Gapning ajratilgan bo'laklari
Maktabgacha va boshlanģich ta’lim
fakulteti Boshlanģich ta’lim yònalishi 2-
bosqich 812_20-guruh
talabasi Axrorova
Bonuraning, Gapning ajratilgan bo'laklari
asosidagi
Eng
yaxshi
maqola
nominatsiyasi uchun yozgan maqolasi.
Annotation
Separated parts of speech are used to emphasize, exaggerate, or explain the meaning
of the parts they relate to.
Аннотации
Отдельные части речи используются, чтобы подчеркнуть, преувеличить или
объяснить значение частей, к которым они относятся.
Annotatsiya
Gapning
ajratilgan
bo‘laklari
o‘zlari
aloqada
bo‘lgan
bo‘laklarning
ma’nosinita’kidlab, bo‘rttirib yoki izohlab, aniqlashtirib(konkretlashtirib) keladi.
Keywords: separated parts of speech, renaming one name, changing the order, one
part.
Ключевые слова:
отдельные части речи, переименование одного имени,
изменение порядка, одна часть.
Kalit so’zlar: gapning ajratilgan bo‘laklari, bir nomni boshqacha nomlash, tartibni
o‘zgartirish, bir bo‘lak holida, ajratilgan hol, ajratilgan kesim.
Gapning ajratilgan bo‘laklari o‘zlari aloqada bo‘lgan bo‘laklarning ma’nosinita’kidlab,
bo‘rttirib yoki izohlab, aniqlashtirib(konkretlashtirib) keladi.
Ajratilgan bo‘laklaryuqoridagi vazifalarga muvofiq ikki xil yo‘l bilan ajraladi:1)
tartibni o‘zgartirish; 2) bir nomni boshqacha nomlash.
Sifatlovchi
aniqlovchi, odatda, aniqlanmishdan oldin keladi. Ba’zan tinglovchining
diqqati sifatlovchiga tortilganda, so‘zlovchi uning odatdagi tartibini o‘zgartirib,
sifatlanmishdan keyin keltiradi. Natijada sifatlovchi gapning boshqa bo‘laklaridan
boshqacha ohang bilan ajralib qoladi. Sifatlovchining ma’nosi odatdagi tartib bo‘yicha
qo‘llangan sifatlovchiga nisbatan bo‘rttiriladi, alohida ta’kidlanadi. Gapdagi eng ahamiyatli,
yangi axborot tashuvchi qismga aylanadi.
Tartibi o‘zgartirilgan, lekin sifatlovchilik xususiyatini saqlab qolgan sifatlovchi
aniqlovchilar ajratilgan bo‘lakka aylanadi: Bu o‘zbek yigiti –tanti, mehribon.
Rangi o‘chgan,
Umri kechgan kuz guli, Bir yoli pastroq egil gapida sifatlovchi
aniqlovchilar odatdagi tartibda qo‘llangan. – Kuz guli – Rangi o‘chgan, Umri kechgan
gapida esa ularning tartibi o‘zgartirilgan va ajratilgan bo‘lakka aylangan.
Ajratilgan sifatlovchi aniqlovchilar yozuvda boshqa bo‘laklardan doimo vergul bilan,
agar sifatlovchi aniqlovchilarni o‘zi uyushgan bo‘lib, ichida vergul bilan ajratilgan bo‘lsa,
ajratilgan bo‘lak boshqa bo‘laklardan tire bilan ajratiladi.
Nutq jarayonida ko‘pchilikka noma’lum bo‘lgan so‘zni tinglovchiga tushunarli bo‘lish
uchun uning yoniga ma’lum bo‘lgan so‘zni qo‘yib bayon qilish mumkin. Bu esa bir nomni
boshqacha nomlash sanaladi:Julqunboy – Abdulla Qodiriy mening eng sevimli adibim.
Lingvistika – tilshunoslik mening sevgan fanim bo‘ladi.
Ba’zan ma’nosi umumiyroq bo‘lgan so‘zning ma’nosini aniqlashtirish uchun uning
yoniga konkretroq, aniqroq ma’no bildiruvchi so‘z keltiriladi: Bog‘chadagi do‘stimni –
Qodirni ko‘rib qoldim.
Ayrim hollarda esa ma’lum bir narsa boshqa narsaga o‘xshatilib, ularning nomi yonma-
yon ishlatiladi: Shu farzandimni – ko‘zim qorasini –elning ardog‘ida bo‘lishini xohlayman.
Natijada bir tushunchaning ikkita nomi vujudga keladi. Ikkita nom bo‘lishi, har ikki
nomning bir xil so‘roqqa javob bo‘lishi, har ikkisining ham
bir xil grammatik shaklda
bo‘lishi bilan bunday ajratilgan bo‘laklar uyushgan bo‘laklarga o‘xshaydi.
Solishtiring: Unda, Halimning ukasida, qiziqarli kitoblar ko‘p. Bu gapdagi unda,
Halimning ukasida bo‘laklariikki kishini bildirsa va sanash ohangi bilan talaffuz qilinsa,
uyushgan bo‘lak,
bir kishini bildirib, ikkinchisi birinchisidan biroz to‘xtamdan so‘ng
pastroq ohang bilan talaffuz qilinsa, ajratilgan bo‘lak bo‘ladi.
Gapning hamma bo‘laklari ajratilishi mumkin. Qaysi gap bo‘lagining so‘rog‘iga javob
bo‘lsa, ajratilgan bo‘lak o‘sha gap bo‘lagining nomi bilan yuritiladi.
Ular boshqa bo‘laklardan maxsus to‘xtam bilan ajralib, gap urg‘u (mantiqiy urg‘u)sini
oladi:
Tursunali akaga, shunday katta olimga, kuyov bo‘lish hazil gap emas. (Bu gapda
birinchi axborot Tursunali akaga kuyov bo‘lish hazil gap emasligi gapning asosiy qismi
orqali, ikkinchi axborot esa Tursunali akaningkatta olimligi ajratilgan bo‘lak
orqali
ifodalangan). Soraxon shuncha kundan beri yetolmagan niyatga –Roziyani avvalgiday
go‘zal, shod ko‘rish niyatiga– Sattor bir lahzada yetdi.Sizga, o‘rta bo‘yli qizga, atlas juda
yarashibdi.
Ajratilgan bo‘laklar tuzilishiga ko‘ra quyidagicha bo‘ladi:
a) bir bo‘lak holida: Boyagi yigitning, Avazning, qo‘li gul ekan.
b) birikmali bo‘lak holida: Shu kuni kechqurun, daladan qaytishda, qori Siddiqjonga
hamroh bo‘lib qoldi.
Ajratilgan bo‘lak o‘zi izohlayotgan bo‘lakdan doimo keyin keladi va yozuvda vergul,
tire va ba’zan qavs bilan ajratiladi.
Ajratilgan bo‘laklar, gapdagi qaysi bo‘lakka oid ekanligiga ko‘ra, quyidagi turlarga
bo‘linadi:
ajratilgan hol, ajratilgan aniqlovchi, ajratilgan izohlovchi (ega), ajratilgan
to‘ldiruvchi, ajratilgan kesim.
Ajratilgan hol o‘zidan oldin kelgan holning ma’nosiga aniqlik kiritadi, izohlaydi.
Ajratilgan bo‘lak vazifasida ko‘pincha o‘rin, payt hollari keladi: Hu ana shu joyda, taxta
ko‘prikning ostida, kichik bir buloq bor. Bundan o‘n
yil oldin, 1988-yilda, o‘qishni
tamomlagan edim.
Ajratilgan to‘ldiruvchio‘zidan oldin kelgan to‘ldiruvchining ma’nosini izohlaydi, unga
aniqlik kiritadi. Vositasiz to‘ldiruvchi ham, vositali to‘ldiruvchi ham ajratilgan bo‘lak
sifatida qo‘llanishi mumkin: Nasihatimni, otangning so‘zini, esingda tut (vositasiz
to‘ldiruvchi).Xatni uning o‘ziga, Muqaddasga, bering (vositali to‘ldiruvchi).
Ajratilgan aniqlovchishaxs yoki narsaning belgisini, kimga yoki nimaga qarashliligini
ta’kidlab, ayirib ko‘rsatish uchun qo‘llanadi: Qobil bobo, yalangbosh, yalangoyoq, eshik
yonida dag‘-dag‘ qaltirardi. Bizning, o‘quvchi yoshlarning,o‘zimizga yarasha or-nomusimiz
bor.
Ajratilgan izohlovchilar, asosan, izohlanmishdan keyin keladi va o‘ziga
xos ohang
bilan aytiladi.Ajratilgan izohlovchilar ko‘pincha egaga taalluqli bo‘ladi: O‘g‘lim,
qo‘zichog‘im, orom olib uxlayapti, – dedi ona. Birozdan so‘ng Hasan aka,fizika
o‘qituvchisi, kirib keldi.
Ajratilgan kesim: Uyda ko‘p ish qildi – supurdi, kir yuvdi, tozaladi.