asrning boshlarida Germaniyada vujudga kelgan falsafaga aytamiz. Nemis mumtoz falsafasi
o‘zidan oldin o‘tgan Evropa va jaxon ilg‘or falsafiy fikrlar va oqimlarning vorisi davomchisi
bo‘lish bilan birga o‘z davridagi Evropaning kapitalistik taraqqiyot tarixiy tajribasiga hamda
tabiatshunoslik hamda tabiatshunoslik texnikafiy ijtimoiy - gumanitar bilimlar sohalari qo‘lga
kiritayotgan umumlashtirish asosida paydo bo‘ldi. Nemis mumtoz falsafasining paydo bo‘lishida
I.Kant I.G.Fixte, F.SHelling, G.Gegel va L.Feyerbaxlarning falsafiy qarashlari muhim rol
o‘ynadilar. Garchi ular falsafadagi turli oqimlarga mansub bo‘lgan bo‘lsalarda, lekin ularning
falsafiy qarashlarini bir birlari bilan bog‘lovchi umumiy mushtarak tomonlari mavjud edi.
Ayniqsa, mumtoz falsafiy fikr taraqqiyotida o‘z falsafiy qarashlarining orginalligi, yangiligi va
boy mazmunga egaligi bilan buyuk o‘rin tutgan faylasuflar - bular: I.Kant, G.Gegel va
Nemis mumtoz falsafasining asoschisi XVIII asr nemis burjuaziyasining mafkurachisi -
Kantning falsafiy qarashlarining rivoji, asosan ikki davrga bo‘linadi: birinchi davri -
«transendental davr» falsafiy qarashlari. Tanqidiy davrgacha bo‘lgan davrda Kant yozgan eng
yirik asar – bu «Butun umumiy tabiiy tarix va osmon mexanikasi nazariyasi» asari bo‘lib, u
asosan tabiatshunoslik fanlarining falsafiy muammolariga bag‘ishlangan. U bu asarida
«Nebulyar» kosmogonik gipotezani ilgari surib, unda Quyosh sitemasidagi planetalarning paydo
bo‘lishi va evolyusiyasi haqida fikr yuritadi. Uning qarashicha, Quyosh sistemasi (Quyoshning
o‘zi ham) dagi planetalar daslabki «tumanliklar»ning quyuqlashuvidan evolyusion yo‘l bilan
tabiiy ravishda kelib chiqadi. SHu bilan birga, Kant bu asarida bizning Gallaktikamizdan
tashqarida juda ko‘p galaktikalar tizimi metagalaktika - Katta koinotning mavjudligi haqida ham
Kant o‘z falsafiy qarashlarining ikkinchi davri-tanqidiy falsafa davrida u
tabiatshunoslik fanlari falsafasidan falsafaning bilish nazariyasiga o‘tadi. Kant o‘zining bu
davrida «Sof aqlni tanqid» (1781 y) «Amaliy aqlni tanqid» (1788 y) «Muhokama qobiliyatini
tanqid» (1790) «Prolegamenlar» (1783y) asarlarini yozadi. Bu asarlarida u bilishning «tanqidiy»
nazariyasini yaratib, inson bilishining turli shartlarini, bilish qobiliyatining chegarlarini tadqiq
etadi. Kant o‘zining bu tadqiqotlarida insonning xudoni bilishni «narsa o‘zida» deb ataydi va uni
bilish mumkin emas, deb e’lon qiladi. SHu bilan birga, u o‘z tadqiqotlarida inson borliqdagi o‘z-
o‘zligicha mavjud narsalarning mohiyatini prinsip jihatdan bilishi mumkin emas, inson faqat
hodisalarnigina, ya’ni uning o‘z tajribalarida yuz berishida vositachilik qiladigan usulini bilish
mumkin.
Nemis mumtoz falsafasining eng yirik vakili Georg Vilgelm Fridrix Gegel (1770-
1831)dir. U falsafada ob’ektiv idealistdir. Gegelcha birlamchi narsa – bu dunyo ruhi, insondan
va olamdan tashqarida alohida mavjud bo‘lgan mutlaq g‘oyadir. Moddiy olam esa uning
mahsuli, ikkilamchi, ya’ni u dunyo ruhining namoyon bo‘lishidir, uning gavdalanishidir.
Uningcha bu dunyo ruhi, ya’ni mutlaq g‘oya yaratuvchi bosh sabab bo‘lib, tabiatdagi va
jamiyatdagi har bir buyum yoki hodisa uning hosilasi, ya’ni shakllardan iborat, ularning
mazmunlari esa ana shu dunyo ruhi yoki dunyo aqlidir. CHunki bu moddiy olamdagi predmetlar
va hodisalar ana shu mutlaq g‘oyaning ko‘rinishi - shakllanishidan boshqa narsa emas.
Gegel falsafada qadimgi yunon faylasufi Platon izidan borib, mutlaq g‘oyani birlamchi
asos, deb qabul qiladi. Uning falsafadagi asosiy xizmati shundaki, u birinchi bo‘lib butun tabiiy,
tarixiy va ma’naviy jarayonni bir butun g‘oyaviy jarayon shaklida tushuntirib va tasvirlab berdi,
mutlaq g‘oyani tinimsiz harakat, o‘zgarish, rivojlanish, bir holatdan ikkinchi holatga o‘tib
turishda olib tekshirdi hamda bu harakat, o‘zgarish va rivojlanishlarning o‘zaro ichki bog‘lanishi
va ziddiyatlarini ochishga urindi.
Nemis mumtoz falsafasi taraqqiyotida Lyudvig Feyerbax (1804-1872y.) Feyerbax
falsafiy qarashlariga ko‘ra, tabiat inson va uning ongidan tashqarida, inson va uning ongiga
bog‘liq bo‘lmagan, mustaqil mavjud bo‘lgan ob’ektiv reallikdir. Uning fikricha, tabiatni hech
kim yaratmagan, u azaliy bor va abadiy mavjud bo‘ladi. Inson esa tabiatning mahsuli, tabiat
rivojlanish bilan paydo bo‘lgan oliy mavjudot. Olam tabiatdangina iborat, tabiat esa materiya
sifatida hech qanday mistik yoki ilohiy kuchga bog‘liq emas. Tabiat – bu yorug‘lik, issiqlik,
elektr, magnetizm, havo, suv, o‘t, o‘simlik, hayvonot dunyosi va nihoyat insondan iborat.
Feyerbax bunda Gegelning mutlaq g‘oyasini keskin tanqid qilib, Gegelning mutlaq g‘oyasi inson
miyasidan yulib olingan va tabiatdan tashqari kuchga aylantirilgan inson aqlidan o‘zga narsa
emas, deydi.
Feyerbax falsafasi insonga va uning faoliyatiga qaratilgan. Demak, Feyerbax falsafaning
asosiga insonni qo‘yadi. Bu degani: Feyerbax falsafasi antropologik tabiatga ega, uning
materializmi antropologik materializmdir. Inson borliq va tafakkur birligining sub’ekti, asosi
qilib olingandagina, bu birlikni haqiqiy deyish mumkin.
Xullas, nemis mumtoz falsafasi o‘zi erishgan yutuqlari, uning vakillarining falsafiy
qarashlaridagi mavjud cheklangan tomonlariga qaramay, insoniyat falsafiy fikr taraqqiyotida
muhim o‘rin egaladi va o‘zidan keyin paydo bo‘lgan falsafiy ta’limotlarga nazariy manba’lardan
biri sifatida xizmat qildi.
Do'stlaringiz bilan baham: