Gapiruvchi daraxt



Download 0,6 Mb.
bet2/3
Sana24.09.2019
Hajmi0,6 Mb.
#22560
1   2   3
Bog'liq
Gapiruvchi daraxt

O’g’illarim, men qarib-qartayib qoldim, — deb­di,— orangizdan bittangiz oila boshlig’i bo’lishingiz kerak. Kim aqlli va davlatmand bo’lsa, u menga merosxo’r bo’ladi. Har qaysingiz menga aqlli va davlatli ekanligingizni ko’rsating.

Eng katta o’g’il  zumrad ko’zli oltin uzuk taqqan qo’lini uzatib:

Mana mening boyligim, boy odamda aql ham bo’ladi, — debdi.

Ikkinchi o’g’li zarbof choponini kiyib ko’rsatibdi:

Shu paytda meni ko’rgan kishi boyligimga va aqlimga qoyil bo’ladi, — debdi.

Uchinchi o’g’li kumush va javohirlar qadalgan kamarini beliga bog’lab:

Hech kim umrida bunday kamarni ko’rgan emas, — debdi.

Chol boshini chayqab, katta o’g’illariga hech nima demabdi. Kenja o’g’liga qarab:

Nega sen indamaysan? Sen qaysi boyliging bilan maqtanasan? — debdi.

Menda zumrad ko’zli uzuk ham yo’q, zarbof chopon ham yo’q, qimmatbaho kamar ham. Lekin mehnatkash qo’lim bor, botir yuragim, aqlli boshim bor, — debdi.

Kenja o’g’ilning javobi cholga yoqibdi, bor- yo’g’ini unga meros qoldiradigan bo’libdi. Katta o’g’illariga esa uning so’zidan chiqmaslikni tushuntiribdi.

Tulkining jazosi



 

Kunlarning birida bir gala tovuq tulkining ustidan ayiqqa arz qilib boribdi.


– Taqsir, tulkining dastidan kun ko‘rolmayapmiz. U hech kimdan tap tormaydi. Hatto sizning ham yuz xotiringizni qilib, bir og‘iz so‘ramay, tovuqlarni qirgani-qirgan.

– Voy, yaramas-ey, – debdi ayiq g‘azablanib. – Men u muttahamning ta‘zirini beraman.


U darrov tulkini chaqirtirib kelibdi.
– Men sizning biqiningiz yerga botmasin deb paryostiq qilish tashvishi bilan yurgan edim, – debdi tulki va qo‘ltig‘idagi yostiqni darrov ayiqning yonboshiga qo‘yibdi. – Bu miyasi yo‘q tovuqlar sizning g‘amingizda yurganimni bilmay, ustimdan arz qilishibdi.
Ayiq yostiqqa suyanib, tovuqlarga o‘shqiribdi.
-Qani, ko‘zimdan yo‘qolinglar. Ikkinchi bunaqa bema’ni gap bilan miyamni qotirmanglar.
Shu kuni kechasi yana ikki tovuqning sho‘ri quribdi. Tovuqlar endi bo‘rining oldiga arzga borishibdi.
– Tulkining dastidan aziyat chekayapmiz. Yordam bering, – deyishibdi ular. Bo‘ri shu zahoti tulkini topdirib kelibdi.
– Bo‘ri janoblari, men tuni bilan mijja qoqmay sizga paryostiq tayyorladim, – tulki bo‘rining yonboshiga yostiq qo‘yibdi. – Bu nodonlar sizning g‘amingizda yurganimni bilmay, ustimdan arz qilishibdi.
Bo‘ri tovuqlarni tiriqtirib quvibdi. «Tulki o‘z ishini bilib qiladi», deb urishibdi. Shu kuni kechasi uch tovuqning sho‘ri quribdi. Ertasiga tovuqlar tozi itga arzga borishibdi. Tulki unga ham paryostiq olib boribdi. Biroq tozi it yostiqqa qarab ham qo‘ymabdi.
– Bu shum tulkining sho‘rini quritinglar, – degan ekan, itlar tulkini rosa talashibdi. – Uni cho‘lga quvinglar. Bo‘lmasa u tovuqlarni qiyratib, patidan paryostiq tayyorlab, ishini bitirib yuraveradi.
Shu-shu tulki cho‘lga badarg‘a qilinibdi. Adolatli tozi itdan qo`rqib haligacha u bor joyga yaqin yo‘lamas ekan.

Aldoqchi hakka



 O'qildi: 4 350

Bir bor ekan, bir yo’q ekan, qadim zamonlarda g’oz karnaychi ekan, o’rdak surnaychi ekan. Qaldirg’och to’quvchi, tovus tikuvchi ekan. Tikuvchi bo’lganda ham shunday chevar ekanki, tikkan ko’ylaklari o’zi kiygan kiyimidan ham go’zal va nafis chiqarkan. Qo’shnilar u tikkan ko’ylaklarni kiyib, gul-gul ochilib, og’izlaridan dur sochilib, tovusxonimga minnatdorchilik bildirsalar, xonim kamtarlik bilan:
— Qo`limdan kelgani shu bo’ldi-da, o’rgilaylar. Ishim sizlarga yoqqanidan baxtiyorman. Yana kelib turinglar! — deya mijozlarini muloyimlik bilan kuzatar ekan. Mijozlarining gaplaridan ruhlanib, yanada zavq-shavq bilan tikuv mashinasiga o’tirar ekan. Tovusxonimdan nariroqda ishxona ochgan Hakka esa xonimning aksi, tezroq boyish maqsadida ishni chala-chulpa bitirar, tikkan kiyimlarining qiyshiq qopday xunuk chiqishiga e’tibor qilmas ekan.Aybini tuzatish o’rniga, buyurtmachilar bilan janjallashar ekan. Tovusdan o’rganish qayoqda deysiz, uni ko’rgani ko’zi yo’q, g’iybatchi yapaloq qushlarni unga qarshi qo’yarkan. Yapaloq qushlar yo’l chetiga o’tirib olib, o’tgan ketganlarga: «Hoy, bilasizmi, Hakkaxon shunday zo’r tikuvchi bo’libdiki, unaqasi olamda yo’q. Tovus ham o’z nazarida «tikuvchiman» deb yuribdi-da, kiyimingizni buzib beradi! Ko’ylagingiz bo’lsa Hakkaxonga olib boring!» – deb tashviqot qilishsa ham, qushlar aldoqqa uchishmas, Tovusxonlaridan aynishmas ekan! Hakkaga alam qilganidan, kuyib ozib-to’zib ketibdi. Oxiri boshqa tomonga ko’chib ketishga majbur bo’libdi. Lekin borgan joyida ham Tovusning maqtovi emish! G’azabdan o’zini qayerga qo’yishni bilmay, so’rab-surishtirsa, bu yerdagilar Tovusning o’zini ko’rishmagan, faqat ta’rifinigina eshitishgan ekan. Tovusdan ko’ylak tiktirib kiyishga juda orzumand ekanlar! Hakka o’zicha: «Mening egnimdagi kiyimim ham Tovusning kiyimiday rangdor, o’zimni Tovusman, deb tanitsam bo’lmaydi- mi? Bu soddalardan pul o’marganim g’animat!» – deb o’ylabdi-da, katta taxta topib, unga yirik harflar bilan: «Ko’ylak tikishning tengsiz ustasi Tovusxonim Dovudshoh qizi ishxona ochdi. Eng go’zal ko’ylaklar tikish hunarimni namoyish etmoqchiman. Buyurtmachilar, marhamat qilinglar!» – deb yozib, uyi tepasiga o’rnatib qo’yibdi. Buni ko’rgan qushlar hovliqib-shoshilib, matolarini qo’ltiqlab uchib kela boshlashibdi. Lekin uning qing’ir-qiyshiq tikkan kiyimlarini ko’rib hayratdan yoqa ushlashibdi: «Voy, tavba. Tovusxonim, deganlari, nahotki, shu noshud, olazarak yulg’ich bo’lsa!» – deb jig’ibiyron bo’lishibdi. Janjal ko’tarishibdi. Tepadan uchib o’tayotgan ikki sayohatchi o’rdak bu gaplarni eshitib, baland ovoz bilan:
– Kir-rak, kir-rak… iya, shu aldoqchining tuzog’iga ilinibsizda, bu, axir. Tovus emas, pana joylarda pusib yuruvchi fltnachi Hakka-ku! — deya qichqirishibdi.
Qushlar aldanganliklarini bilgan hamono Hakkani cho’qib, patlarini to’zitib, o’rmonlaridan haydab yuborishibdi. Hunarni puxta o’rganib, g’ayrat, vijdon bilan mehnat qiluvchi kamtarin Tovusxonim esa hamon hurmat va izzatda emish.

Podsho bilan to‘ti



Qadim zamonda bir podsho bo‘lib, uning yaxshi ko‘rgan bir to‘tisi bor ekan. Podsho va to‘ti bir-birini ko‘rmasa turolmas ekan. To‘ti doimo podshoga mehribonlik ko‘rsatib, unga shirin so‘zlarni aytar, uni xursand qilar ekan.


Download 0,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish