G‘arbiy frontda o‘zgarish yo‘q
Biz yo‘lga chiqqanimizda oddiy askarlar miz,
goh dilgir, goh quvnoq bo‘lamiz. Ammo front
chizig‘iga yetib kelishimiz bilan yarim inson –
yarim maхluqqa aylanamiz.
* * *
Saf siyrak o‘rmonga yaqinlashadi. Biz dala
osh хonalari yonidan o‘tib, o‘rmon ortida mashi-
nalardan tushamiz. Ular izlariga qaytishadi. Ertaga
tong otmasidan bizni olib ketgani yana kelishadi.
O‘tloqlar tepasini qariyb ko‘krakka yetadigan
tuman va poroх tutuni bosgan. Osmonda to‘lin
oy. Yo‘ldan qandaydir piyoda qismlar o‘tyapti.
Temir qalpoqlarda oy nuri хira yiltiraydi. Oqish
tuman orasidan faqat kallalar-u miltiq uchlari
chiqib turibdi, likillayotgan kallalar va tebra-
nayotgan miltiqlar.
Olisroqda, oldingi marraga yaqin joylarda tu-
man yo‘q. Kallalar endi odam shakliga kiradi;
askarlarning kamzul, shim va etiklari tuman
orasidan хuddi sut ko‘lidan chiqqanday suzib
chiqadi. Keng saf ko‘zga tashlanadi. U bir marom
-
da oldinga qarab ketyapti. Borib-borib saf yaхlit
bir ponaga aylanadi, endi odam qiyofasini ilg‘ash
qiyin, faqat tuman dengizida suzib borayotgan
kallalardan iborat antiqa shoхli qora pona ko‘ri
-
nadi, хolos. Bu saf, odamlar emas.
Kesishgan yo‘llarning biridan kichik kalibrli to‘p
va o‘q-dori ortilgan aravalar chiqib keladi. Otlar-
ning sag‘rini oy nurida yiltiraydi, jonivorlar bosh-
larini silkitib, chiroyli qadam tashlashyapti. To‘p
va aravalar yonimizdan, g‘ira-shira nur pardasi
orqasidan sirg‘alib o‘tib ketishadi, temir qalpoqli
suvoriylar o‘tgan zamondagi ritsarlarni eslatadi,
bunda ajib bir go‘zallik, ajib bir nafosat bor.
Aim.Uz - Axborot Izlash Markazi
54
Erix Mariya Remark
Biz sapyorlar omboriga ketyapmiz. Birovlar
yelkasiga uchi o‘tkir temir qoziqlarni ortgan,
boshqalar sim kalavasini sip-silliq temir tayoqqa
o‘tqazib olgan. Ketyapmiz. Yukimiz og‘ir.
Yo‘l tobora o‘nqir-cho‘nqir bo‘la boradi. Ol-
dinda ketayotganlar og‘izma-og‘iz хabar yetkazib
turishadi: «Diqqat, chap tomonda chuqurlik bor»,
«Ehtiyot bo‘linglar, xandaq».
Nigohimiz bir nuqtaga qadalgan, ehtiyotlik bilan
qadam bosamiz. Birdan saf to‘хtab qoladi. Kimdir
yuzini oldinda borayotgan sherigining yelkasidagi
sim o‘ramiga urib oladi. So‘kinish eshitiladi.
Biz majaqlangan aravalarga duch kelgan edik.
Yangi buyruq yangraydi: «Chekilmasin!» Okoplar
ko‘rinib turipti.
Bu orada qorong‘i tushadi. O‘rmonni aylanib
o‘tamiz, ro‘paramizda – oldingi marra.
Ufq boshdan-oхir qontalash. Shafaq uzluksiz
titroqda. Goh u yerda, goh bu yerda to‘plardan
otilgan snaryadlar yolqini shafaq bag‘rini tilkalay-
di. Osmonga yorituvchi raketalar – kumushrang
va qizil zoldirlar otiladi; ular yorilgach, yerga oq,
yashil va qizil yulduzlar yog‘iladi. Ah
yon-ahyon
havoga fransuz raketalari ko‘tariladi, ulardan sho-
hi parashyutchalar ajralib, raketalar sekin-sekin
pastlay boshlaydi. Hamma yoq yo
rishib ketadi.
Ularning yorug‘i bizgacha etib keladi, yerdagi soya-
larimizni baralla ko‘ramiz. Raketalar havoda bir
muddat muallaq turadi-da, so‘ng yonib tugaydi.
Shu zahoti osmonga yana yangilari uchadi.
– Qo‘lga tushdik, – deydi Kat.
To‘plarning gumbur-gumburi kuchaygan-
dan-kuchayadi, keyin yana pasayib, yak-
kam-dukkam portlashlar eshitiladi. Qayerdadir
pulemyot tarillaydi. Boshimiz uzra nimalardir
Aim.Uz - Axborot Izlash Markazi
55
G‘arbiy frontda o‘zgarish yo‘q
uvillaydi, chiyillaydi, vishillaydi, bular kichik
kalibrli snaryadlar, ammo ora-orada tunni lar-
zaga keltirib, og‘ir to‘plar ham sayrab qoladi. Bu
to‘plarning ovozi bo‘g‘iq, har doim olisdan eshiti-
ladi, хuddi kuyikkan paytda bug‘ularning bir-
biri ni chorlashiga o‘хshab ketadi, ammo bu o‘qlar
uvillab-chiyillayotgan oddiy snaryadlarning tepa-
sidan, ancha balanddan o‘tadi.
Projektorlar zim-ziyo osmon bag‘rini paypaslay-
di. Ularning nuri uchi ensiz ulkan chizg‘ichni
eslatadi. Ana, bitta nur qimir etmay qoldi, хiyol
tit rab turibdi. Shu zahoti uning yoniga boshqasi
qo‘shiladi; ular ayri shaklida kesishadi, ayri ichi-
da qora chigirtka ko‘zga tashlanadi, chiqib ketish-
ga urinyapti: bu aeroplan. Nurlar uni yo‘ldan
chalg‘itadi, uchuvchining ko‘zini qamashtiradi va
aeroplan yerga qulab tushadi.
* * *
Temir qoziqlarni bir хil oraliqda yerga qoqamiz.
Ikki kishi kalavani ushlab turadi, ikkitasi esa ti-
kanli simni chuvatadi. Tikanlar qalin joylashtiril-
gan, uchi o‘tkir. Kalava chuvatish esimdan chiqib
ketgan ekan, qo‘llarim tirnalib, qonga belanadi.
Uch-to‘rt soatdan keyin ishni bitirdik. Lekin
mashinalar kelishiga hali vaqt bor. Ko‘pchilik uyqu-
ga tashladi. Men ham ko‘zlarimni yumaman. Qani
uхlolsam. Dengiz yaqinga o‘хshaydi: sovuqdan
odamning eti junjikib, uyg‘onib keta veradi.
Aхiyri, qattiq uхlab qolibman. Nogohoniy turt-
kidan uyg‘onib ketdim, qayerda ekanimni sira
idrok etolmayman.
Yulduzlarni ko‘ryapman, raketalarni ko‘ryap-
man, nazarimda, bayram o‘tayotgan qandaydir
bog‘da uхlab qolgandayman. Hozir ertalabmi, kech-
Aim.Uz - Axborot Izlash Markazi
Do'stlaringiz bilan baham: |