G'arb mutafakkirlarining pedagogik qarashlar



Download 216,52 Kb.
bet13/21
Sana31.12.2021
Hajmi216,52 Kb.
#230295
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   21
Bog'liq
g'arb mutafakkirlarining pedagogik qarashlari

Torkvatto Tasso


Qahramonlik poeziyasi haqida mulohazalar

<...> Qahramonlik poemasi yozishga jazm etgan har kim uchta masalani hal qilishi lozim bo'ladi: shoirning mahorati baxsh etishi mumkin bo'lgan go'zal shaklni qabul qila oladigan materiyani tanlash, shunday go'zal shaklni yaratish va, nihoyat, o'ziga eng mos ham yarashiqli bezaklar bilan materiyaga zeb berish. Mazkur uchlik bo'linish ushbu kitobning asosi bo'ladi: muallif materiya tanlashda nimalarni e'tiborda tutishi lozimligidan boshlab, keyin avvaliga o'sha materiyani joylashtirish va tashkillantirish, so'ng esa mos libos kiydirishu bezantirishda kerak bo'luvchi mahorat va san'at masalalariga o'taman1. Hali o'zida shoir yo notiq mahoratini sinab ko'rmasidan ko'pincha �yalang'och� deb ataluvchi materiya ularga xuddi temir yoki yog'och ustaga tobe bo'lganiday bo'ysunmog'i lozim, axir, Filopon �Priorum analiticorum�ning2 uchinchi kitobiga yozgan sharhlarining boshida aytganidek, oqil odam o'zi yaratmoqchi bo'lgan narsaning turlarinigina emas, balki, xuddi kemasoz kema qurishga ishlatiladigan yog'ochni yoki me'mor bilan toshtarosh bino qurish uchun yaroqli toshlarni yodda tutgani kabi, materiyani ham, uning shakllarni qabul qilish qobiliyatini ham e'tiborda tutmog'i lozim... <...>

Hyech bir shubhasiz, oliymaqom shakl hammasidan ko'ra yaxshiroq mos keladigan materiya o'sha shaklni qabul qila oladigan materiyadir. Endi faraz qilib ko'raylik, bir xil mahorat va notiqlik bilan birov bilmagani tufayligina otasining qotili bo'lib qolgan Edipga, boshqasi o'zining jinoyatga qo'l urayotganini anglagan holda bolalarini vahshiyona o'ldirgan Medeyaga hamdardlik uyg'otishni niyat qildi, - Edipning baxtsizliklari haqidagi hikoya Medeyaning halokatli ishidan ko'ra ko'proq hamdardlik uyg'otadi: birinchi holda qalblarda hamdardlik alanga olsa, ikkinchisida arang miltillab turadi; bu hol shoirlar mahorati jihatidan o'xshashgina emas, balki mutlaqo bir xil bo'lganida ham kuzatiladi. Xuddi shunga o'xshash bitta muhrning o'zi mumda boshqa suyuqroq yoki qattiqroq moddadagidan ko'ra yaxshiroq iz qoldiradi; marmar yoki oltindan ishlangan haykal yog'och yoki marmar kabi qimmatli bo'lmagan boshqa toshdan yasalgan, garchi ularga Praksitel yoki Fidiylar3 san'ati bir xil sarf bo'lgan esa-da, haykaldan ko'ra ko'proq qadrlanadi. Bularning barini men poema uchun boshqa emas, ayni o'sha materiyani tanlash qanchalik muhim ekanligi tushunarli bo'lsin uchun aytdim.

Endi biz o'sha materiyani qaerdan izlash kerakligini ko'rib o'tamiz - notiqlar buni material topish deb atashadi. Aytishga arzirli biror narsa yaratilayotganda materiya, uni boshqacha qilib predmet deb ham ataladi, yo to'qib chiqariladi, buning uchun shoirdan tanlashgina emas, balki koshiflik qobiliyatini namoyon etish ham talab etiladi, yoki bo'lmasa tarixdan olinadi. Biroq eng qadim zamonlarda,- ilk shoirlar asri emas, ularning o'rniga kelgan avlodga mansub Gomer davridan avval, shoirlarda tarixdan olingan syujetlarning bo'lishi mumkin emas edi, chunki tarix poeziyadan katta emas, aksincha, yoshroq va shoirlar jonli guvohlarning hikoyalari, muqim o'rinlashgan fikrlar yoki mish-mishlarga murojaat etishga majbur edilar; Lin, Orfey, Musey, Olimp va boshqa ko'pchilikdan keyin yashagan Gomer, shuningdek, Oribantiy Trezenli va, Elianning guvohlik berishicha, Troya urushi tarixini yozgan Daret Frigiyalilardan yoshroq bo'lgan4. Gomerdan keyin yashagan va unga taqlid qilgan shoirlarning hammasi esa o'z poemalarini tarixga asoslanib yozganlarki, bu to bugunga qadar yuz bergan diqqatga molik voqyealarning bari tarixlarda bitilgan vaqt uchun to'la qonuniy hol; tarixlarda bitilmaganlari esa endi e'tiborga loyiq ko'rinmaydi. Shunday qilib, syujetning tarixdan olingani, menimcha, to'la to'qigandan ko'ra ancha yaxshidir. <...>

Hozir esa asosiy masaladan chekinmaymiz-da, qay yo'sin she'rning, bizni har nega ishontirishga qobil xushomadgo'yning, go'zalligi va nafosati ko'magisiz haqiqatga monand narsa bilan mo'jizaviy narsani qanday biriktirish mumkinligini ko'rib o'tamiz. Haqiqatga monand narsa bilan mo'jizaviy narsa, muhtaram sinor, bir-biridan katta farq qiladi, shu darajadaki, bir-biriga zid bo'lishlariga oz qoladi; shunga qaramay, poema bularning har ikkisiga ham birdek muhtoj va yaxshi shoir ularni o'z asarida birlashtira olmog'i lozim. Bu xil birlashtirishni ko'pchilik uddalagan bo'lsa-da, hozirga qadar hyech kim (mening voqifligim darajasida) buni qanday amalga oshirishni o'rgata olmadi; to'g'ri, haqiqatga monand narsa bilan mo'jizaviy narsa bir-biriga aslo qo'shilmaydigandek tuyulgani sababli ayrim fozil kishilar poemaning haqiqatga monand qismi bir paytning o'zida mo'jizaviy bo'lolmaganidek, mo'jizaviy qismi ham haqiqatga monand bo'lolmaydi, biroq ikkisi ham zarur bo'lgani uchun goh unisi, goh esa bunisiga amal qilish lozim, faqat ular bir-biriga o'rin bo'shatishi emas, balki bir-birini chegaralab kelmog'i kerak deb hisoblaganlar. Men esa bunday fikrga qo'shila olmayman va poemadagi hamma narsa haqiqatga monand bo'lmog'i kerak deb hisoblaymanki, buning sababi quyidagicha. Poeziya taqliddan o'zga narsa emas(bu hyech kimda shubha uyg'otmaydi), taqlid esa haqiqatga monand bo'lmog'i lozim, zero, taqlid qilmoq o'xshash bo'lmoq deganidirki, demak, poemaning hyech bir qismini haqiqatga monandlikdan mahrum etib bo'lmaydi; umuman haqiqatga monandlik poemani sayqallash va bezashga xizmat qiluvchi ko'plab usullaridan biri emas, balki uning ichki xususiyati, mohiyatining o'zginasidir, shu bois u har qaysi qismda boshqa har nedan ko'ra zarurroq5. Biroq epik shoirlar zimmasiga mudom haqiqatga monandlikka rioya qilish vazifasini qo'ysam-da, men mo'jizaviylikni ham inkor qilmayman, aksincha, bitta voqyeaning o'zi bir paytning o'zida ham haqiqatga monand va ham mo'jizaviy bo'la oladi deb hisoblayman...<...>

Shoir inson imkoniyatlaridan ancha baland ishlarni xudo, farishtalar, iblis yoki xudo yo iblisdan mo'jizaviy kuch olganlarga: avliyolar, sehrgar va jodugarlarga nisbat berishi lozim. Bunaqa ishlar o'z holicha olinganda mo'jizaviy bo'lib ko'rinadi, ularni mo'jiza deb atash qabul qilingan. Biroq xuddi shu ishlarning o'zi, agar o'sha ishlarni qilayotganlarning nechog'li kuch va imkoniyat sohibi ekani e'tiborga olinsa, haqiqatga monand ko'rinadi, zero, xudo va farishtalar, shuningdek, xudoning izni bilan iblislar va sehrgarlar tabiat izmida bo'lmagan mo'jizalar yaratishga qodir ekaniga ishonchni odamlar avvaliga ona suti bilan o'zlariga singdirganlar, so'ng esa muqaddas bitikni targ'ib etuvchilarning sa'y-harakati bilan shu ishonchda mustaqim bo'lganlar, boz ustiga, xudoning bergan kuni yangi mo'jizalar haqida eshitishda yoki kitoblardan o'qishda davom etadilarki, ularning nazdida yuz berishi mumkingina emas, balki haqiqatda ko'p bor yuz bergan va yana ko'p bor yuz beradigan narsa haqiqatga monand emas bo'lib tuyulmaydi. Xuddi shu kabi o'zlarining puch va yanglish e'tiqodida turgan qadimgilar o'z xudolari haqida nafaqat shoirlar, balki tarixchilar tomonidan ham hikoya qilingan barcha mo'jizalarga ishonganlar, shoirlar esa olimlarning bu boradagi ishtibohlarini e'tiborga olmay, boshqa barcha ishlardagi kabi ko'pchilikning fikriga ergashganlarki, asli ham ular, hatto haqiqatga xilof bo'lganida ham, ko'pchilikka ergashishlari joiz. Demak, bitta voqyea bir paytning o'zida ham haqiqatga monand, ham mo'jizaviy bo'la oladi: o'z holicha, o'zining tabiiy chegaralari doirasida mo'jizaviy bo'lgan voqyea, tabiiy chegaralaridan tashqarida, mo'jizaning sababi - mo'jiza yaratishi biz uchun ajablanarli, o'zi uchun mashaqqatli bo'lmagan g'ayritabiiy kuch bilan munosabatda olinganda haqiqatga monand bo'ladi. <...>

Tarix va bitiklar muqaddas bo'lishi ham, muqaddas bo'lmasligi ham mumkin...<...>

Tarixni boshqacharoq bo'lish ham mumkin: u bizning davrimiz voqyealaridan iboratmi yo allaqachon bo'lib o'tganlardanmi, yoki bo'lmasa unchalik yaqin ham, unchalik uzoq ham bo'lmagan voqyealardanmi. Qadimgi asrlar va bizdan uzoq xalqlar tarixi ko'p sabablarga ko'ra qahramonlik poemasi uchun juda maqbul, zero, ko'hna o'tmish qa'riga ko'milgan voqyealar o'zi haqida faqat ojiz va xira xotira qoldiradi, shu bois ularni o'z xohishiga muvofiq almashtira yoki o'zgartira oladi. Biroq foyda ketidan zarar ham keladi, zero, qadimgi zamonlarga qadimgi odatlar muvofiq, bu uzoq asrlarning odatlari, jang usullari, ziyofatlari, marosimlari bizga ancha jo'n va zerikarli ko'rinishi mumkin - shuning uchun ham ko'plab omilar Gomerning yunonchadan o'girilgan ilohiy kitoblarini o'qib zerikadilar. Buning bosh sababi odatlarning qadimiyligida, zero, nafosatu xushaxloqlikka o'rgangan kishilar har vaqt eskirib qolgan va urfdan qolgan narsalardan yiroq turadilar. Qadimiyatga zamonaviy odatlarni ko'chirmoqchi bo'lganlarni esa Katon yoki Sinsinnatni6 milanlik va neapollik yoshlar modasiga muvofiq kiyintirgan tarzda tasvirlagan befahm musavvirga qiyoslash mumkin, shunga o'xshash, Jiraldi Geraklni sher terisiyu gurzidan mahrum etib, unga dubulg'a bilan plashch tuhfa etadi; biroq Jiraldi Gomer bilan musobaqaga kirishgan holda Geraklning qurol-yarog'iyu qalqoni hamda uning Mars o'g'li Kikon bilan jangini tasvirlagan Gesioddan ibrat olgan, xolos7.

Zamonamiz voqyealari, odatlar va rusumlar jihatidan qaralsa, taqlid uchun juda qulay va maqbul, biroq ular har qanday shoir, ayniqsa, epik shoir uchun juda zarur bo'lgan erkin to'qimaga deyarli imkon bermaydi. Bundan tashqari, Aristotel zamonaviy syujetning boshqa sababga ko'ra ham tragik shoir uchun yaroqli emas deb hisoblaydi, zero, tragediya zamondoshlardan ancha yuksak turuvchi kishilarga taqlid qiladi, shu bois ham zamonaviy yoki yaqindagina bo'lib o'tgan voqyealar qahramonlik poemasi syujeti bo'lolmaydi8. Shularga ko'ra, Karl V ning9 ishlari birinchi sababga muvofiq shoirga to'g'ri kelmaydi, chunki ularni o'z ko'zi bilan ko'rgan yoki ota-bobolaridan eshitib bilganlar shoir to'qimasini o'ta dadil deb topadilar. Bundan tashqari, Karl V ning ishlari shunchalar mashhur va hayratlanarli darajada ulug'vor va hashamatliki, shoirga ortiq go'zallashtirish imkonini qoldirmaydi.<...>

Shuningdek, yana Aristotelning �Muammolar�iga tayanishimiz mumkin, unda bizga juda zamonaviy bo'lmagan va juda uzoq o'tmishda ham kechmagan voqyealar haqidagi hikoyalar ko'proq yoqishi aytilgan, buning sababi esa, Aristotel fikricha, mana bunda: biz juda uzoq o'tmishda bo'lib o'tgan voqyealarga to'la ishona olmaymiz, o'zimiz ishonmagan narsa esa bizga huzur baxsh etmaydi; endigina bo'lib o'tgan voqyealarni esa biz go'yo hanuz (ko'ngil va ongda) yashayotgan bo'lamiz, shu bois yana katta xuzur olmaymiz10. <...>

<...> epik shoir san'atiga daxldor voqyea oliyjanob, shonli va ulug'vor bo'lmog'i kerak. Xuddi shu talablar poemaning shakliga ham qo'yilmog'i lozim. Qahramonlik poemasi bilan tragik poeziyaning o'xshashligi shunda, ularning tuban va qora xalqqa taalluqli voqyealarga taqlid qiluvchi komediyadan farqi ham shunda. Umum fikriga ko'ra, tragediya bilan epopeya bir-biridan nimaga taqlid qilayotgani bilan emas,- zero ikkisi ham ulug'vor va mashhur voqyealarga taqlid qiladi,- balki taqlid usuli bilan farqlanadiki, bu qarashni teranroq ko'rib o'tish zarur. <...>

<...> ularni (epopeya bilan tragediyani - tarj.) taqlid usuli farqlaydi: epik shoir hikoya qiladi, tragik shoir (sahna tomoshasi sifatida- tarj.) taqdim qiladi; epik shoir �faqat yalang'och so'zlar (o'lchovsiz) yoki o'lchov bilan�11, oddiy, bezak berilmagan nutq yoki she'r bilan hikoya qiladi, tragik shoir esa she'rlardan tashqari ritm va garmoniyadan ham foydalanadi, ularning yordamida so'zlarni rostlaydi.

Aristotel o'ziga xos mavhumiyat bilan aytgan mazkur so'zlarga tayangan holda, tragik va epik shoirlar taqlid predmeti jihatidan mutlaqo o'xshash dega xulosa chiqarishadi; bu qarash keng ommalashgan va umum e'tirof etilgan, shunga qaramay uni alohida ko'rib o'tish zarur. Agar epik va tragik voqyealar mutlaqo bir xil bo'lganida edi, ular bir xil munosabat uyg'otishi kerak bo'lur edi, zero, bir xil sabablar bir xil oqibatga olib keladi; biroq, modomiki ular mutlaqo farqli his-tuyg'ularni uyg'otar ekan, tabiatiga ko'ra ham farqlidirlar. Tragik voqyealar dahshat va hamdardlik uyg'otadi, baxtsiz va dahshatli deb atab bo'lmaydigan voqyealarni tragik deb ham bo'lmaydi. Epik shoirlar bu tarzda qalblarni o'rtash odatiga ega emaslar, ulardan bu narsa talab etilmaydi, zero Aristotel aytmoqchi, garchi tragediya tomoshabini yovuzlarning jazo topganiga quvonsa-da, har tugul voqyealarning bunday yakun topishi tragediyaga mos emas, qahramonlik poemasida esa bu hol maqtovga loyiq12; dahshat va hamdardlik uyg'otish, garchi ba'zan u ham shu hislarni uyg'otsa-da, qahramonlik (poemasi) fabulasiga xos emas: qahramonlik poemasi do'stlarning g'alabasiyu g'animlarning halokati bilan quvontirmog'i lozim, varvarlar va nopoklarga nisbatan shafqatli bo'lish esa yaramaydi. Tragik va epik voqyea mashhur bo'lishi lozim, biroq har ikkisiga birdek zarur bu xususiyatni ham mohiyati, ham shakli farqlanadi: tragik voqyealar taqdirning tuyqus va bir zumda evrilishi, yuz berayotgan hodisalarning hamdardlik va dahshat hislarini uyg'otadigan ulug'vorligi bilan mashhur; epik voqyealar jangovar mardlik, faqat epopeyaga xos jasorat barq urgan amallar bilan ulug'vordirki, bu jonfidolik, shafqatllik va hamiyatlilik amallari bilan oliyjanoblik kasb etuvchi tragediyaga to'g'ri kelmaydi. Bundan kelib chiiqadiki, tragediya bilan epos turli qahramonlar, garchi ularning bari podsholar va qudratli amaldorlar bo'lsa-da, bilan ish ko'radi. Tragediya na yaxshi va na yomon bo'lmagan o'rtacha qahramonlarni - Orest, Elektra, Iokasta, Eteokl va Aristotel tragik fabula uchun eng ma'qul qahramon deb hisoblagan Edip singarilarni taqozo qiladi13. Epik shoir esa, aksincha, oliy darajadagi jasoratni izlaydi, faqat shunga ega bo'lgan kishigina uning poemasi qahramoni bo'la oladi. Hyech kim hamiyatda Eneydan, janggohdagi jasoratda Axilldan, ehtiyotkorlikda Ulissdan o'tib tusholmaydi. Mabodo ba'zan epik va tragik shoirlar bitta qahramonning o'zini tanlasalar ham, ular o'sha qahramonga turlicha nigoh bilan qaraydilar. Epik shoir Gerakl, Tezey, Agamemnon, Ayaks, Pirrlar timsolida beqiyos va mard jangchilarni ko'radi, tragik shoir uchun esa ular gunohlari bilan o'zlariga baxtsizlik yog'ilishiga sababchi bo'lgan kishilardir. Epik shoir oliy darajadagi jasoratnigina izlamaydi, u illatning ham eng quyi chegarasini qabul qiladiki, tragik shoirning buni o'ziga ravo ko'rishi mahol. <...>

Aytilganlardan ayon bo'ladiki, tragediya bilan epopeya orasidagi farq faqat taqlid usuli va vositalaridagina emas, balki taqlid predmetida ham ekan...<...>

Izohlar:


1. Tassoda �uchlik bo'linish� ritorik tamoyilga asoslanadi.

2. Ioann Filopon - mil.av. 30-yillarda vafot etgan, Afina maktabiga mansub so'nggi Aristotel sharhlovchilaridan biri, Aristotelning �Birinchi analitika� asariga yozgan sharhi 1536 yilda chop etilgan.

3. Praksitel - mil.av. IV asrda yashagan mashhur yunon haykaltaroshi; Fidiy - mil.av. V asrda yashagan mashhur yunon rassomi, haykaltarosh va me'mor.

4. Lin, Orfey, Musey, Olimp, Oribantiy - qadimgi Yunonistonning mifik shoirlari. Bizgacha yetib kelmagan �Troyaning vayron etilishi tarixi� (II-III asrlar) nomli yunoncha asar Daret(yoki Dares) nomi bog'liq, uning bizga qadar faqat lotincha tarjimasi (VI asr) yetib kelgan. Daresni Gomer tilga oladi(Qarang: Gomer. Iliada, V, 9-11). Klavdiy Elian - taxm. 170-230 yillar, �ikkinchi sofistika� namoyandasi; u �Turfa hikoyatlar� (XI,2) asarida Daret va Oribantiy haqida xabar beradi.

5. Robortello mo'jizaviylik va haqiqatga monandlikni asarning turli qismlariga taalluqli sifat deb bilgan: mo'jizaviylikning o'rni - epizod, ikkinchi darajali syujet chizig'i, tavsif; haqiqatga monandlikning o'rni - fabula, bosh qahramon chizig'i, axloq-odob pandlari. Robortello uchun mo'jizaviylik bilan haqiqatga monandlik, garchi go'yo bitta darajada tursa-da, mohiyatan bir-biriga ziddir.

6. Bu o'rinda yo Mark Porsiy Katon Katta (mil.av.234-149 yy.) - Rim siyosiy arbobi, lashkarboshi va tarixchi yoki uning chevarasi Mark Porsiy Katon Kichkina (mil.av.95-46 yy.) - respublikachi, Sezarning dushmani nazarda tutiladi. Lutsiy Sinsinnat - mil.av. 460 y. Rim konsuli, 458 y. diktator.

7. Gesiodga nisbat berilgan �Ayollar ro'yxati� nomli poema nazarda tutiladi. Undan faqat ayrim parchalar saqlanib qolgan; Gerakl haqidagi hikoyadan uning qalqoni tavsifigina yetib kelgan.

8. Qarang: Aristotel. Poetika, 1448a16, 1453a17.

9. Karl V (1500-1558) - Muqaddas Rim imperiyasining imperatori (1519-1556) va Ispaniya qiroli (1516-1556).

10. Qarang: Aristotel. Problem�, XVIII, 10, 917.

11. Aristotel. Poetika, 1447a16(Tasso yunoncha iqtibos keltiradi).

12. Qarang: Aristotel. Poetika, 1453a1

13. Shu joyda.

Literaturn�e manifest� zapadnoevropeyskix klassitsistov. M.,1980.- S.104-132



Download 216,52 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish