G`arb notiqlik maktabi. Reja


"har qanday notiqning asosiy maqsadi – tinglovchining zavqini uyg‘otib, o‘ziga moyil qilishdan iborat"



Download 25,12 Kb.
bet2/2
Sana23.03.2022
Hajmi25,12 Kb.
#506208
TuriReferat
1   2
Bog'liq
1 topshiriq

"har qanday notiqning asosiy maqsadi – tinglovchining zavqini uyg‘otib, o‘ziga moyil qilishdan iborat". Buning uchun esa, zarur bo‘lgan notiqlik uslublarining barcha imkoniyatlaridan foydalanish mumkin. Sitseron sud notiqligi bo‘yicha shuhrat qozongan. U eramizdan oldingi 63-yilda oliy lavozimga – konsullikka saylanadi. Bu lavozimda turib u aristokratlarni himoya qiladi va demokratik guruhlarning ashaddiy dushmaniga aylanadi.
Tarixiy ma’lumotlarga ko‘ra Sitserondan quyidagi asarlar qolgan:
1. Jami 150 nutq. Shundan 58 tasi bizgacha yetib kelgan.
2. Falsafa mavzularida yozilgan 12 ta asar.

  1. Notiqlik tarixi va nazariyasiga oid 7 ta risola. 

  2. Jami 800 ga yaqin maktub. 

Sitseronning notiqlik san’atiga bag‘ishlangan asarlari orasida uch risola – "Notiq haqida", "Brut yoki mashhur notiqlar haqida" va "Notiq" nomli asarlari juda katta tarixiy, nazariy va amaliy ahamiyatga ega. Chunki bu risolalarda notiqlik san’ati deyarli barcha aspektlarda tahlil etilgan.
Sitseron notiqlik mahorati o‘ziga xos xislatlarga ega. Masalan, u biror fikrni bayon etar ekan, nutqini shu fikr doirasi bilan cheklab qo‘ymagan. Aksincha, uning nutqlarida fikr erkinligi hukmron bo‘lgan va notiqning falsafiy, siyosiy, axloqiy qarashlari har doim uyg‘un tarzda mujassamlashgan. Sitseron notiq sifatida o‘z tinglovchisiga emotsional ta’sir etish masalasiga alohida e’tibor bergan. Shuning uchun ham uning nutqlarida balandparvoz so‘z, ibora va jumlalar ko‘p uchrar, nutqining umumiy yo‘nalishi ulug‘vor uslubga moyil edi. Biroq ana shu ulug‘vorlik orasida u oddiylik, kulgi-mutoyiba, ritorik savollardan ham foydalanardi. Shu jihatdan qaraganda uning nutq uslubi qorishiq, umumiylashgan uslubga ham o‘xshab ketardi.
Sitseron matnning ravonligi, go‘zalligi, ifodaliligi va musiqiyligiga alohida ahamiyat bergan.
Sitseron o‘z nutqiga katta tayyorgarlik ko‘rgan. Shunday bir rivoyat bor, Sitseron bir kuni nutq so‘zlashga tayyorlanib ulgura olmagani uchun nima qilishini bilmay turgan ekan. Xuddi shu paytda bir qul xizmatkor kirib, majlis qoldirilganini xabar qilibdi. Sitseron quvonganidan o‘sha qulni shu zahotiyoq ozod qilib yuborgan ekan. Kishi shoir bo‘lib tug‘iladi, ammo notiq bo‘lib yetishadi, degan hikmatni olg‘a surgan Sitseron chindan ham notiqlik san’atini izlanish va mehnat tashkil etishini yaxshi tushungan va shu haqiqatga ishongan.
Sitseron nutq kompozitsiyasiga alohida e’tibor bergan. Ayniqsa, nutqning kishilar ongiga ta’sir etuvchi qismi - argumentatsiya, mantiqiy isbotlarga va kishilarning hissiyotiga ta’sir etuvchi qismiga alohida e’tibor qilgan.
Sitseron nutq jarayonida uch muhim omilga alohida e’tibor berishni ta’kidlagan. Bu nutqning kirish qismi, xotimasi va repetisiyasidir.
Sitseronning hayoti, ijodi, falsafiy va adabiy qarashlari, notiqlik mahorati va bu sohadagi ta’limoti hozirgi kunda ham amaliy va nazariy ahamiyatga molikdir. 
Mashhur notiq Sitseron: “Tarixda yo yaxsh harbiy sarkarda, yo yaxshi notiq bo`lish kerak”, degan edi. Bunda notiqlik san`ati sarkardalik san`atiga tenglashtiriladi. Plutarx ham notiqlikning nihoyat darajada og’ir, sermashaqqatliligini tan olib, bu san`atni hayotiy zaruriyat deb hisoblaydi.
Sud ishlarida o`rnatilgan tartib ham bu san`atning yuksalishida katta turtki bo`ldi. Chunki sud jarayonida javobgar o`ziga qo`yilayotgan aybning asossizligini isbotlab gapirishi, da`vogar esa o`z fikrida qattiq turishi, uni qoralashi shart edi. Ammo hamma ham chiroyli nutq so`zlash qobilyatiga ega bo`lmaganligi sababli, nutq matnlarini yozib beradigan bilimdon kishilar – “logogrflar” ga ehtiyoj tug’ildi. Oradan biroz vaqt o`tib, tantanali nutq – epideytik nutq uslubi paydo bo`ldi. Logogrflar bunday nutq matnlarini tayyorlash uchun o`zidan oldin o`tgan salaflarining merosiga va xalq og’zaki ijodiga murojaat qila boshladilar. Notiqlik san`ati shu tariqa asta-sekin shakllanib, badiiy adabiyotning ravnaqida katta vazifani bajardi, tragediya, komediya, roman janrlarining paydo bo`lishiga ijobiy ta`sir ko`rsatdi.
“Bulardan tashqari, notiqlik san`atining rivoji adabiy tilning shakllanishiga, notiqlik san`ati nazariyasidan iborat bo`lgan “Ritorika” iilmining vujudga kelishiga sabab bo`ldi. Rimdagi barcha shoirlar va notiqlar shu maktabdan, ya`ni ritorika maktabidan ta`lim olganlar”
Download 25,12 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish