Ajratilgan to’ldiruvchi: o’zidan oldingi to’ldiruvchini izohlaydi. Izoh to’ldiruvchilar o’zidan oldingi to’ldiruvchi bilan bog’lovchi vazifasida qo’llanadigan ya’ni, shu jumladan, xususan, ayniqsa kabi so’zlar bilan ham qo’llanadi: Agar oyim, ya’ni Sarvinoz Madumarova, rozi bo’lsa, meni, ya’ni Akrom Madumarovni, milisiya kapitani o’rtoq Ergashov o’ziga ishga olmoqchi ekan (X.T) ;
Maktabimizda, bichuv-tikuv to’garagidan tashqari, musiqa va ijodkorlar to’garagi ham ishlab turibdi gapidagi ajratilgan bo’lak ham to’ldiruvchi hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |