Fiziologik nafasda havo burun orqali olinib, nafas olish va nafas chiqarish teng hamda bir tekisda bo'ladi. U quyidagi ketma-ketlikda sodir bo'ladi: qisqa nafas olish, qisqa nafas chiqarish va pauza. - Fiziologik nafasda havo burun orqali olinib, nafas olish va nafas chiqarish teng hamda bir tekisda bo'ladi. U quyidagi ketma-ketlikda sodir bo'ladi: qisqa nafas olish, qisqa nafas chiqarish va pauza.
- Fonasion nafasda qisqa nafas olinadi, pauza va cho'ziq nafas chiqariladi.
Tovush apparati 3 qismdan iborat: generator, rezonator, energiya tizimi. - Tovush apparati 3 qismdan iborat: generator, rezonator, energiya tizimi.
- Generator tizim – tovushni generasiyalaydi, tovush paylarida va og'iz bo'shlig'ida sodir bo'ladi. Tovushlarni tonal va shovqin tovushlarga ajratadi.
- Rezonator tizimga halqum, og'iz va burun bo'shlig'i kiradi. U nutq dinamikligini ta'minlaydi.
- Energetik tizimga yuqori nafas yo'llari kirib, tovush hosil qilishda ishtirok etadigan havo oqimining tezligi va hajmini ta'minlaydi.
O'qituvchi nutqi ta'sirchanligini oshirish yo'llari - Anafora - har bir jumladan so'ng ayrim so'z yoki jumlalarni qayta-qayta ishlatish. Bunday takrorlalar nutqqa o'ziga xos ritm berib, u nutqning ifodaliligini oshirishga yordam beradi. Masalan, «Vatan – bu Ona er, Vatan – bu o'z uyimiz, Vatan – bu o'riklar oppoq bo'lib gullagan bog', Vatan – bu bolaligimda yugurgan tuproqli ko'chalar!».
- Gradasiya – gapdagi so'z yoki jumlalarning sifat o'zgarishiga ko'ra ketma-ket joylashtirishdir. Masalan, «Men Insondek tug'ilmoq, yashamoq, nom qoldirmoq uchun kurashdim!».
- Inversiya - gap mazmuniga urg'u berish maqsadida so'zlarning odatiy joylashish tartibini o'zgartirish.
- Intonatsiya – nutq ohangini mazmuniga ko'ra o'zgartirish. Intonasiya mantiqiy va hissiy-ekspressiv ko'rinishda bo'lishi mumkin.
- Mantiqiy intonatsiyaning maqsadi gapda muhim o'rin tutadigan alohida so'z va jumlalarni ajratib ifodalash.
Nutq samaradorligiga salbiy ta'sir etadigan holatlar. - Sinonimlardan o'rinli foydalana bilmaslik-O'qituvchi hikoyasi davomida bir xil so'zlardan tez-tez foydalanishi nutqning noto'g'ri tuzilganligidan darak beradi.
- Shevaga xos bo'lgan so'zlardan foydalanish-Bu holat ham o'qituvchi faoliyatida uchraydigan asosiy kamchiliklardan biri bo’lib, bu o'quvchilarning nutqini oshirishga salbiy ta'sir etadi.
- Noo'rin so'zlarni tez-tez takrorlash -Masalan, «xo'sh», «misol uchun», «aytaylik» kabi qator so'zlar o'qituvchilar nutqida ko'p uchraydi. Bu holat ham nutq samaradorligini kamaytirish bilan birga o'quvchilarni chalg'itadi.
- Tavtologiya – bir o'rinda bir xil ma'noli so'zlardan foydalanish -Masalan, «Bir xil ma'noli sinonim so'zlar». Bu o'rindagi sinonimlar – bir xil ma'noli so'zlarni ifodalaydi. Yoki «esdalik suvenirlar». «Suvenir» - so'zi esdalik sovg'a ma'nosini anglatadi.
E’tiboringiz uchun tashakkur!!!
Do'stlaringiz bilan baham: |