni ko`rding, Jini, bechora bola zooparkdagi hayvon emas-ku, unga olaysang. Rostdan umi, Fred? Qayerdan bilasan?

− O`zidan so`radim. Chandig`ini ham ko`rdim. Rostdanam, rostdanam… chaqmoqqa o`xsharkan.

− Boyaqish… bir o`zi ekanidan ajablanmasa ham bo`larkan, men-chi hayron qolibman. U shunday muloyimlik bilan platforma qayerda ekanligini so`radiki…

− Ahamiyat bermang, sizningcha u O`zingiz bilasiz kim qanaqaligini eslarmikan?

Ayol birdaniga jiddiy tortdi

− Buni undan so`rashingizni taqiqlayman, Fred Hatto haddingiz ham sig`masin. Maktabning birinchi kunidan unga buni eslatishdan nima foyda.

− Mayli, mayli so`ramayman.

Paravozning hushtagi chalindi.

− Qani, shoshilinglar − dedi oyisi, uch bola paravozga chiqishdi, ketar chog`I o`pishib hayrlashish uchun derazadan osilishuvdihamki, singillari Jini yig`lay boshladi.

− Yig`lama Jini, senga bir dunyo boyqush jo`natamiz hali.

− Hogvardsdagi unitaz qopqig`idan ham jo`natamiz

− Jorj! − oyisining jahli chiqqandek bo`ldi

− Hazillashdim, faqat hazil, oyijon

Paravoz qo`zg`aldi. Garri ayolning qo`l silkiyotganini, singlisi kulgi yig`i aralash poyezd tezlashmagunicha ketidan yugurganini ko`rdi. Keyin qizcha yiqilib tushdi, qo`l silkigancha qolib ketdi.

Burilishdan keyin kuzatuvchilar k`ozga ko`rinmay ketishdi. Deraza ortida uylar g`ira-shira ko`zga tashlanardi. Garrining yuragida shirin hayajon uyg`ondi. U qayerga ketayotganini bilmasdi, qayer bo`lsa ham orqada qoldirgan joyidan durust bo`ladi.

Kupe eshigi qiya ochilib ichkariga qizg`ish soch bola bosh suqdi.

− Bu yerda biror kishi bormi? − dedi u Garrining ro`parasidagi joyga ishora qilib, − Hamma joy band ekan.

Garri ha degandek bosh irg`igach bola o`tirdi. U Garriga bir qarab darrov xuddi qaramagandek deraza tomonga o`grildi. Uning burnida hali ham qora dog` bor edi.

− Hoy, Ron − egizaklar qaytib kelishgandi − qara, biz poyezd o`rtasiga boryapmiz. Li Jordan ulkan tarantula olib kelibdi

− Yaxshi − ming`illadi Ron

− Garri, − dedi boshqa biri − o`zimizni tanishtirdikmi? Fred va Jorj Uesliy. Bu esa ukamiz Ron. Keyinroq yana ko`risharmiz

− Ko`rishguncha − dedi Garri va Ron javoban. Kupe eshigi egizaklar ketidan siljib yopildi.

− Rostdanam Garri Pottermisan-a? − bu gap Ronning og`zidan beixtiyor chiqib ketdi.

Garri bosh irg`ib qo`ydi.

− Men bo`lsa Fred bilan Jorjning navbatdagi hazilimikan debman. Rostdanam… peshonangda…

U Garrining peshonasiga ishora qildi.

Garri chaqmoq chandig`ini ko`rsatish uchun sochini ko`tardi. Ron angrayib qoldi.

− Mana shu yerga O`zingiz bilasiz kim…

− Ha, − dedi Garri − lekin rosti buni eslolmayman

− Hech narsani-ya? − qiziqdi Ron

− Ko`z oldimda och yashil nur paydo bo`ladi xolos

− Qoyil! − dedi Ron. U Garriga bir nacha soniya tikilib qoldi. Birdaniga nima qilayotganini payqab yana derazaga qarab qoldi.

− Sen ham sehrgarlar oilasidanmisan? − Garri ham Ronga qiziqib qolgandi.

− Haligi… shunday, menimcha. Onamning ikkinchi jiyani xisobchi ekan, lekin u haqda sira gaplashmaymiz

− Allaqachon bir dunyo sehr-joduni o`rgangandirsan-a?

Uesliylar Diagon hiyobonida rangpar bola aytgan sehrgarlar oilasidan ekanligi aniq.

Aytishlaricha, Mugllar bilan yashanmishsan. Qanaqa ular o`zi?

− Juda yomon… hammasi emas albatta. Mening xolam, pochcham, xolavachcham shunaqa edi. Meniyam uchta sehrgar akam bo`lsaydi.

− Beshta − dedi Ron. Negadir u juda g`amgin tortdi − Men oilada oltinchi bo`lib Hogvardsga boryapman. Nimaga intilish bordir deb o`ylarsan menda. Bill va Charli allaqachon ketishgan… Bill to`ng`ich o`g`il, Charli Kviddich jamoasi kapitani bo`lgan. Endi Persi sardor bo`ldi. Fred bilan Jorj ko`p ishkal chiqarishadi, lekin baxolari a`lo, hamma ularni quvnoq deb biladi. Hamma meni akalaridek bo`ladi deb o`ylaydi, agar uddalasam ham bu katta ish emas-da, chunki ular bularni birinchi bo`lib qilishgan. Beshta akang bo`lsa hech qachon yangi narsa tegmaydi. Robesim ham Billning eskisi, sehrli tayoqcha ham Charlidan qolgan, kalamush Persiniki

Shunday deya Ron jaketi ichidan uxlab qolgan, kulrang, semiz kalamushni chiqardi.

− Uning laqabi Skabbers, umuman foydasiz, zorg`a uyg`onadi. Persi sardor bo`lgani chun otam unga boyqush berdi, shundan keyin ortiqcha chiqim… Menga Skabbersni berib qo`yishdi.

Ronning qulog`i biroz qizardi. U ko`p gapirib yubordim deb o`yladi shekilli, tag`in derazaga qadaldi.

Boyqush sotib olishga qurbi yetmaslikning uyatli joyi yo`q deb o`yladi Garri o`zicha. Butun hayotining ohirgi bir oygacha umuman qo`liga pul ushlamagan, Ronga ham shunday dedi, o`zi ham Dudlining eski-tuskisini kiyib, hech bir tug`ilgan kunida tayinli sovg`a olmagan-ku. Bular Ronnng ko`nglini biroz ko`tardi.

− … Hagrid aytmaguncha, sehrgarligimdan, ota-onamning kimligidan, Voldemortdan umuman bexabar edim.

Ron yarq etib Garriga qaradi.

− Nima? − ajablandi Garri

− Sen o`zingiz bilasiz kimning ismini aytding! − ham hayratlanib ham ta`sirlanib gabirardi Ron − Men seni, hamma odamlarni…

− Uning ismini aytib o`zimni jasur ko`rsatmoqchimasman, aslo. − dedi Garri − Aytmasligim kerakligini hech qachon bimaganman-da. Nima demochiligimni tushundingmi? Ko`p narsa o`rganishim kerak hali …… Garov bog`laymizmi, − u ancha paydan beri qo`rqayotgan narsani ilk bor birovga aytayotgndi − garov bog`laymizmi, men sinfdagi eng qoloq talaba bo`laman.

− Hechamda! Mugl oiladan chiqqan ko`plab talabalar bor, ular juda tez o`rganib ketishadi.

Gapplashib ketisharkan poyezd ularni Londondan olib chiqardi. Endi ular qo`y-qo`zilar o`tlab yurgan dalalardan o`tishayotgandi. Biroz jimib qolishdi, dalalar-u, so`qmoqlarga ko`z qadashdi.

Soat o`n ikki yarimlarda yo`lakda kulgichli, quvnoqqina ayol:

− Aravachadan biror narsa istaysizmi, bolajonlar − deb o`tib qoldi.

Nonushta qilmagan Garri birdaniga oyioqqa turdi. Ron tag`in quloqlari qizarib, yo`lga sendvich olganini aytib ming`irladi. Garri yo`lakka chiqdi.

Dursleylar bilan yashaganda shirinlikka umuman puli bo`lmasdi, endi esa cho`ntagi to`la oltin-u kumushlar, quchog`iga siqqancha Mars Bars oladi hozir − lekin ayolda Mars Bars yo`q ekan. Unda Berti Botning mazali yong`oqlari, Drublisning eng zo`r saqichi, shokaladli qurbaqalar, qovoqchalar, pirojniylar, Lakrik sehrli tayoqchalar va yana Garri nomini ilgari umuman eshitmagan shirinliklar bor ekan. Hech narsani qoldirishni istamay, hammasidan oz-ozdan olib, ayolga o`n bir kumush sikl va besh bronza nut to`ladi.

Garri kupega qaytib hamma-hamma shirinliklarni bo`sh o`rindiqqa ag`dararkan Ron hayratdan angrayib qoldi.

− Ochmisan?

− Ha, o`lguday ochman − dedi Garri qovoqchani katta tishlarkan

Ron semiz o`ramni yechdi. Ichida to`rtta sendvich bor edi. Bittasini olarkan:

− Doim dudlangan go`shtni yomon korishimni unitadilar − dedi norozi ohangda.

Mana bulardan ol, − dedi Garri qovoqchani uzatarkan − olsangchi…

− Senga dudlangan go`sht yoqmaydi-da, shunaqa quruqki! − dedi Ron − onamnimning vaqti kam − qo`shib qo`ydi u − beshtamizku.

− Qani, qovoqchadan ol − dedi Garri, u umrida biror narsa ulashmagan, balki ulashadigan odami bo`lmagan desak to`g`ri bo`lar. Ron bilan o`tirib shirinliklarini yeyish ajoyib kechinma edi (sendvichlar sedan ham chiqib ketdi)

− Bular nima? − dedi Garri Shokolad qurbaqalardan bir o`ram ushlab − Ular tirik emas-a? − uni hech narsa endi hayron qoldira olamasligini seza boshladi.

− Yo`q − dedi Ron − lekin kartasi qanaqaligini ko`rchi, menga Agrippa yetishmayapti

− Nima?

− Ha-ya, bilmaysan-ku, Shokolad Qurbaqalarning ichida kartalar bor, yig`ishga… mashhur jodugar-u sehrgarlarning suratlari deganday. Men besh yuztacha yiqqanman, lekin Agrippa va Ptolomey yetishmayapti-da.

Garri Shokoladli Qurbaqasini ochib kartani oldi. Unda bir kishi tasvirlangan. Yarim oy shaklidagi ko`zoynak taqqan, uzun, qirra burun, kumushrang soch-soqolli biro dam. Surat ostiga Albus Dambldor deb yozilgan.

− Albus Dambldor shu kishi ekan-da! − dedi Garri

− Dambldor haqida eshitmaganman dema, iltimos! Bitta Qurbaqa olsam maylimi? Agrippa topishim kerak… Rahmat.

Garri kartasini o`girib o`qidi:



Download 39,01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish