Garov to'G'risidagi o'zbekiston respublikasi qonuniga o'zgartishlar va qo'shimchalar kiritish haqida


O'zbekiston Respublikasining Prezidenti



Download 82 Kb.
bet2/2
Sana11.01.2017
Hajmi82 Kb.
#67
1   2
O'zbekiston Respublikasining Prezidenti 
I. KARIMOV

O'ZBEKISTON RESPUBLIKASINING QONUNI

GAROV TO'G'RISIDA

(yangi tahriri)

I. UMUMIY QOIDALAR

1-modda. Garov tushunchasi

Bir shaxsning boshqa shaxsga mol-mulkni yoki unga bo'lgan huquqni majburiyatlarni ta'minlash uchun berishi garov hisoblanadi.

Garovga ko'ra qarzdor (garovga qo'yuvchi) garov bilan ta'minlangan majburiyatni bajarmagan yoki lozim darajada bajarmagan taqdirda kreditor (garovga oluvchi) bu majburiyat bo'yicha garovga qo'yuvchi tomonidan garovga qo'yilgan mol-mulkning qiymatidan boshqa kreditorlarga qaraganda imtiyozli suratda qanoatlantirilishiga haqli bo'ladi, qonunda belgilab qo'yilgan hollar bundan mustasno.

Qonun bo'yicha haqiqiy bo'lgan har qanday majburiyatning: zayom, bank krediti, ijara, oldi-sotdi, yuklarni tashish va huquqning har qanday sub'ektlari (jismoniy va yuridik shaxslar, davlat) o'rtasidagi boshqa majburiyatlarning bajarilishi garov bilan ta'minlanishi mumkin. Majburiyat pul birliklarida (milliy valyutada yoki chet el valyutasida) ifodalangan bo'lishi lozim.

2-modda. Garov to'g'risidagi qonun hujjatlari

Garov bilan bog'liq munosabatlar ushbu Qonun va boshqa qonun hujjatlari bilan tartibga solinadi.

Qoraqalpog'iston Respublikasida garov bilan bog'liq munosabatlar Qoraqalpog'iston Respublikasi qonun hujjatlari bilan ham tartibga solinadi.

Oldingi tahrirga qarang.

Ushbu Qonunning qoidalari, agar «Ipoteka to'g'risida»gi O'zbekiston Respublikasi Qonunida boshqacha tartib belgilanmagan bo'lsa, ipoteka bilan bog'liq munosabatlarga nisbatan qo'llaniladi.

(2-modda O'zbekiston Respublikasining 2007 yil 5 apreldagi O'RQ-83-sonli Qonuni asosida uchinchi qism bilan to'ldirilgan — O'R QHT, 2007 y., 14-son, 132-modda)

Agar O'zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida O'zbekiston Respublikasining garov to'g'risidagi qonun hujjatlaridagidan boshqacha qoidalar belgilangan bo'lsa, u holda xalqaro shartnoma qoidalari qo'llaniladi.

3-modda. Garovning vujudga kelish asoslari

Garov shartnoma yoki qonunlarga ko'ra vujudga keladi.

Garovning vujudga kelishini nazarda tutuvchi qonunda qanday majburiyatga ko'ra va aynan qaysi mol-mulk garovda turgan deb e'tirof etilishi lozimligi ko'rsatilgan bo'lishi lozim.

4-modda. Garov turlari

Garov zakalat, ipoteka, shuningdek huquq garovi tarzida amal qilishi mumkin.

5-modda. Garov narsasi

Har qanday mol-mulk, shu jumladan ashyolar va mulkiy huquqlar (talablar) garov narsasi bo'lishi mumkin, muomaladan chiqarilgan mol-mulk, kreditorning shaxsi bilan uzviy bog'liq bo'lgan talablar, xususan hayoti yoki sog'lig'iga etkazilgan zararni qoplash to'g'risidagi talablar, alimentlar to'g'risidagi talablar hamda boshqa shaxsga berilishi qonun bilan man etilgan boshqa talablar bundan mustasno.

Garov to'g'risidagi shartnomada, qonun asosida vujudga keladigan garovga nisbatan esa qonunda garovga qo'yuvchi kelgusida qo'lga kiritadigan ashyolar va mulkiy huquqlar garovi nazarda tutilishi mumkin.

Agar shartnomada yoki qonun hujjatlarida boshqacha tartib nazarda tutilmagan bo'lsa, mol-mulkka nisbatan garov huquqi mol-mulkning narsalarini va tarkibiy samarasini ham o'z ichiga oladi. Garovga qo'yilgan mol-mulkdan foydalanish natijasida olingan samara, mahsulot va daromadlarga nisbatan garov huquqi shartnomada nazarda tutilgan hollarda tatbiq etiladi.

Tarixiy, madaniy yoki o'zgacha qimmatbaholigi tufayli yoxud davlat xavfsizligi nuqtai nazaridan garov qo'llanilishi mumkin bo'lmagan ob'ektlar ro'yxati O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilab qo'yiladi.

Undiruv qaratilishi mumkin bo'lmagan fuqarolarning ayrim turdagi mol-mulkini garovga qo'yish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda man etilishi yoki cheklanishi mumkin.

O'zbekiston Respublikasining «Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to'g'risida»gi Qonunining 52-moddasiga muvofiq ijro hujjatlari ijro etilayotganda jismoniy shaxslarga nisbatan undiruv qarzdorning oilasi normal turmush kechirishi uchun zarur bo'lgan uy-joy, kvartira, uy anjomlari hamda jihozlari, kiyimlar va boshqa buyumlarga qaratilishi mumkin emas, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.

6-modda. Garov bilan ta'minlanadigan talablar

Agar shartnomada yoki qonun hujjatlarida boshqacha tartib nazarda tutilmagan bo'lsa, garov talabning amalda qondirish paytidagi hajmini ta'minlaydi, xususan foizlar, neustoyka, ijroni kechiktirib yuborish natijasida etkazilgan zarar to'lanishini, shuningdek garovga oluvchining garovga qo'yilgan ashyoni saqlashga qilgan zarur xarajatlari va undiruv xarajatlari to'lanishini ta'minlaydi.

Garov kelgusida paydo bo'luvchi talablarga nisbatan ham, basharti tomonlar bunday talablarning garov bilan ta'minlanish miqdori to'g'risida kelishib olsalar, belgilanishi mumkin.

7-modda. Bir nechta shaxsga birgalikda qarashli bo'lgan mol-mulk yoki huquqlar garovi

Oldingi tahrirga qarang.

Birgalikdagi umumiy mulk bo'lgan mol-mulk faqat barcha mulkdorlarning yozma roziligi bilan garovga berilishi mumkin.

(7-moddaning birinchi qismi O'zbekiston Respublikasining 2001 yil 7 dekabrdagi 320-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2002 y., 1-son, 20-modda)

Bir nechta shaxsga birgalikda qarashli bo'lgan huquq uning barcha egalari roziligi bilangina garovga qo'yilishi mumkin.

Mulkdorning umumiy ulushli mulkdagi o'z ulushini garovga qo'yishi qolgan mulkdorlarning rozilik berishini talab qilmaydi.

8-modda. Garovga qo'yuvchi va garovga oluvchi

Yuridik yoki jismoniy shaxslar garovga qo'yuvchi yoki garovga oluvchi bo'lishlari mumkin.

Qarzdorning o'zi ham, uchinchi shaxs ham garovga qo'yuvchi bo'lishi mumkin.

Ashyoning mulkdori ashyoni garovga qo'yuvchi bo'lishi mumkin, garovga qo'yiladigan huquqning egasi bo'lgan shaxs huquqni garovga qo'yuvchi bo'lishi mumkin.

Agar qonunda yoki shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilmagan bo'lsa, mulkdorning roziligisiz ashyoviy huquqni garovga qo'yishga yo'l qo'yilmaydi.

Oldingi tahrirga qarang.

Agar tasarrufdan chiqarilganda boshqa shaxs yoki organning roziligi yoki ruxsatini olish talab etiladigan mol-mulk ipoteka narsasi bo'lsa, bunday mol-mulk ipotekasi uchun ham shunday rozilik yoki ruxsat olish zarur.

Davlat mulkida bo'lgan va hech kimga xo'jalik yuritish huquqida biriktirilmagan ko'chmas mulk garovi to'g'risidagi qaror O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan qabul qilinadi.

