Gapda uch XIL gap bo`lagining uyushishi kuzatiladi. Yasama



Download 39 Kb.
Sana18.04.2022
Hajmi39 Kb.
#560175
Bog'liq
ona tili 11


1 1) Dasturchi, 2) viloyat, 3) ahdnoma, 4) nohukumat, 5) vazir, 6) kompyuterlashtirish, 7) qadriyat, 8) hokim, 9) jarroh, 10) ma’naviyat, 11) zobit, 12) tashxis, 13) tijorat, 14) tuman. Yuqorida berilgan so‘zlar orasidan “til tabiatiga uyg‘un tarzda zimmasiga yangi ma’no yuklanayotgan” so‘zlarni aniqlang.

  1. 1, 3, 4, 6

  2. 2, 5, 7, 10, 13

  3. 2, 5, 8, 11, 14

  4. 7, 9, 12, 13

2 E’tibor berganmisiz yo‘qmi, bilmadim-ku, sizning sadoqatda tengsiz do`stingiz bor. Qachon xohlasangiz, siz bilan hamsuhbat bo`ladi. Shod paytingizda quvonchingizga quvonch qo`shadi. G`amgin pallada dardingizni oladi. Yuqorida keltirilgan gapda ko`makchi morfemalar tarkibida necha o`rinda portlovchi jarangli undoshlar qatnashgan?

  1. 24 o`rinda

  2. 23 o`rinda

  3. 18 o`rinda

  4. 25 o`rinda

3. Uyat eng shafqatsiz qonundan ham kuchliroq, qudratliroqdir. Qonun faqat ko`zi tushganda, shubha paydo qilgandagina jinoyatchining qo`lini ushlaydi, yo`lini to`sadi. Uyat esa hamisha odobsiz, axloqsiz jinoyatchining tepasida turib, nojo`ya ish qilish uchun qo`l ko`targani yo`l qo`ymaydi. Matn haqida berilgan hukmlardan nechtasi to`g`ri? 1. Gapda uch xil gap bo`lagining uyushishi kuzatiladi. 2. Yasama so`z bilan ifodalangan uyushiq aniqlovchilar yasama so`z bilan ifodalangan so`zga tobelangan. 3. Gapda murakkab hollarning uyushishi kuzatilmaydi. 4. Gapda qatnashgan yasama sozlarning barchasi affiksatsiya usuli bilan yasalgan. 5. Gapda uch o`rinda sifat boshqaruvi uchraydi. 6. Ikki o`rinda nomustaqil hol qo`llangan. 6. Bir o`rinda ega otlashgan sifatdosh shakli bilan ifodalangan.

  1. Barchasi

  2. Uchtasi

  3. Ikkitasi

  4. To`rttasi

4. Quyidagilar orasidan mazmuniy bog`lilikni yuzaga keltiradigan vositalar to`g`ri ko`rsatilgan qatorni toping.
A) demak, shunday ekan, shunday qilib, bundan tashqari, xullas kabi kirish so`zlar.
B) qayd etmoq joizki, aniqki, ta’kidlamoq joizki, yuqorida aytib o`tilgani kabi tarzidagi sintaktik qurilmalar.
C) leksik takrorlar, ko`rsatish, uchinchi shaxs shaklidagi kishilik olmoshlari.
D) demak, shunday ekan kirish so`zlari, ko`rsatish, uchinchi shaxs shaklidagi kishilik olmoshlari
5. Yaxshiboyev hozir o`zi gaplashgan yigitning qiyofasini ko`z oldiga keltirdi// yoshi qirqda// lekin nari borsa// o`ttizlik ko`rinishi bor// qomatdor, xipcha, sochlari orqaga taralgan// silliq taralib// ustidan lok sepilgan// Yuqoridagi gapda necha xil tinish belgisidan foydalaniladi?
A) uch xil
B) ikki xil
C) to`rt xil
D) besh xil
6. Qaysi qatorda qismlaridan biri fonetik hodisaga uchragan yasama so`z bo`lgan qo`shma so`z ishtirok etgan?
A) Boychechak, qaldirg`och bahor faslining ilk darakchilaridan hisoblanadi.
B) Yig`ilishda o`rinbosar etib hech kim saylanmadi, chunki hech kim bir qarorga kelolmadi.
C) Qishloqda kuz pallasi tomsuvoq qilish udumi bo`lardi.
D) U o`zini oqlash uchun sanoqsiz bahonalarni aytib tashladi.
7. Qaysi qatorda “Izzat-hurmat qilishni me’yoridan o`tkazib yubormoq” ma’nosini anglatadigan ibora to`ldiruvchi vazifasida kelgan?
A) U onasidan qolgan yagona esdalik-suratni ko`z qorachig`iday asrab-avaylaydi.
B) Bolalar ustozlarini juda ham hurmat qilishadi, boshlariga ko`targuday e’zozlashadi.
C) Xizmatchi o`z xojasining soyasiga ko`rpacha solishga ham tayyor holda turardi.
D) Ayol, bechora, bolasi uchun shu besh so`m pulini tishining kovagida saqlab kelyapti.
8. Qaysi qatorda so`z qo`llash bilan bog`liq xatolikka yo`l qo`yilib, nutq aniqligiga putur yetkazilgan?
A) Uzoqda, tog`ning shundoq etagida ko`m-ko`k moviy dengiz quyosh nurlari ostida toblanib yotibdi.
B) Ishning bunday sur’atda ketayotganini ko`rgan Xalilov ham shoshib qoldi hatto.
C) Ha, menda bunday rasimlardan hali ancha bor ekan.
D) Bunday ganjni, bunday katta xazinani qayerga qanday yashirish mumkin.
9. 1. Hozir shevalarda uchraydigan loy chapti, adabiy tildagi betga chopar degan iboralarda ham chopmoq fe’lining tub ma’nosi nazarda tutilgan.
2. Tavsifdan kishida tasavvur paydo bo`ladi, tasvirdan esa inson miyasida tushuncha vujudga keladi.
3. Nutqning jo`yaliligi- so`zning tildagi ma’nosiga tamomila muvofiq tarzda qo`llanishi, so`zning voqelikdagi o`zi ifodalayotgan narsa-hodisa bilan qat’iy mosligi asosida yuzaga keladigan kommunikativ sifatdir.
4. G`arbdan esgan yel eski kitoblarda dabur deyilgan, ammo bu so`z hozirgi kunda dovul shaklini olgan va vayronalik keltiradigan kuchli shamolni anglatadigan so`zga aylangan.
5. “Hayratomiz” “hayrat o`rgatar” degan ma’noni ifodalaydi.
6. Metafora, metonimiya, sinekdoxa ko`chimlarning bir turi hisoblanadi. Yuqorida berilgan hukmlardan nechtasi to`g`ri emas?
A) Barcha hukmlar to`g`ri
B) ikkitasi
C) to`rttasi
D) uchtasi
10. Manglayi tirishar zinapoyaning,
Panjara kuylaydi misoli chiltor.
Terlab ketganini ko`rsang oynaning …
Hamma narsa seni kutar intizor. (I.Mirzo) Yuqoridagi she’rda ma’nosi metafora usulida ko`chgan nechta so`z bor va ular gapda qanday sintaktik vazifa bajargan?

  1. Uchta; ega, kesim, to`ldiruvchi

  2. Ikkita; kesim, to`ldiruvchi

  3. Uchta; ega va kesim

  4. Ikkita; aniqlovchi, hol

Download 39 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish