Kirish so'z va kirish birikma
So'zlovchining o'zi bayon qilayotgan fikriga yoki uni ifoda qilish usuliga bo'lgan munosabatini bildiruvchi so'z va so'z birikmasi kirish so'z yoki kinsh birikma deyiladi. Masalan; Dunyoda hech bir xalq to'g'ri kelolmas, mening bilishimcha, sening elingga.(H.O.)
Kirish so'z butun gapga, qo'shma gaplarda esa odatda uning bir qismiga aloqador bo'ladi. Misollarni solishtiring: Afsuski, shu choq hovlida uning kichik nevaralari yo'q ekan. (O'.U.)- Albatta, har bir talaba fan yutuqlarini puxta egallash uchun qunt bilan o'qishi kerak. (Gazetadan.)
Kirish so'z va birikmalarning ma'no ifodalash xususiyatini jadvalda quyidagicha ko'rsatish mumkin.
Kiritma gap va kiritma belgi
So'zlovchining o'zi bayon qilgan fikriga qo'shimcha mulohazasini bildirgan gap kiritma gap deyiladi.
Kiritma gap asosiy fikrni qo'shimcha izohlash, aniqlash, toldirish uchun ishlatiladi va o'ziga aloqador bo'lmagan gapdan maxsus to'xtam bilan ajratiladi. Masalan: U bejirim tuflisi bilan yemi duk-duk bosib (bu duk-duklardan Qahramonning yuragi go'yo mix qoqilayotganday zirqirab ketdi) mashina tomon yurdi. (O.Yo.)
Kiritma gaplar odatda qavs ichiga olinadi: O'sha yosh bolam (u ota- onasiz qolgan edi) boyga qarol qilib berishdi. Ayrim hollarda kiritma gap o'zi bilan aloqador bo'lgan gapdan tire bilan ajratiladi. Masalan: Universitet hovlisi—men hozirgina aylanib chiqdim— talabalar bilan gavjum bo'lib turibdi.
So'zlovchining qo'shimcha fikrini alohida ta'kidlaydigan maxsus belgilar ham bo'lishi mumkin. Bu darak belgilari shaklida qo'yiladi. Masalan: "Avtor mana shu bachkana (?) munosabatlarning hammasini poyetiklashtirib tasvir etadi."Nahot poyetiklashtirilgan (!) tasvir bachkana bo'lolsa. (M.N.)
Bir bosh bo'Iakli gaplar va ularning turlari
Tarkibida grammatik asoslaridan yo ega yoki kesimi mavjud bo'lgan gap bir bosh bo'Iakli gap deyiladi. Bir bosh bo'Iakli gaplar. bosh bo'laklardan qaysi birining ishtirokiga ko'ra ikki turga bo'linadi: 1) egasiz bir bosh bo'Iakli gaplar, 2) kesimsiz bir bosh bo'Iakli gaplar
Egasiz bir bo'lakli gaplar. Faqat kesim tarkibidan iborat bo'ladi va unda harakatni bajaruvchi shaxsni topib bo'lmaydi yoki uni kesimdan anglash mumkin. Bunday gaplar ikki turga bo'linadi: 1) egasi topilar gap, 2) egasi topilmas gap. Kesimsiz bir bosh bo'lakli gaplar atov (ya'ni nominativ) gaplar.
Egasi topilar gap. Bir bosh bo'lakli gaplarning bu turida ega bo'lmaydi, ammo uni gapning kesimidan payqab olish mumkin. Bunda asosiy e'tibor harakatni bajaruvchi shaxsga emas, balki harakatga qaratiladi. Egasi topilar gaplar ana shu xususiyatlariga ko'ra: shaxsi aniq, shaxsi noaniq. shaxsi umumlashgan gaplarga bo'linadi.
Shaxsi aniq gap. Kesimi fe'l bilan ifodalangan va kesimi orqali harakat bajaruvchi shaxsni topish mumkin bo'lgan bir bosh bo'lakli gap shaxsi aniq gap deyiladi. Shaxsi aniq gaplarda ega odatda, leksik jihatdan shakllanmaydi va unga ehtiyoj ham bo'lmaydi, chunki kesim vazifasida kelgan so'z tarkibidagi tuslovchi qo'shimchalar shaxsini aniq ko'rsatib turadi. Masalan:
Chappar urib gullagan bog'in,
O'par edim vatan tuprog'in. (H.O.)
Shaxsi aniq gapning kesimi quyidagicha ifodalanadi:
1. Aniqlik maylidagi fe'l bilan :
Seni bir ko'ray deb keldim,
Mehringga to'yay deb keldim (Qo'shiq.)
Buyruq mayli shaklidagi fe'l bilan:Bo'lsang yigit, bo'lsang hamki chol,Qo'lingga qurol ol! (H.O.)
Shart -istak maylidagi fe'l bilan:Ayb emasdir sevilsam, sevsam,Ayb emasdir seni yor desam.
Shu berilgan topshiriqlarni o' z vaqtida tugataylik!
Ko'p hollarda shevalarda ham shaxsi aniq gaplar ishlatiladi. Masalan: Do'stingdan top! Ishonmagin do'stingga, somon tiqar po'stingga. (Maqol.)
Bir hangomalashaylik. Shaxsi aniq gaplar badiiy adabiyotda, ayniqsa diologik shaklida nutqda ko'p ishlatiladi.
Shaxsi noaniq gap. Kesimi fe'l bilan ifodalanib, harakatni bajaruvchi shaxsni aniq ko'rsatib turmaydigan bir bosh bo'lakli gap shaxsi noaniq gap deyiladi. Shaxsi noaniq gapning kesimi III shaxsga qaratilgan bo'lsa ham bajaruvchi shaxs noma'lum bo'ladi. Masalan: Umr daftarini bezashdi. Yoshlik xotirasini yozilmagan oq varaq deydilar. (Sh.)
1. III shaxsning ko'plik shaklidagi fe'l bilan: Mendan senga xabar bersalar.(K.S.) Shunday chiroyli, mard yigitni buncha qiynaydilar. (O.)
Birgalik nisbatdagi fe'l bilan: Ulami hozir olib ketishdi. Siznirektoratga chaqirishdi.
III shaxsning birlik shaklidagi fe'l bilan: Hech bo'lmasa, alikolsa-chi? (U.) Bunday gaplar nisbatan kam uchraydi, ilmiyadabiyotlarda esa qo'llanmaydi.
Shaxsi umumlashgan gap. Kesimi fe'l bilan ifodalanib, mazmuni umumga qaratilgan bir bosh bo'lakli gaplar shaxsi umumlashgan gap deyiladi. Shaxsi umumlashgan gaplarning kesimi buyruq maylining II shaxs shakli bilan ifoda qilinadi.
Xalq maqollari, asosan, shaxsi umumlashgan gaplarga teng bo'ladi. Masalan: Kerilma g'oz, hunaring oz. Hurmat qilsang hurmat ko'rasan. Kattaga hurmatda, kichikka izzatda bo'l. Bir tok eksang bir tup tol ek. Sayoq yursang tayoq yeysan. Shaxsi umumlashgan gaplarning bosh bo'lagi ayrim hollarda birinchi shaxsing ko'plik shaklida ham bo'lishi mumkin. Masalan: Dushmanlardan har doim ogoh bo'laylik!
Shaxsi umumlashgan gaplarda undalma, kirish so'z, kiritmalar, maqol so'z va yuklamalar qatnashmaydi.
Egasi topilmaydigan gap. Kesimi orqali harakatni bajaruvchi shaxs (ega )ni topish mumkin bo'lmagan bir bosh bo'lakli gaplar egasi topilmaydigan gap deyiladi. Bunday gaplar quyidagicha ifodalanadi:
Ravishdosh va bo'ladi \\ bo'lmaydi fe'li bilan: Oyni etakbilan yopib bo'lmaydi. Mehnatsiz rohatga erishib bo'lmaydi.
Shart maylidagi fe'l va bo'ladi \\ bo'lmaydi so'zlari: shuyo'ldan borilsa bo'ladi.
Harakat nomi va zarur, mumkin, shart, lozim, darker, kerakso'zlaridan biri bilan: Odamlarga to'g'risini aytishimiz zarur.
Majhullik nisbatidagi fe'l bilan: Qishloqqa bir soatdan keyinkirib boriladi.
To'g'ri so'zi hamda kelmoq fe'lining tuslangan shakli bilan:Bugun yig'ilish o'tkazishga to'g'ri keladi.
Aniqlik may lining III shaxs shaklidagi fe'l bilan: Bu o'tirishnibekorchiga chiqargan.
Atov (nominativ) gap. Bosh kelishik shaklidagi ot yoki otlashgan so'z bilan ifodalanib, predmet, narsa-hodisalarning mayjudligini ko'rsatuvchi bir bosh bo'lakli gaplar atov (nominativ) gap deyiladi.
Nominativ gaplarda fikrning nisbiy tugalligi, hukm ohang orqali ifoda etiladi. Bu gaplarda ohang asosiy vazifani bajaradi. Oddiy so'z ham ohang sababli gapda qo'llanadi. Atov gap yolg'iz ishlatilmaydi, undan keyin boshqa gap keladi.
Atovli gaplar quyidagicha ifoda etiladi:
turli voqea-hodisalar tasvirlanadi. Fevralning oxiri. Haliizg'irin. Hali bosinqirab uxlar bog'chalar.
sharoit tasvirlanadi. O'ktam yanga xurrak tortar. Tun jim,men jim. Oyqiz jim. (Sh.R.T.)
ko'rsatishni ifodalaydi. Mana Qoratoy. U jamiki boylarga otbilan suvday. (O.)
baholashni ifodalaydi. "Voy, bechora!" - dedi Gulsumbibibirdan.
Atov gaplar bosh kelishikdagi ot, otlashgan so'z, olmosh, son kabi so'zlar bilan ifodalanadi.
Ot bilan: Ish. Choy. Suhbat. Ovqat. Yana ish, hamma narsao'ylangan, puxta.(U.A.)
Otlashgan so'z bilan: mana beshinchilar. Hammaning diqqatimarkaziy maydonga kirib kelgan futbolchilarga qaratildi.
Olmosh bilan: Mana bu. Hammaga tanish inson.
Son bilan: bir. ikki. uch. olg'aintil.
Do'stlaringiz bilan baham: |