(8-modda O'zbekiston Respublikasining 2001 yil 7 dekabrdagi 320-II-son Qonuniga muvofiq beshinchi va oltinchi qismlar bilan to'ldirilgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2002 y., 1-son, 20-modda)

Mol-mulk to'liq xo'jalik yuritish huquqi bilan birkitib qo'yilgan korxona, shu mol-mulk egasining yoki u vakolat bergan organning roziligi bilan umuman korxonaning, mulkiy majmualar sifatida uning tuzilmalari va bo'linmalarining, shuningdek alohida binolar va inshootlarning garovini amalga oshiradi.

O'ziga birkitib qo'yilgan mol-mulkni bevosita idora qilish huquqiga ega bo'lgan muassasa (tashkilot) o'ziga ruxsat etilgan xo'jalik faoliyatidan olingan daromadlar hisobiga orttirilgan ashyolar yoki huquqlarni garovga berishga haqlidir.

Mulk huquqining keyinchalik boshqa mulkdorga o'tishi to'liq xo'jalik tasarrufi yoki bevosita boshqaruvi ostidagi mol-mulk garoviga daxl qilmaydi.

Ijarachi ijara shartnomasida nazarda tutilgan hollardagina ijaraga beruvchining roziligisiz o'zining ijaraga oid huquqlarini garovga o'tkazishga haqlidir.

Boshqa davlatlarning yuridik va jismoniy shaxslari, shuningdek fuqaroligi bo'lmagan shaxslar, qonun hujjatlarida boshqacha tartib nazarda tutilmagan bo'lsa, garovga oid munosabatlarda O'zbekiston Respublikasining yuridik va jismoniy shaxslari bilan ayni bir xil huquqlardan foydalanadilar hamda ayni bir xil majburiyatlarga ega bo'ladilar.

9-modda. Garov huquqining vujudga kelishi

Garov huquqi garov to'g'risida shartnoma tuzilgan paytdan yoxud, basharti shartnoma notarial tasdiqlanishi shart bo'lsa notarial tasdiqlangan paytdan, shartnoma ro'yxatdan o'tkazilishi shart bo'lganida esa u ro'yxatdan o'tkazilgan paytdan boshlab vujudga keladi.

Agar shartnomaga yoki qonun hujjatlariga muvofiq garov narsasi garovga oluvchida turishi lozim bo'lsa, garov huquqi unga garov narsasi berilgan paytda, agar garov narsasi shartnoma imzolangunga qadar berilgan bo'lsa, shartnoma imzolangan paytda vujudga keladi.

Garov narsasi bo'lgan mol-mulk qonunda belgilangan asosda va tartibda majburiy olib qo'yilgan hollarda, agar buning evaziga garovga qo'yuvchiga boshqa mol-mulk berilgan bo'lsa, garov huquqi shu mol-mulkka nisbatan tatbiq etiladi.

Mol-mulk qisqa muddatli (olti oyga qadar) kreditga sotilgan taqdirda, garov huquqi sotib oluvchi va mol-mulk savdosining ana shu turini amalga oshirish o'z faoliyati doirasiga kiradigan sotuvchi o'rtasida shartnoma tuzilgan paytdan vujudga keladi.

10-modda. Garov to'g'risidagi shartnomaning mazmuni

Garov to'g'risidagi shartnomada tomonlarning nomi, joylashgan manzili (yashash joyi), garov turi, garov narsasi va uning bahosi, mohiyati, miqdori va garov bilan ta'minlanadigan majburiyatning bajarilish muddati, garovga qo'yilgan mol-mulkning ro'yxati, shuningdek tomonlarning kelishuviga erishilgan boshqa ma'lumotlar ko'rsatilgan bo'lishi zarur. Unda garovga qo'yilgan mol-mulk tomonlarning qaysi birida ekanligi ham ko'rsatilishi shart.

Oldingi tahrirga qarang.

Garov narsasini baholash garovga qo'yuvchi bilan garovga oluvchi o'rtasidagi kelishuvga ko'ra yoki baholash faoliyati to'g'risidagi qonun hujjatlari talablariga muvofiq garov narsasini baholashdan o'tkazish orqali amalga oshiriladi.

Batafsil ma'lumot uchun O'zbekiston Respublikasining «Baholash faoliyati to'g'risida»gi Qonuniga qarang.

(10-modda ikkinchi, uchinchi va to'rtinchi qismlari O'zbekiston Respublikasining 2007 yil 5 apreldagi O'RQ-83-sonli Qonuni bilan yangi tahrirda ikkinchi qism bilan almashtirildi — O'R QHT, 2007 y., 14-son, 132-modda)

11-modda. Garov to'g'risidagi shartnomaning shakli va uni ro'yxatdan o'tkazish

Garov to'g'risidagi shartnoma yozma shaklda tuzilishi kerak.

Ipoteka to'g'risidagi shartnoma, shuningdek notarial tasdiqlanishi kerak bo'lgan shartnomaga muvofiq olinadigan majburiyatlarni ta'minlash yuzasidan ko'char mol-mulkni yoki mol-mulkka bo'lgan huquqlarni garovga qo'yish to'g'risidagi shartnoma notarial tasdiqlanishi shart.

Ipoteka to'g'risidagi shartnoma tegishli mol-mulk haqida tuziladigan bitimlarni ro'yxatdan o'tkazish uchun belgilangan tartibda ro'yxatdan o'tkazilishi kerak.

Batafsil ma'lumot uchun O'zbekiston Respublikasining «Ipoteka to'g'risida»gi Qonunining 2-bobi («Ipoteka to'g'risidagi shartnoma. Ipotekani davlat ro'yxatidan o'tkazish»), O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997 yil 2 iyundagi 278-sonli qarori, shuningdek «Bino va inshootlarni davlat ro'yxatidan o'tkazish tartibi to'g'risida»gi Yo'riqnoma (ro'yxat raqami 387, 07.01.1998 y.) va «Ipotekani davlat ro'yxatidan o'tkazish tartibi to'g'risida»gi Muvaqqat yo'riqnomaga (ro'yxat raqami 1798, 25.04.2008 y.). qarang.

Ushbu moddaning qoidalariga rioya qilmaslik garov to'g'risidagi shartnomaning haqiqiy emasligini keltirib chiqaradi.

12-modda. Garov narsasini sug'urta qilish

Agar qonunda yoki shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilmagan bo'lsa, garovga qo'yuvchi yoki garovga oluvchi qo'yilgan mol-mulk kimdaligiga qarab:

1) garovga qo'yilgan mol-mulk yo'qolishi yoki shikastlanishi xavfidan uning to'la qiymati bo'yicha, bordi-yu mol-mulkning to'la qiymati garov bilan ta'minlangan talabning miqdoridan oshib ketsa, talab miqdoridan kam bo'lmagan summaga garovga qo'yuvchi hisobidan sug'urtalashi;

2) garovga qo'yilgan mol-mulkning asralishini ta'minlash uchun, shu jumladan uni uchinchi shaxslarning tajovuzlari va talablaridan himoya qilish uchun zarur choralarni ko'rishi;

3) garovga qo'yilgan mol-mulk yo'qolishi yoki uning shikastlanishi xavfi paydo bo'lganligi to'g'risida ikkinchi tomonni darhol ogohlantirishi shart.

Shartnoma yoki qonun hujjatlari bilan garovga qo'yuvchi zimmasiga davlat boshqaruv organlari tomonidan uning xo'jalik faoliyatini to'xtatib qo'yuvchi yoxud unga xalaqit beruvchi yoki unga salbiy ta'sir etuvchi xatti-harakatlar sodir etilishi va hujjatlar qabul qilinishi (mol-mulkni musodara, rekvizitsiya qilish), shuningdek tugatilishi yoki xo'jalik sub'ekti to'lov qobiliyatini yo'qotgan deb e'tirof etilishi hollarida sug'urta qilish majburiyati yuklanishi mumkin.

Garovga qo'yilgan mol-mulk sug'urta qilinganda garov bilan ta'minlangan majburiyat summasidan ortiq bo'lmagan summada sug'urta tovonini oluvchi — garovga oluvchi hisoblanadi. Garovga qo'yuvchi sug'urta tovonining qolgan summasini oladi.

Sug'urta hollari sodir bo'lganda garovga oluvchi o'z talablari sug'urta tovoni summasidan imtiyozli qondirilishi huquqiga ega bo'ladi.

13-modda. Garov narsasini almashtirish va tiklash

Garov narsasini almashtirishga, agar qonunda yoki shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilmagan bo'lsa, garovga oluvchining roziligi bilan yo'l qo'yiladi.

Agar garov narsasi nobud bo'lgan yoki shikastlangan yoxud unga bo'lgan mulk huquqi yo xo'jalik yuritish huquqi qonunda belgilangan asoslarga ko'ra bekor qilingan bo'lsa, garovga qo'yuvchi oqilona muddatda (nizo chiqqan taqdirda esa sud belgilagan muddatda) garov narsasini tiklashga yoki shartnomada boshqacha tartib belgilangan bo'lmasa, uni teng qiymatli boshqa mol-mulk bilan almashtirishga haqli.

14-modda. Garov narsasining tasodifan nobud bo'lish xavfi

Agar garov to'g'risidagi shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilmagan bo'lsa, garovga qo'yuvchi garovga qo'yilgan mol-mulkning tasodifan nobud bo'lishi yoki tasodifan shikastlanishi xavfini o'z zimmasiga oladi.

Oldingi tahrirga qarang.

Garovga oluvchi o'ziga topshirilgan garov narsasi to'liq yoki qisman nobud bo'lganligi yoki shikastlanganligi uchun, agar O'zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi 333-moddasiga muvofiq javobgarlikdan ozod etilishi mumkinligini isbotlay olmasa, javob beradi.

Garovga oluvchi nobud bo'lgan garov narsasi uchun uning haqiqiy qiymati miqdorida, garov narsasi shikastlanganligi uchun esa garov narsasi garovga oluvchiga topshirilayotganda baholangan summaga qarab qiymat qancha summaga kamaygan bo'lsa, shuncha summa miqdorida javob beradi.

Agar garov narsasi shikastlanish natijasida belgilangan maqsad bo'yicha foydalanib bo'lmaydigan darajada o'zgargan bo'lsa, garovga qo'yuvchi undan voz kechishga hamda uning nobud bo'lganligi uchun tovon to'lanishini talab qilishga haqli, u bilan garovga oluvchi o'rtasida nobud bo'lgan yoki shikastlangan mol-mulkni tiklash yoki almashtirish to'g'risida yozma ravishda bitim tuzilgan hamda garovga oluvchi bu bitimning shartlarini lozim darajada bajarayotgan hollar bundan mustasno.

Shartnomada garovga oluvchining garov narsasi nobud bo'lganligi yoki shikastlanganligi oqibatida garovga qo'yuvchiga etkazilgan boshqa zararni ham to'lash majburiyati nazarda tutilishi mumkin.

Garov bilan ta'minlangan majburiyat bo'yicha qarzdor garovga qo'yuvchi garov narsasi nobud bo'lganligi yoki shikastlanganligi oqibatida etkazilgan zararni to'lash to'g'risida garovga oluvchiga qo'ygan talabni garov bilan ta'minlangan majburiyatlarni qoplash uchun hisobga olishga haqli.

(14-modda O'zbekiston Respublikasining 2001 yil 7 dekabrdagi 320-II-son Qonuniga muvofiq qismlar bilan to'ldirilgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2002 y., 1-son, 20-modda)

15-modda. Navbatdagi garov

Garovda turgan mol-mulkni garovga qo'yuvchi tomonidan boshqa shaxsga (garovga oluvchiga) boshqa talablarni bajarish uchun berish navbatdagi garov hisoblanadi.

Agar garov to'g'risidagi oldingi shartnomalarda navbatdagi garov taqiqlab qo'yilgan bo'lmasa, navbatdagi garovga yo'l qo'yiladi.

Navbatdagi garovga oluvchining talabi bu mol-mulkning qiymatidan avvalgi garovga oluvchilarning talablaridan keyin qanoatlantiriladi.

Garovga qo'yuvchi garovga oluvchilarning har biriga mazkur mol-mulkning barcha mavjud garovlari to'g'risida, shuningdek bu garovlar bilan ta'minlangan majburiyatlarning miqdori haqida ma'lum qilishi shart va ushbu majburiyatni bajarmaslik tufayli garovga oluvchilarga etkazilgan zarar uchun javob beradi.

16-modda. Garovga qo'yilgan mol-mulkka bo'lgan huquqlar boshqa shaxsga o'tganida garovning saqlanishi

Garovga qo'yilgan mol-mulkka bo'lgan mulk huquqi yoki uni xo'jalik yuritish huquqi mol-mulkni haq olib yoki haq olmasdan boshqa shaxsga berish natijasida yoxud har tomonlama huquqiy vorislik tartibida garovga qo'yuvchidan boshqa shaxsga o'tgan taqdirda garov huquqi o'z kuchida qoladi.

Agar garovga oluvchi bilan kelishuvda boshqacha tartib belgilangan bo'lmasa, garovga qo'yuvchining huquqiy vorisi garovga qo'yuvchining o'rniga o'tadi va uning hamma majburiyatlarini bajaradi.

Agar garovga qo'yuvchining garov narsasi bo'lgan mol-mulki huquqiy vorislik tartibida bir necha shaxsga o'tgan bo'lsa, huquqiy vorislarning (mol-mulkni oluvchilarning) har biri garov bilan ta'minlangan majburiyatni bajarmaslikning garovdan kelib chiqadigan oqibatlariga mazkur mol-mulkning o'ziga o'tgan qismiga mutanosib ravishda javob beradi. Agar garov narsasi bo'linmasa yoki boshqa asoslarga ko'ra huquqiy vorislarning umumiy mulki bo'lib qolsa, ular solidar garovga qo'yuvchilarga aylanadilar.

17-modda. Garov to'g'risidagi shartnoma bo'yicha huquqlardan boshqa shaxs foydasiga voz kechish

Garovga oluvchi talabidan boshqa shaxs foydasiga voz kechish yo'li bilan kreditorning huquqlarini boshqa shaxsga o'tkazish haqidagi qoidalarga rioya qilgan holda garov to'g'risidagi shartnoma bo'yicha o'z huquqlarini qonun hujjatlariga muvofiq boshqa shaxsga o'tkazishga haqli.

Batafsil ma'lumot uchun O'zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 313—321-moddalariga qarang.

Garovga oluvchining garov to'g'risidagi shartnoma bo'yicha o'z huquqlaridan boshqa shaxs foydasiga voz kechishi, agar garov bilan ta'minlangan asosiy majburiyat bo'yicha qarzdordan talab qilish huquqidan ham o'sha shaxs foydasiga voz kechilgan bo'lsa, haqiqiy bo'ladi.

Agar boshqacha hol isbotlangan bo'lmasa, ipoteka to'g'risidagi shartnoma bo'yicha huquqlardan boshqa shaxs foydasiga voz kechish ipoteka bilan ta'minlangan majburiyat bo'yicha huquqlardan boshqa shaxs foydasiga voz kechishni ham anglatadi.

18-modda. Garov bilan ta'minlangan majburiyat bo'yicha qarzni boshqa shaxsga o'tkazish

Garov bilan ta'minlangan majburiyat bo'yicha qarz boshqa shaxsga o'tkazilishi bilan, agar garovga qo'yuvchi kreditorga yangi qarzdor uchun qonun hujjatlariga muvofiq javob berishga rozilik bergan bo'lmasa, garov bekor bo'ladi.

19-modda. Garovga oluvchining huquqlari

Agar shartnomada yoki qonunda boshqacha tartib nazarda tutilmagan bo'lsa, garovga oluvchi quyidagilarga haqli:

garov bilan ta'minlangan majburiyat bajarilmagan yoki lozim darajada bajarilmagan taqdirda, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda va shartlarda undiruvni garov narsasiga qaratish;

garov to'g'risidagi shartnoma bo'yicha o'z huquqlarini boshqa shaxsga o'tkazish;

garovga qo'yilgan mol-mulk yo'qolganligi va shikastlanganligi uchun u kimning foydasiga sug'urta qilinganidan qat'i nazar, agar yo'qolish yoki shikastlanish garovga oluvchi javob beradigan sabablarga ko'ra sodir bo'lmagan bo'lsa, o'sha asoslarga sug'urta tovonidan qanoatlanish olish;

davlat boshqaruv organlari yoki mahalliy davlat hokimiyati organlarining garovga oluvchining huquqlari buzilgan hujjatlarini haqiqiy emas deb e'tirof etish xususida sudda da'vo qo'zg'atish va hujjatlar chiqarish natijasida etkazilgan zarar qoplanishini tegishli organlardan talab qilish;

garovga qo'yuvchining garov narsasiga mulk huquqi ushbu Qonunga muvofiq tugatilgan taqdirda, o'z talabini garovga qo'yuvchiga berilishi lozim bo'lgan summadan imtiyozli qanoatlantirish;

qarzdor garov bilan ta'minlangan majburiyatning bir qismini bajargan taqdirda, garovdagi barcha mol-mulk uchun huquqini saqlab qolish;

qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda, garov bilan ta'minlangan majburiyatning muddatidan oldin bajarilishini talab qilish yoki undiruvni garov narsasiga qaratish;

Batafsil ma'lumot uchun O'zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 282-moddasiga qarang.

garovga qo'yuvchi ushbu Qonunning 15-moddasida nazarda tutilgan majburiyatlarni bajarmaganligi oqibatida etkazilgan zarar qoplanishini talab qilish.

Zakalat qo'yilganda, garovga oluvchi ushbu moddaning birinchi qismida ko'rsatilgan huquqlardan tashqari quyidagilarga haqli:

o'ziga berilgan garov narsasidan shartnomada nazarda tutilgan hollardagina, garovga qo'yuvchiga foydalanishga doir muntazam hisobot taqdim etgan holda foydalanish;

ashyoni majburiyat to'liq bajarilgunga qadar ushlab turish;

garovdagi mol-mulkni o'zganing noqonuniy egaligidan, shu jumladan garovga qo'yuvchining egaligidan talab qilib olish.

Garovdagi mol-mulkni garovga qo'yuvchida qoldirgan holdagi garovda, ipotekada, ushbu moddaning birinchi qismida ko'rsatilgan huquqlardan tashqari, garovga oluvchi quyidagilarga haqli:

garov narsasining hujjatlar bo'yicha amalda mavjudligini, miqdori, holati va saqlanish sharoitini tekshirish;

ushbu Qonunning 12-moddasi birinchi qismida nazarda tutilgan majburiyatlar bajarilishini garovga qo'yuvchidan talab qilish;

garovga qo'yilgan mol-mulkka nisbatan qilinayotgan, uning yo'qotilishi yoki shikastlanishi xavfini tug'dirayotgan tajovuzlar to'xtatilishini, ular kim tomonidan sodir etilayotganidan qat'i nazar, talab qilish;

garovga qo'yuvchi garov narsasini sug'urta qilish bo'yicha majburiyatini buzgan taqdirda, garov narsasini o'z hisobidan, ammo garovga qo'yuvchining manfaatlarini ko'zlab, sug'urta xarajatlarini undan undirib olgan holda sug'urta qilish.

Muomaladagi tovarlar garovida, ushbu moddaning birinchi va uchinchi qismlarida ko'rsatilgan huquqlardan tashqari, garovga qo'yuvchi garov shartlarini buzgan taqdirda, garovga oluvchi bu shart buzilish tuzatilgunga qadar garovdagi tovarlarga o'z belgilari va muhrlarini bosish orqali muomaladagi tovarlar bilan operatsiyalarni to'xtatib turishga haqli.

Mulkiy huquqlar garovida ushbu moddaning birinchi qismida ko'rsatilgan huquqlardan tashqari garovga oluvchi quyidagilarga haqli:

garov bilan ta'minlangan majburiyatni bajarish muddati boshlanishidan qat'i nazar, agar garovga qo'yuvchi ushbu Qonunda nazarda tutilgan majburiyatlarni buzgan bo'lsa, garovdagi huquqning o'ziga o'tkazilishini sud tartibida talab qilish;

garovga qo'yilgan huquq to'g'risidagi masala ko'rib chiqiladigan sud ishiga uchinchi shaxs sifatida qo'shilish;

ushbu Qonunda nazarda tutilgan majburiyatlarni garovga qo'yuvchi buzgan taqdirda, garovga qo'yilgan huquqni uchinchi shaxslar buzishidan himoya qilish uchun mustaqil choralar ko'rish;

garovga qo'yuvchi navbatdagi garov to'g'risidagi qoidalarni buzgan va u ushbu Qonunda nazarda tutilgan majburiyatlarni bajarmagan hollarda, garov bilan ta'minlangan majburiyat muddatidan oldin bajarilishini talab qilish, agar uning talabi qondirilmasa, undiruvni garov narsasiga qaratish.

Garov narsasi tomonlardan qaysi birida (garovga oluvchida yoki garovga qo'yuvchida)turgan bo'lishidan qat'i nazar, garovga oluvchi ushbu Qonun, 26-moddasining to'rtinchi qismi, 28-moddasining beshinchi qismi va 29-moddasining birinchi va ikkinchi qismlarida nazarda tutilgan huquqlardan foydalanadi.

20-modda. Garovga oluvchining majburiyatlari

Agar shartnomada yoki qonunda boshqacha tartib nazarda tutilmagan bo'lsa, garovga oluvchi:

ushbu Qonun 12-moddasining birinchi qismida nazarda tutilgan majburiyatlarni bajarishi;

garov bilan ta'minlangan majburiyat bajarilishi tufayli garov bekor bo'lganda yoxud majburiyatlar o'zi tomonidan garovdagi mol-mulkning yo'qolishi yoki shikastlanishi xavfini tug'diradigan tarzda qo'pol buzilganda garovga qo'yuvchining talabiga binoan garovdagi mol-mulkni garovga qo'yuvchiga zudlik bilan qaytarib berishi;

o'z aybi bo'lgan taqdirda, garov narsasi to'liq yoki qisman yo'qolgani yoki shikastlangani tufayli etkazilgan zararni garovga qo'yuvchiga ushbu Qonunning 34-moddasi ikkinchi qismida ko'rsatilgan miqdorda qoplashi shart.

Shartnomada nazarda tutilgan hollarda garovga oluvchi:

asosiy majburiyatni bajarish maqsadida yoki garovga qo'yuvchi manfaatlarini ko'zlab garov narsasidan samara va daromadlar chiqarib olishi;

garovga qo'yuvchi hisobidan garovga egalik qilish bilan bog'liq soliqlar va yig'imlar to'lashi shart.

Qarzdor garov bilan ta'minlangan majburiyatni bajargan taqdirda, garovga oluvchi garov to'g'risidagi shartnomani ro'yxatdan o'tkazishni amalga oshiruvchi organga reestrga tegishli o'zgartishlarni kiritish uchun zarur bo'lgan hujjatlarni taqdim etishi shart. Garovga oluvchi ko'rsatilgan talabni buzgani taqdirda, garovga qo'yuvchi undan bu majburiyatni bajarmaslik tufayli o'ziga etkazilgan zararni to'liq hajmda qoplashni talab qilishga haqli.

21-modda. Garovga qo'yuvchining huquqlari

Agar shartnomada yoki qonunda boshqacha tartib nazarda tutilmagan bo'lsa, garovga qo'yuvchi quyidagilarga haqli:

garov bilan ta'minlangan majburiyatni ushbu Qonunda belgilangan tartibda muddatidan oldin bajarish;

garovga oluvchining roziligi bilan garov narsasini almashtirish;

ushbu Qonunning 13-moddasi ikkinchi qismida nazarda tutilgan hollarda garov narsasini oqilona muddatda tiklash va uni boshqa teng qimmatli mol-mulkka almashtirish;

ushbu Qonunning 26-moddasiga muvofiq undiruv qaratilgan garov narsasi sotilgunga yoki garovga qo'yilgan mulkiy huquqlar realizatsiya qilingunga qadar istalgan vaqtda garov bilan ta'minlangan majburiyatni yoki uning bajarilishi kechiktirilgan qismini bajarib, ularga undiruvni qaratishni to'xtatish;

garov bilan ta'minlangan majburiyat bo'yicha qarzni garovga oluvchining roziligi bilan boshqa shaxsga o'tkazish;

ushbu Qonun 12-moddasining birinchi qismida ko'rsatilgan majburiyatlar garovga oluvchi tomonidan qo'pol buzilgan taqdirda, garovning muddatidan oldin bekor qilinishini talab qilish.

Zakalat qo'yilganda, ushbu moddaning birinchi qismida ko'rsatilgan huquqlardan tashqari, garovga qo'yuvchi quyidagilarga haqli:

garov narsasi yo'qolganligi yoki shikastlanganligi tufayli etkazilgan zarar qoplanishini garovga oluvchidan talab qilish;

garov narsasi yo'qolganligi yoki shikastlanganligi tufayli etkazilgan zararni qoplash to'g'risidagi garovga oluvchiga nisbatan talablarni garov bilan ta'minlangan majburiyatni uzish hisobiga o'tkazish.

Garovdagi mol-mulkni garovga qo'yuvchida qoldirgan holdagi garovda, ipotekada, ushbu moddaning birinchi qismida ko'rsatilgan huquqlardan tashqari, garovga qo'yuvchi quyidagilarga haqli:

garov narsasidan belgilangan maqsadga muvofiq foydalanish, shu jumladan undan samara va daromadlar chiqarib olish;

garovga oluvchining roziligi bilan garov narsasini boshqa shaxsga berish, uni ijaraga yoki bepul foydalanish uchun boshqa shaxsga topshirish yoxud uni boshqacha tarzda tasarruf etish.

Garovga qo'yuvchining garovga qo'yilgan mol-mulkni vasiyat qilib qoldirish huquqini cheklaydigan kelishuv haqiqiy emas.

Muomaladagi tovarlar garovida ushbu moddaning birinchi va uchinchi qismlarida ko'rsatilgan huquqlardan tashqari, garovga qo'yuvchi tovarning umumiy qiymati garov to'g'risidagi shartnomada ko'rsatilganidan kamaymasligi sharti bilan garovga qo'yilgan tovarning tarkibi va asl shaklini o'zgartirishga haqli.

Mulkiy huquqlar garovida garovga qo'yuvchi ushbu moddaning birinchi qismida ko'rsatilgan huquqlardan foydalanadi.

22-modda. Garovga qo'yuvchining majburiyatlari

Agar shartnomada yoki qonunda boshqacha tartib nazarda tutilmagan bo'lsa, garovga qo'yuvchi:

har bir navbatdagi garovga oluvchiga garovga qo'yilgan mol-mulkning barcha mavjud garovlari to'g'risidagi ma'lumotlarni xabar qilishi;

garovga oluvchida garov bilan ta'minlangan majburiyat muddatidan oldin bajarilishini talab qilish va undiruvni garovdagi mol-mulkka qaratish huquqi vujudga kelganida garovga oluvchining talablarini qanoatlantirishi shart.

Mol-mulk garovga qo'yuvchida qoldirilgan holdagi garovda, ipotekada ushbu moddaning birinchi qismida ko'rsatilgan majburiyatlardan tashqari, garovga qo'yuvchi ushbu Qonunning 12-moddasi birinchi qismida nazarda tutilgan talablarni bajarishi shart.

Muomaladagi tovarlar garovida ushbu moddaning birinchi va ikkinchi qismlarida ko'rsatilgan majburiyatlardan tashqari, garovga qo'yuvchi garovdagi tovar bo'yicha operatsiyalarning alohida hisob-kitobini yuritishga haqli.

Mulkiy huquqlar garovida ushbu moddaning birinchi qismida ko'rsatilgan majburiyatlardan tashqari, garovga qo'yuvchi:

garovga qo'yilgan huquqning haqiqiyligini ta'minlash uchun zarur bo'lgan harakatlarni qilishi;

garovga qo'yilgan huquq bekor bo'lishiga yoki uning qiymati kamayishiga sabab bo'luvchi xatti-harakatlar qilmasligi;

garovga qo'yilgan huquqni uchinchi shaxslar tomonidan bo'ladigan tajovuzlar va talablardan himoya qilish uchun zarur bo'lgan choralarni ko'rishi;

garovga oluvchiga garovga qo'yilgan huquqda sodir bo'lgan o'zgarishlar to'g'risidagi, uning uchinchi shaxslar tomonidan buzilganligi haqidagi ma'lumotlarni xabar qilishi;

o'z qarzdorini huquqlar garovi sodir etilgani to'g'risida xabardor qilishi shart.

Oldingi tahrirga qarang.

(22-moddaning beshinchi qismi O'zbekiston Respublikasining 2007 yil 5 apreldagi O'RQ-83-sonli Qonuni bilan chiqarilgan — O'R QHT, 2007 y., 14-son, 132-modda)

Agar garovga oluvchi bilan kelishuvda boshqacha tartib belgilanmagan bo'lsa, ushbu moddaning to'rtinchi qismida nazarda tutilgan qoidalar garovga qo'yuvchining huquqiy vorislariga nisbatan garovga qo'yilgan huquqlar borasida qo'llaniladi.

23-modda. Kreditor talablarining uchinchi shaxs tomonidan qondirilishi oqibatlari

Kreditor talablarini to'liq hajmda qondirgan uchinchi shaxsga talab qilish huquqini ta'minlagan garov ham o'tadi.

24-modda. Depozitga o'tkazish yo'li bilan garov to'g'risidagi shartnomani bekor qilish

Garovga oluvchi garov bilan ta'minlangan pul majburiyati ijrosini qabul qilishdan voz kechganida tegishli pul notarial idora yoki bankning depozitiga o'tkaziladi. Agar depozitga o'tkazilgan summa qarzni to'liq qoplasa, garov to'g'risidagi shartnoma o'z kuchini yo'qotadi.

25-modda. Uchinchi shaxs (mulkiy kafil)ning garovi bilan ta'minlangan majburiyatning qarzdor tomonidan bajarilmasligi oqibatlari

Qarzdor tomonidan kreditor oldidagi majburiyat bajarilmagan taqdirda, qarzdorning majburiyatini ta'minlashga garov bergan uchinchi shaxs (mulkiy kafil) undiruvning garovga qo'yilgan narsaga qaratilishidan saqlanish maqsadida bu majburiyatni bajarishga haqlidir.

Undirish garov narsasiga uni realizatsiya qilish yo'li bilan qaratilgan taqdirda, mulkiy kafil qarzdordan uning qiymatini va ko'rilgan zararni qoplashni talab qilishi mumkin.

26-modda. Undiruvning garov narsasiga qaratilishi

Garovga oluvchining (kreditorning) talablarini qondirish uchun undiruvni qarzdor garov bilan ta'minlangan majburiyatni o'zi javobgar bo'lgan vaziyatlarda bajarmagan taqdirda yoki lozim darajada bajarmaganda garovga qo'yilgan mol-mulkka qaratishi mumkin.

Yuridik shaxs — garovga qo'yuvchi qayta tashkil etilgan yoki tugatilgan taqdirda, garovga oluvchi garov bilan ta'minlangan majburiyatni bajarish muddati boshlanishidan qat'i nazar, undiruvni garovdagi mol-mulkka qaratishga haqli.

Agar garov bilan ta'minlangan majburiyatning qarzdor tomonidan buzilishi juda arzimas bo'lsa va shu tufayli garovga oluvchi talablarining miqdori garovga qo'yilgan mol-mulkning qiymatiga aniq mos kelmasa, undiruvni garovga qo'yilgan mol-mulkka qaratishni rad etish mumkin.

Agar shartnomada yoki qonunlarda boshqacha tartib nazarda tutilmagan bo'lsa, qarzdor garov bilan ta'minlangan majburiyatning bir qismini bajargan taqdirda, garovga oluvchi garovga qo'yilgan barcha mol-mulkka bo'lgan huquqni saqlab qoladi.

Agar bir nechta ashyo yoki huquq garov narsasi bo'lsa, garovga oluvchi o'z xohishiga ko'ra ana shu barcha mol-mulk hisobiga yoki ashyolar (huquqlar)dan birortasi hisobiga talabini qondirishi mumkin, bunda u keyinchalik ham garov narsasini tashkil etuvchi boshqa ashyolar (huquqlar) hisobiga talabini qondirish imkonini saqlab qoladi.

27-modda. Undiruvni garovga qo'yilgan mol-mulkka qaratish tartibi

Garovga oluvchining (kreditorning) talablari garovga qo'yilgan ko'chmas mol-mulk qiymatidan sudning qaroriga muvofiq qondiriladi.

Oldingi tahrirga qarang.

Garovga oluvchining talabini garovga qo'yilgan ko'chmas mol-mulk hisobidan sudga murojaat qilmasdan qondirishga, agar bu garov to'g'risidagi shartnomada nazarda tutilgan bo'lsa yoxud undiruvni garov narsasiga qaratish uchun asoslar vujudga kelganidan keyin garovga oluvchining garovga qo'yuvchi bilan tuzilgan, notarial tartibda tasdiqlangan kelishuvi asosida yo'l qo'yiladi. Mazkur kelishuv tufayli huquqlari buzilgan shaxsning da'vosiga ko'ra bunday kelishuv sud tomonidan haqiqiy emas deb topilishi mumkin.

(27-moddaning ikkinchi qismi O'zbekiston Respublikasining 2007 yil 5 apreldagi O'RQ-83-sonli Qonuni tahririda — O'R QHT, 2007 y., 14-son, 132-modda)

Agar garovga qo'yuvchining garovga oluvchi bilan kelishuvida boshqacha tartib nazarda tutilmagan bo'lsa, garovga oluvchining talablari garovga qo'yilgan ko'char mol-mulk hisobidan sud qaroriga muvofiq qondiriladi. Agar qonunda boshqacha tartib belgilab qo'yilgan bo'lmasa, undiruv garovga oluvchiga topshirilgan garov narsasiga garov to'g'risidagi shartnomada belgilangan tartibda qaratilishi mumkin.

Undiruv garov narsasiga quyidagi hollarda faqat sudning qaroriga muvofiq qaratilishi mumkin:

1) garov to'g'risida shartnoma tuzish uchun boshqa shaxs yoki organning roziligi yoxud ruxsati talab qilinganida;

2) garov narsasi jamiyat uchun tarixiy, badiiy yoki o'zga madaniy ahamiyatga ega mol-mulk bo'lsa;

3) garovga qo'yuvchi yo'qolgan bo'lsa va uning turgan joyini aniqlash mumkin bo'lmasa.

28-modda. Garovga qo'yilgan mol-mulkni realizatsiya qilish

Ushbu Qonunning 26-moddasiga muvofiq undiruv qaratilgan garovdagi mol-mulkni realizatsiya qilish (sotish) qonun hujjatlarida belgilangan tartibda kim oshdi savdosida sotish orqali amalga oshiriladi.

Batafsil ma'lumot uchun O'zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 379—381-moddalariga qarang.

Garovga qo'yuvchining iltimosiga ko'ra, sud undiruvni garovga qo'yilgan mol-mulkka qaratish to'g'risidagi qarorda uni kim oshdi savdosida sotishni bir yilgacha muddatga kechiktirishga haqli. Kechiktirish ushbu mol-mulkni garovga qo'yish bilan ta'minlangan majburiyat bo'yicha tomonlarning huquq va majburiyatlariga ta'sir qilmaydi hamda qarzdorni kreditorning kechiktirish davri mobaynida ko'paygan zarari va neustoykani undirishdan ozod qilmaydi.

Garovga qo'yilgan mol-mulkning kim oshdi savdosi boshlanadigan vaqtdagi boshlang'ich sotish narxi undiruv sud tartibida mol-mulkka qaratilgan hollarda sud qarori bilan yoki boshqa hollarda garovga oluvchining garovga qo'yuvchi bilan kelishuvi natijasida belgilanadi.

Garovga qo'yilgan mol-mulk kim oshdi savdosida eng yuqori narxni taklif qilgan shaxsga sotiladi.

Agar garovga qo'yilgan mol-mulkni realizatsiya qilishdan tushgan summa garovga oluvchining talabini qoplashga etarli bo'lmasa, u, qonunda yoki shartnomada boshqacha ko'rsatma bo'lmaganida, etishmayotgan summani garovga asoslangan imtiyozdan foydalanmagan holda qarzdorning boshqa mol-mulkidan olish huquqiga ega.

Qo'shimcha ma'lumot uchun O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002 yil 4 dekabrdagi 422-son qarori bilan tasdiqlangan, Banklarning kreditlari bo'yicha qarzdorlik o'z vaqtida qaytarilmagan taqdirda undiruvni qarzdorlarning likvidli mol-mulkiga qaratish Tartibiga qarang.

Agar garovga qo'yilgan mol-mulkni realizatsiya qilishdan tushgan summa garovga oluvchining garov bilan ta'minlangan talabidan oshib ketsa, farq garovga qo'yuvchiga qaytarib beriladi.

29-modda. Amalga oshmagan kim oshdi savdosining oqibatlari

Kim oshdi savdosi amalga oshmagan deb e'lon qilinganida garovga oluvchi garovga qo'yuvchi bilan kelishib, garovga qo'yilgan mol-mulkni sotib olishga va xarid narxini garov bilan ta'minlangan o'z talablari hisobiga o'tkazishga haqli. Bunday kelishuvga nisbatan oldi-sotdi shartnomasi qoidalari qo'llaniladi.

Takroriy kim oshdi savdosi amalga oshmagan deb e'lon qilinganida garovga oluvchi garov narsasini takroriy kim oshdi savdosidagi boshlang'ich sotish narxidan ko'pi bilan o'n foiz kamaytirgan summada baholab, o'zida olib qolishga haqli.

Agar garovga oluvchi garov narsasini o'ziga olib qolish huquqidan takroriy kim oshdi savdosi amalga oshmagan deb e'lon qilingan kundan e'tiboran bir oy davomida foydalanmasa, garov shartnomasi bekor qilinadi.

30-modda. Garovga qo'yilgan mulkiy huquqlarni realizatsiya qilish

Mulkiy huquqlar garovida garov narsasini realizatsiya qilish garovga qo'yuvchining garovga qo'yilgan huquqdan kelib chiquvchi talabdan garovga oluvchi foydasiga voz kechishi orqali amalga oshiriladi.

Garovga oluvchi undiruvni garov narsasiga qaratish huquqi vujudga kelgan paytda garovga qo'yilgan huquq sud tartibida o'ziga o'tkazilishini talab qilish huquqiga ega bo'ladi.

31-modda. Garov bilan ta'minlangan majburiyatni muddatidan oldin bajarish va undiruvni garovga qo'yilgan mol-mulkka qaratish

Garovga qo'yuvchi majburiyatni muddatidan oldin bajarishga haqli, garovga oluvchi esa, agar bu qonun hujjatlarida yoki shartnomada nazarda tutilgan bo'lsa yoxud majburiyat mohiyatidan yoki ish muomalasi odatlaridan yoxud boshqa odatda qo'yiladigan talablardan kelib chiqsa, muddatidan oldingi ijroni qabul qilishi shart.

Garovga oluvchi qonunda nazarda tutilgan hollarda, garov bilan ta'minlangan majburiyat muddatidan oldin bajarilishini talab qilishga haqli.

Batafsil ma'lumot uchun O'zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 282-moddasiga qarang.

32-modda. Garovning bekor bo'lishi

Garov quyidagi hollarda bekor bo'ladi:

garov bilan ta'minlangan majburiyat bekor bo'lganida;

garovga oluvchi ushbu Qonun 12-moddasining birinchi qismida ko'rsatilgan majburiyatlarni qo'pol ravishda buzgan taqdirda garovga qo'yuvchining talabi bilan;

garovga qo'yilgan ashyo nobud bo'lganida yoki garovga qo'yilgan huquq bekor bo'lganida, agar garovga qo'yuvchi ushbu Qonun 13-moddasining ikkinchi qismida nazarda tutilgan huquqdan foydalanmagan bo'lsa;

garovga qo'yilgan mol-mulk kim oshdi savdosida sotilgan taqdirda, shuningdek ushbu Qonunning 29-moddasida nazarda tutilgan asoslar bo'yicha uni realizatsiya qilish mumkin bo'lmagan taqdirda;

garov narsasi bo'lgan mol-mulk garovga qo'yuvchidan qonunda belgilangan tartibda olib qo'yilgan taqdirda;

agar garovga qo'yuvchi kreditorga yangi qarzdor uchun javob berishga rozilik bermagan bo'lsa, garov bilan ta'minlangan majburiyat bo'yicha qarz boshqa shaxsga o'tkazilgan taqdirda;

da'vo muddati o'tganligi sababli garov bilan ta'minlangan majburiyat bo'yicha o'z talablarini qondirish kreditor uchun mumkin bo'lmay qolgan taqdirda;

Batafsil ma'lumot uchun O'zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 12-bobiga («Da'vo muddati») qarang.

garov narsasini tashkil etuvchi huquqning amal qilish muddati tugagan taqdirda;

qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa hollarda.

II. GAROVGA QO'YILGAN MOL-MULKNI GAROVGA OLUVChIGA BERIB QO'YILADIGAN GAROV (ZAKALAT)

33-modda. Zakalat tushunchasi

Garovga qo'yilgan mol-mulk garovga qo'yuvchidan garovga oluvchi ixtiyoriga beriladigan garov — zakalat deb e'tirof etiladi.

34-modda. Garovga oluvchining garovga qo'yilgan mol-mulk yo'qolgani yoki shikastlangani uchun javobgarligi

Garovga oluvchi, agar qonun hujjatlariga muvofiq javobgarlikdan ozod qilinishi mumkinligini isbotlay olmasa, o'ziga berib qo'yilgan garov narsasining to'liq yoki qisman yo'qolgani yoki shikastlangani uchun javob beradi.

Garov narsasi garovga oluvchiga topshirish chog'ida qancha summaga baholangan bo'lishidan qat'i nazar, garovga oluvchi garov narsasi yo'qolganligi uchun uning haqiqiy qiymati miqdorida, unga shikast etkazilganligi uchun esa — bu qiymat qancha summaga kamaygan bo'lsa, shuncha summa miqdorida javob beradi.

Agar garov narsasi shikastlanish natijasida undan bevosita o'z vazifasi bo'yicha foydalanish mumkin bo'lmaydigan darajada o'zgargan bo'lsa, garovga qo'yuvchi undan voz kechishga va uning yo'qolganligi uchun haq talab qilishga haqli.

Shartnomada garovga oluvchining garov narsasi yo'qolgani yoki shikastlangani tufayli etkazilgan boshqa zararlarni ham garovga qo'yuvchiga qoplash majburiyati nazarda tutilishi mumkin.

35-modda. Ashyolarning lombardda garovga qo'yilishi

Fuqarolardan shaxsiy iste'molga mo'ljallangan ko'char mol-mulkni qisqa muddatli kreditlarni ta'minlash uchun garovga qabul qilish ixtisoslashgan tashkilotlar — litsenziyasi bo'lgan lombardlar tomonidan tadbirkorlik faoliyati sifatida amalga oshirilishi mumkin.

Qo'shimcha ma'lumot uchun «Lombardlar faoliyatini litsenziyalash tartibi to'g'risida»gi Nizomga (ro'yxat raqami 1291, 10.12.2003 y.) qarang.

Lombardda ashyolarni garovga qo'yish haqidagi shartnoma lombard tomonidan garov pattasi berish yo'li bilan rasmiylashtiriladi.

Garovga qo'yilayotgan ashyolar lombardga topshiriladi.

Lombard garovga qabul qilgan ashyolarni garovga qabul qilish paytida shunga o'xshash va shunday sifatli ashyolarning narxlariga mos bahodagi to'liq summasida o'z hisobidan garovga qo'yuvchi foydasiga sug'urtalashi shart.

Lombard garovga qo'yilgan ashyolardan foydalanish va ularni tasarruf etishga haqli emas.

Lombard ashyolarning yo'qolishi yoki shikastlanishi engib bo'lmas kuch oqibatida yuz berganligini isbotlay olmasa, garovga qo'yilgan ashyolarning yo'qolganligi yoki shikastlanganligi uchun javobgar bo'ladi.

Basharti, lombardda ashyolar garovi bilan ta'minlangan kredit summasi belgilangan muddatda qaytarib berilmagan taqdirda, lombard notariusning ijro yozuvi asosida imtiyozli bir oylik muddat o'tganidan keyin garovga qo'yilgan mol-mulkni realizatsiya qilish uchun belgilab qo'yilgan tartibda ushbu mol-mulkni sotishga haqli. Shundan keyin garovga qo'yilgan mol-mulkni realizatsiya qilishdan tushgan summa talablarni to'liq qanoatlantirish uchun etarli bo'lmasa ham, lombardning garovga qo'yuvchiga (qarzdorga) talablari bekor bo'ladi. Agar qarz va boshqa xarajatlar to'langanidan keyin tushum summasining qoldig'i bo'lsa, u garovga qo'yuvchiga qaytariladi.

Lombardlar tomonidan fuqarolarga ularning ashyolarini garovga olib kredit berish qoidalari qonun hujjatlari bilan belgilanadi.

Qo'shimcha ma'lumot uchun «Lombardlar tomonidan o'z faoliyatini va operatsiyalarni amalga oshirish tartibi to'g'risida»gi Qoidalarga (ro'yxat raqami 1290, 10.12.2003 y.) qarang.

Lombardda ashyolarni garovga qo'yish to'g'risidagi shartnomaning garovga qo'yuvchining huquqlarini ushbu Qonun yoki boshqa qonunlar bilan unga berilgan huquqlarga qaraganda cheklab qo'yadigan shartlari o'z-o'zidan haqiqiy emas.

III. GAROVGA QO'YILGAN MOL-MULK GAROVGA QO'YuVChIDA QOLDIRILADIGAN GAROV. MUOMALADAGI TOVARLARNING GAROV NARSASI

36-modda. Garovga qo'yilgan mol-mulk garovga qo'yuvchida qoldiriladigan garov narsasi

Korxonalar, binolar, inshootlar, kvartiralar, transport vositalari va ushbu Qonunning 5-moddasida belgilangan boshqa garov narsalari garovga qo'yilgan mol-mulkni garovga qo'yuvchida qoldiriladigan garov narsasi bo'lishi mumkin.

Bo'laklarga ajraladigan samara, agar u ajralish chog'idan boshlab uchinchi shaxs huquqlari ob'ektiga aylanmagan taqdirda, ushbu moddaning birinchi qismida ko'rsatilgan garov narsasi bo'lishi mumkin.

Garov narsasi garovga oluvchi qulflab qo'ygan va uning muhri bosilgan holda garovga qo'yuvchida qoldirilishi mumkin.

Garov narsasi garov to'g'risida dalolat beruvchi belgilar qo'yilgan holda garovga qo'yuvchida qoldirilishi mumkin (qat'iy garov).

Garovga qo'yuvchi tomonidan uchinchi shaxsga vaqtincha egalik qilish yoki foydalanishga berib qo'yilgan garov narsasi garovga qo'yuvchida qoldirilgan hisoblanadi.

Oldingi tahrirga qarang.

(37—41-moddalar O'zbekiston Respublikasining 2007 yil 5 apreldagi O'RQ-83-sonli Qonuni bilan o'z kuchini yo'qotgan — O'R QHT, 2007 y., 14-son, 132-modda)

42-modda. Muomaladagi tovarlarning garov narsasi

Xom ashyo, yarim tayyor mahsulotlar, materiallar, tovar zaxiralari, butlovchi buyumlar, tayyor mahsulot muomaladagi tovarlarning garov narsasi bo'lishi mumkin.

Muomaladagi tovarlar garovida garov narsasi garovga qo'yuvchida qoladi.

Garovga qo'yilgan muomaladagi tovarlar qiymati pasayishiga, agar shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilmagan bo'lsa, ularning garovi bilan ta'minlangan majburiyatning bajarilgan qismiga mutanosib ravishda yo'l qo'yiladi.

Garovga qo'yuvchi tomonidan tasarrufdan chiqarilgan muomaladagi tovarlar qo'lga kirituvchining mulkiga, xo'jalik yuritishiga yoki bevosita boshqaruviga o'tgan paytdan boshlab garov narsasi deb hisoblanmaydi, garovga qo'yuvchi qo'lga kiritgan, garov to'g'risidagi shartnomada ko'rsatilgan tovarlar ularga nisbatan garovga qo'yuvchining mulk huquqi paydo bo'lgan paytdan boshlab garov narsasiga aylanadi.

IV. HUQUQLAR, QIMMATLI QOG'OZLAR GAROVI

43-modda. Huquqlar — garov narsasi sifatida

Garovga qo'yuvchiga tegishli egalik qilish va foydalanish huquqlari, shu jumladan ijarachining huquqlari, majburiyatlaridan kelib chiquvchi boshqa huquqlar (talablar) va o'zga mulkiy huquqlar garov narsasi bo'lishi mumkin.

Kreditorning shaxsi bilan uzviy bog'liq talablar, xususan hayot yoki sog'liqqa etkazilgan zararni qoplash to'g'risidagi talablar, alimentlar haqidagi va boshqa shaxs foydasiga voz kechish qonun bilan man qilingan o'zga talablar huquq garovi narsasi bo'lishi mumkin emas.

Er uchastkasiga bo'lgan huquqlarni, shuningdek o'zga tabiiy resurslarga nisbatan bo'lgan huquqlarni garovga qo'yishga qonun hujjatlarida belgilangan me'yor va shartlarda yo'l qo'yiladi.

O'zbekiston Respublikasi Er kodeksining 24-moddaciga muvofiq ijaraga berilgan er uchastkalari oldi-sotdi, garov, hadya, ayirboshlash ob'ekti bo'lishi mumkin emas. Er uchastkasini ijaraga olish huquqi kreditlar olish uchun garovga qo'yilishi mumkin.

Muddatli huquq uning amal qilish muddati tugagunga qadargina garov narsasi bo'lishi mumkin.

Garovga qo'yuvchi o'z qarzdorini amalga oshirilgan huquqlar garovidan xabardor qilishi shart. Agar shartnomada boshqacha qoida belgilanmagan bo'lsa, garovga qo'yuvchiga nisbatan qarzdor hisoblanuvchi shaxs garovga oluvchi majburiyatini bajarishi lozim.

44-modda. Qarzdorning garovga qo'yuvchi oldidagi majburiyatlarini bajarishining oqibatlari

Agar garovga qo'yuvchining qarzdori garov bilan ta'minlangan majburiyat garovga qo'yuvchi tomonidan bajarilgunga qadar o'z majburiyatini bajarsa, bunda garovga qo'yuvchi olgan barcha narsalar garov narsasiga aylanadi, basharti garov to'g'risidagi shartnomada boshqacha tartib belgilanmagan bo'lsa, garovga qo'yuvchi bu haqda garovga oluvchini darhol xabardor qilishi shart.

Agar garov to'g'risidagi shartnomada boshqacha tartib belgilanmagan bo'lsa, garovga qo'yuvchi o'z qarzdoridan majburiyatni bajarish hisobiga pul summalari olishda garovga oluvchining talabiga ko'ra garov bilan ta'minlangan majburiyatni bajarish hisobiga tegishli summalarni o'tkazishi shart.

45-modda. Qimmatli qog'ozlar garovi

Qimmatli qog'ozlar garovi to'g'risidagi shartnoma ushbu Qonunning 11-moddasida belgilangan tartibda tuziladi.

Qimmatli qog'oz bilan tasdiqlangan mulkiy huquq garovida bu qimmatli qog'oz, agar shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilmagan bo'lsa, garovga oluvchiga yoxud saqlash uchun notarial idoraga depozitga topshiriladi.

Garov narsasi hisoblanuvchi qimmatli qog'ozlardan keladigan daromadlar, agar shartnomada yoki qonunlarda boshqacha tartib nazarda tutilmagan bo'lsa, garovga qo'yuvchiga tegishli bo'ladi.

Oldingi tahrirga qarang.

(45-moddaning to'rtinchi qismi O'zbekiston Respublikasining 2009 yil 22 sentyabrdagi O'RQ-223-sonli Qonuniga asosan chiqarilgan — O'R QHT, 2009 y., 39-son, 423-modda)

V. GAROVDA TOMONLAR HUQUQLARINING KAFOLATLARI

46-modda. Garov to'g'risidagi shartnomaning o'zgarmasligi

Shartnoma tuzilganidan keyin qonun hujjatlarida garovga oluvchining va (yoki)garovga qo'yuvchining ahvolini o'zgartiruvchi normalar belgilangan holda, garov to'g'risida ilgari tuzilgan shartnomaning talablari uning butun amal qilish muddatida o'z kuchini saqlab qoladi.

47-modda. Garovga oluvchining va garovga qo'yuvchining garovga qo'yilgan mol-mulkka bo'lgan huquqlari qonunda nazarda tutilgan asoslarga binoan bekor bo'lganida garovga oluvchining manfaatlarini himoya qilish

Agar garovga qo'yuvchining garov narsasi hisoblanuvchi mol-mulkka bo'lgan mulk huquqi mol-mulkning davlat ehtiyojlari uchun olib qo'yilishi (sotib olinishi), realizatsiya qilinishi yoki davlat mulkiga aylantirilishi oqibatida qonunda belgilangan asoslarda va tartibda bekor bo'lsa, garovga qo'yuvchiga boshqa mol-mulk beriladi yoki tegishli tovon to'lanadi. Bu holda garov huquqi evaziga berilgan mol-mulkka yoxud uning tovoniga nisbatan joriy qilinadi.

Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan qoidalar davlat organining garovga qo'yilgan mol-mulkni yoki huquqlarni bevosita olib qo'yishga qaratilmagan qarori munosabati bilan, shu jumladan garovga qo'yilgan ko'chmas mulk turgan er uchastkasini olib qo'yish to'g'risidagi qaror munosabati bilan garovga qo'yilgan mol-mulkka nisbatan mulk huquqi bekor bo'lgan yoki garovga qo'yilgan huquqlar bekor bo'lgan taqdirda joriy qilinadi.

Garov narsasi hisoblangan mol-mulk garovga qo'yuvchidan amalda bu mol-mulkning mulkdori boshqa shaxs ekanligi asosida yoxud jinoyat yoki boshqa huquqbuzarlik sodir etganlik uchun qonunda belgilangan tartibda olib qo'yilganda ana shu mol-mulkka nisbatan garov bekor bo'ladi.

48-modda. Garovga oluvchining garov narsasiga bo'lgan o'z huquqlarini himoya qilishi

Agar davlat boshqaruv organi yoki mahalliy davlat hokimiyati organi qonun hujjatlariga nomuvofiq hujjat chiqarishi natijasida garov narsasiga egalik qilish, undan foydalanish va uni tasarruf etish bo'yicha garovga oluvchining huquqlari buzilsa, bunday hujjat garovga oluvchining da'vosiga binoan sud tomonidan haqiqiy emas deb topilishi mumkin.

Ushbu moddaning birinchi qismida ko'rsatilgan hujjatlarni chiqarish natijasida garovga oluvchiga etkazilgan zarar tegishli davlat boshqaruv organi yoki mahalliy davlat hokimiyati organi tomonidan to'liq hajmda qoplanishi lozim.

Garovga qo'yilgan mol-mulk o'zida turgan yoki turishi lozim bo'lgan garovga oluvchi uni o'zganing g'ayriqonuniy egaligidan, shu jumladan garovga qo'yuvchining egaligidan talab qilishga haqli.

Shartnoma shartlariga ko'ra o'ziga o'tkazilgan garov narsasidan foydalanish huquqi garovga oluvchiga berilgan holda, u boshqa shaxslardan, shu jumladan garovga qo'yuvchidan o'z huquqining har qanday buzilishlari bartaraf etilishini, bu buzilishlar egalikdan mahrum qilish bilan bog'liq bo'lmagan bo'lsa ham, talab qilishi mumkin.

VI. XALQARO MUOMALADAGI GAROV

49-modda. Garov to'g'risidagi shartnomaga nisbatan qo'llaniladigan qonun hujjatlari

Garov to'g'risidagi shartnomaning shakli, tomonlarning huquq va majburiyatlari, shartnomaning ijro etilishi va bekor qilinishi, shartnomani bajarmaslik yoki lozim darajada bajarmaslikning oqibatlari, talablardan o'zganing foydasiga voz kechish va qarzni o'tkazish, agar qonunda boshqacha tartib nazarda tutilmagan bo'lsa, tomonlarning kelishuviga ko'ra tanlangan mamlakatning qonun hujjatlari bilan tartibga solinadi.

Garov to'g'risidagi shartnomaga nisbatan qo'llanilishi lozim bo'lgan qonun hujjati to'g'risida tomonlar o'rtasida kelishuv bo'lmagan taqdirda, garovga qo'yuvchi qaysi mamlakatda ta'sis etilgan bo'lsa, o'z turar joyiga yoki asosiy faoliyat joyiga ega bo'lsa, ana shu mamlakat qonun hujjatlari qo'llaniladi.

Ko'chmas mulk garovi garov to'g'risidagi shartnomaga nisbatan qo'llanilishi lozim bo'lgan qonun hujjati to'g'risida tomonlar o'rtasida kelishuv bo'lmagan taqdirda, shu mol-mulk turgan mamlakatning qonun hujjatlari qo'llaniladi.

Ijro etish usullari va tartibi, shuningdek lozim darajada bajarilmagan taqdirda ko'rilishi kerak bo'lgan choralar borasida qo'llaniladigan qonun hujjatlaridan tashqari shartnoma ijro etilayotgan mamlakatning qonun hujjatlari ham e'tiborga olinadi.

50-modda. Garovga qo'yilgan mol-mulkni O'zbekiston Respublikasi hududidan tashqarida kim oshdi savdosida sotish

Garov to'g'risidagi tashqi savdo shartnomasida tomonlar garov to'g'risidagi shartnomani tuzishda yoki keyin kelishib olish asosida garovga qo'yilgan mol-mulkni O'zbekiston Respublikasidan tashqarida kim oshdi savdosida sotishni belgilab qo'yishga haqlidir.

Garovga qo'yilgan mol-mulkni kim oshdi savdosida sotish tartibi kim oshdi savdosi qaysi davlat hududida o'tkaziladigan bo'lsa, ana shu davlatning qonun hujjatlari bilan belgilanadi.

O'zbekiston Respublikasida joylashgan garovga qo'yilgan mol-mulk mamlakatdan tashqarida kim oshdi savdosida sotilayotganda O'zbekiston Respublikasining bojxonaga oid qonun hujjatlarida nazarda tutilgan talablar bajarilmog'i lozim.



Garov bilan bog'liq munosabatlar O'zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 264—289-moddalari bilan ham tartibga solinadi.
Download 82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish