O‘rin ergash qismli qo‘shma gapshakl
O‘rin ergash qismli qo‘shma gapshakllarda ergash qism bosh gapshakldan anglashiladigan harakatholatning voqe bo‘lish o‘rnini aniqlashtiradi; ergash qism kesimi sa affiksi bilan shakllanadi, bosh gapshakl tarkibida o‘rin, jo‘nalish kelishigidagi shu yer, o‘sha yer birikmasi, ergash qismda esa shu birikmaga muqobil holatda o‘rin, chiqish, jo‘nalish kelishigidagi qayer, qayoq olmoshi, ba'zan qay tomon birikmasi qatnashadi: Ko‘z qayerda bo‘lsa, mehr ham o‘sha yerda (Maqol). Katta kema qayoqqa yursa, kichik kema ham shu yoqqa yuradi (Maqol). Shamol qaysi tomonga essa, maysalar ham o‘sha tomonga egiladi kabi.
Ergash qism kesimi sifat, kesimlik leksemasi bilan ifodalansa, bo‘l yordamchisi, ba'zan ekan affiksoidi qatnashib shakllanadi: Qayerda adolat ustun bo‘lsa, shu yerda hayot farovon bo‘ladi. - Qayerda adolat ustun ekan, shu yerda hayot farovon bo‘ladi kabi va b.
Maqsad ergash qismli qo‘shma gapshakl
Bunday sintaktik qurilmalarda ergash qism bosh gapshakldan anglashiladigan harakatholatning qanday maqsad bilan ro‘y berishini bildiradi.
Maqsad ergash qismli qo‘shma gapshakllar nutqda juda oz ishlatilib, ergash qism kesimi "fe'l leksema bo‘lishli/bo‘lishsiz shakl yasovchisi a/й man de sa tuslovchi" tarzida shakllanadi: [imoratni qulashdan] Тo‘sib qolaman desang, bosib tushib, o‘zingni ham parchaparcha qilib tashlashidan qo‘rqar ekansan (O‘tkir Hoshimov) kabi.
Bunday qo‘shma gapshakl tarkibidagi ergash qism kesimi "fe'l leksema bo‘lishli shakl moqchi bo‘l sa tuslovchi" tarzida ham shakllanadi: Imoratni qulashdan saqlamoqchi bo‘lsang, bosib tushib, o‘zingni ham parchaparcha qilib tashlashidan qo‘rqar ekansan kabi va b.
Ega ergash qismli qo‘shma gapshakl
Ega ergash qismli qo‘shma gapshakllarda ergash qism bosh gapshakl tarkibidagi egani aniqlashtiradi; ergash qism kesimi sa 2 affiksi bilan shakllanadi, bu qism tarkibida bosh kelishikdagi u, o‘sha kabi olmosh bosh gapshakl tarkibidagi kim, nima kabi olmoshga mutanosib holatda ishlatiladi, bunday olmoshga ba'zan ki ta'kid yuklamasi qo‘shilib keladi: Kimki halol mehnat qilsa, u albatta obro‘ topadi (Maqol). Qozonga nima tushsa, cho‘michga o‘sha chiqadi (Maqol) kabi va b.
Qaratuvchi ergash qismli qo‘shma gapshakl
Qaratuvchi ergash qismli qo‘shma gapshakllarda ergash qism bosh gapshakl tarkibidagi qaratuvchini aniqlashtiradi; ergash qism kesimi sa 2 affiksi bilan shakllanadi, bu qism tarkibida qaratqich kelishigidagi kim olmoshi, bosh gapshakl tarkibida esa unga muqobil ravishda u kishilik olmoshi, o‘sha ko‘rsatish birligi qatnashadi: Kimning lafzi halol bo‘lsa, uning yuzi doim yorug‘ bo‘ladi (Maqol). Kimning aravasiga tushsang, o‘shaning qo‘shig‘ini aytasan (Maqol) kabi va b.
Qiyos va o‘xshatish ergash qismli qo‘shma gapshakllarda ergash qism bosh gapshakldan anglashiladigan harakat-holatga xos belgini qiyoslash, o‘xshatish yo‘li bilan aniqlashtiradi.
Qiyos ergash qismli qo‘shma gapshakllar quyidagicha tuziladi:
1. Qo‘shma gapshakl qismlari ki bog‘lovchisi bilan bog‘lanadi, bu bog‘lovchi bosh gapshaklga qo‘shiladi; bosh gapshakl tarkibida shunday, shunaqangi, shunchalik, shu qadar kabi olmosh qatnashadi, ergash qism ana shu olmoshga nisbat berilayotgan belgining qandayligini qiyoslab anglatadi. Bunday bosh gapshakl tarkibini quyidagicha yozib ko‘rsatish mumkin: "shunday X kesim leksemashakl ki, .."
Bu tur sintaktik qurilmalarda bajaruvchining holati, eganing ifodalanishi quyidagicha:
I) Bajaruvchi boshqa-boshqa bo‘ladi:
a) Ega har ikki qismda ifodalanadi: Bu mishmishlar shunday xunuk, shunday mudhish ediki, Latofat qishloqdan bosh olib chiqib ketmoqchi bo‘lgan vaqtlari ham bo‘ldi (Odil Yoqubov). Bu safar tutqich shunaqangi kuchli zarb bilan biqinimga urildiki, ko‘zimdan olov chiqib ketdi (O‘tkir Hoshimov). Umar zakunchi ko‘zimga shunchalik dag‘dag‘a bilan chaqchaydiki, tilim aylanmay qoldi (O‘tkir Hoshimov) kabi.
b) Ega birinchi qismda ifodalanadi: Shu payt ikkovi ham shunday chiroyli, shunday baxtiyor ko‘rindiki, hayron bo‘lib yoqamni ushladim (Pirimqul Qodirov) kabi.
d) Ega ikkinchi qismda ifodalanadi: Borabora shunaqangi joningdan to‘yib ketasanki, qilich taningni boshingdan tezroq juda qilishiga orzumand bo‘lib qolasan (O‘tkir Hoshimov) kabi va b.
2) Bajaruvchi aynan bo‘ladi:
a) Ega birinchi qismda ifodalanadi: Zangori osmon ham shunday tiniq, shunday beg‘uborki, ko‘zni oladi (Oybek) kabi.
b) Ega har ikki qismda ifodalanmaydi: Bu safar shu qadar shiddatli yaltiradiki, osmonni ikki bo‘lakka tilimlab tashlagandek bo‘ldi (O‘tkir Hoshimov) kabi va b.
2. Qo‘shma gapshakl tarkibidagi ergash qismning kesimi sa 2 affiksi bilan shakllanadi, bu qism tarkibida qancha, qanchalik, qanday olmoshi, bosh gapshakl qismida esa shunga mutanosib holda shuncha, shunchalik, o‘shanday kabi olmosh, ba'zan ko‘p ravishi qatnashadi: Nigor opa orzulari puchga chiqqaniga qancha kuysa, o‘g‘li-ning ahvolini ko‘rib undan ham ko‘proq o‘rtanar edi (Hamid G‘ulom). Paxtaga qanchalik ko‘p ishlov berilsa, shunchalik ko‘p hosil olinadi. Ilgari qanday berilib ishlagan bo‘lsak, hozir ham shunday ishlayapmiz kabi.
Bunday qo‘shma gapshakl ba'zan nisbiy olmoshlar qatnashmagan holda, belgi ma'nosini anglatadigan leksemaning o‘zini qiyoslab ishlatish bilan tuziladi: Paxta ishi og‘ir desam, ilm mehnati undan ham og‘irroq ekan (Hamid G‘ulom) kabi va b.
O‘xshatish ergash qismli qo‘shma gapshakllarning qismlari ki bog‘lovchisi bilan bog‘lanadi; ergash qism kesimi tarkibida day o‘xshatish affiksoidi, bu qism boshlanishida esa ko‘pincha go‘yo, xuddi yordamchilari qatnashadi: Shamol shu qadar kuchli esdiki, go‘yo daryo suvi teskari oqayotgandek bo‘ldi kabi va b.
Bunday sintaktik qurilmada ergash qism bosh gapshakl tarkibida olmosh bilan ifodalangan to‘ldiruvchini aniqlashtiradi. Ba'zan bosh gapshakl tarkibida bunday to‘ldiruvchi ifodalanmaydi.
Тo‘ldiruvchi ergash qismli qo‘shma gapshakllar quyidagicha tuziladi:
1. Qo‘shma gapshakl qismlari ki bog‘lovchisi bilan bog‘lanadi, bog‘lovchi bosh gapshaklga qo‘shiladi; ergash qism bosh gapshakl tarkibida to‘ldiruvchi bo‘lib kelgan olmoshni aniqlashtiradi.
Bunday qurilmalarda bajaruvchi asosan boshqaboshqa bo‘ladi:
a) Ega ikkinchi qismda ifodalanadi: Shuni unutmangki, halol mehnat bilan topilgan nonning ta'mi o‘zgacha bo‘ladi kabi.
b) Ega har ikki qismda ifodalanmaydi: Ko‘rib turibsizki, Umidaning qissasini ham boshdan aytib bermasam bo‘lmaydi kabi.
2. Ergash qismning kesimi -sa 2 affiksi qatnashgan holda shakllanadi; bunday ergash qism bosh gapshakl tarkibida to‘ldiruvchi bo‘lib kelgan olmoshni aniqlashtiradi.
Bunday qurilmalarda bajaruvchi asosan aynan bo‘ladi, ega ko‘pincha ifodalanmaydi: Nimani eksang, shuni o‘rasan (Maqol). Kimda gumoning bo‘lsa, uni ko‘zdan qochirma (Oybek). Kimki bo‘lsa dilozor, undan elu yurt bezor (Maqol). Ikki misol tarkibida vositasiz to‘ldiruvchi, uchinchi misol tarkibida vositali to‘ldiruvchi qatnashgan va b.
Sifatlovchi ergash qismli qo‘shma gapshakllarda ergash qism bosh gapshakl tarkibidagi sifatlovchini aniqlashtiradi. Bunday sifatlovchi turli sintaktik vazifada kelgan ot, sifat leksemalarga bog‘langan bo‘ladi.
Sifatlovchi ergash qism bosh gapshaklga ki bog‘lovchisi orqali bog‘lanadi:
I) Bosh gapshakl tarkibida shunday, shunaqa kabi sifat olmosh qatnashadi: Bilmadim, dunyoda shunaqa narsalar bo‘ladiki, birovga tushuntirish u yoqda tursin, o‘zing ham tushunmaysan (O‘tkir Hoshimov). Oydinli qish kechasi shunday go‘zal, shunday ulug‘vorki, hatto xizmatkorlarning xarob kulbasi ham allaqanday bejirim manzara yasaydi (Oybek) kabi. Birinchi jumlada shunaqa sifat olmoshi ega vazifasida kelgan narsalar leksemashakliga, ikkinchi jumlada esa shunday sifat olmoshi uyushiq qator hosil qilib kelgan kesimga bog‘langan.
2) Bosh gapshakl tarkibida hech bir inkor olmoshi, biror gumon olmoshi qatnashib, kesimi yo‘q kesimlik leksemasi bilan, shunga monand ravishda ergash qismning kesimi ma sin affikslari tizmasi bilan ifodalanadi: Тoshkentda hech bir katta ko‘cha yo‘qki, unda dorixona bo‘lmasin kabi va b.
Kesim ergash qismli qo‘shma gapshakllarda ergash qism bosh gapshaklga ki bog‘lovchisi bilan bog‘lanadi; ergash qism bosh gapshaklning ko‘rsatish birligi, olmosh bilan ifodalangan kesimini aniqlashtiradi; bunday kesim vazifasida shu ko‘r-satish birligi, shunday sifat olmoshi keladi: Ilgarigi vaqtlardan qolgan bir odat shuki, g‘ayir cho‘ponlar yovlashsa, birbiridan qo‘y o‘g‘irlaydi (Pirimqul Qodirov). Xalqimiz qadimdan shundayki, bevabechoraga doim yordam qo‘lini cho‘zadi kabi va b.
Natija ergash qismli qo‘shma gapshakllarda ergash qism bosh gapshakldan anglashiladigan harakatholatning amalga oshishi bilan yuzaga keladigan voqelikni anglatadi; bunday qo‘shma gapshakl qismlari ki bog‘lovchisi bilan bog‘lanadi, bosh gapshakl tarkibida shunday, shunaqangi, shu qadar, chunonam kabi belgi ifodalovchi birliklar, ergash qismda ba'zan oqibatda, natijada kabi leksemashakllar qatnashadi.
Bunday qo‘shma gapshakllar qismlarining kesimi quyidagicha shakllanadi:
Ergash qismning kesimi bosh gapshakl kesimiga monand holda o‘tgan yoki hozirgi zamon shaklidagi fe'l leksemashakl bilan ifodalanadi: Kechga borib shunday kuchli bo‘ron ko‘tarildiki, daraxtlarni ildizi bilan qo‘porib tashladi kabi.
Ba'zan bosh gapshakl kesimi buyruq maylining I shaxs affiksi bilan, ergash qismning kesimi esa buyruq maylining III shaxs affiksi bilan shakllanadi: Shunday samarali mehnat qilaylikki, boshqalarning havasi kelsin kabi.
3. Ergash qism kesimi kesimlik leksemashakli bilan ifodalanadi, bunda bosh gapshakl kesimi buyruq maylining III shaxs affiksi bilan shakllanadi: Ishni shunday tashkil qilish lozimki, hech kimda norozilik tug‘ilmasin kabi va b.
Sabab ergash qismli qo‘shma gapshakllarda ergash qism bosh gapshakldan anglashiladigan harakatholatning voqe bo‘lish sababini anglatadi.
Sabab ergash qismli qo‘shma gapshakllar quyidagicha tuziladi:
I. Sabab ergash qism boshlanishida chunki bog‘lovchisi ishlatiladi. Bunda baja-ruvchining holati, eganing ifodalanishi quyidagicha:
I) Bajaruvchi boshqaboshqa bo‘ladi:
a) Ega har ikki qismda ifodalanadi: U kelin bo‘lib borgusi oilaning boyligini o‘ylamagan, chunki bu narsa u uchun ochiq-oydin edi (Oybek). Hulkar yashirolmaydi, chunki Xolbek Avazga "Xotiningdan so‘ra" deb sirni ochib qo‘ygan (Pirimqul Qodirov) kabi.
Ba'zan ergash qism bosh gapshakldan to‘liq to‘xtam bilan ajratib talaffuz qilinadi, shunga ko‘ra bunday qismdan oldin yozuvda nuqta qo‘yilib, ergash qism bosh harf bilan boshlab yoziladi; lekin bunga qaramay bu qismlar birgalikda qo‘shma gapshaklga teng deyiladi: Nuriniso esa ichkari hovlidagi to‘rt uydan biriga - onasining uyiga kirdi. Chunki bu uy xoli edi (Oybek) kabi.
b) Ega birinchi qismda ifodalanadi: Kech soat to‘qqizlarda ko‘p xonadonlarda chiroq o‘chadi, radio tinadi, chunki ertalab beshda turish,oltida dalaga yurish kerak (Hamid G‘ulom) kabi.
d) Ega ikkinchi qismda ifodalanadi: .. ko‘nikishni boshdan kechirishga majbur, chunki muhabbat bog‘lagan erkak senga o‘zining yaltiroq tomonlarini ko‘rsatadi (Abdulla Qahhor) kabi.
2) Bajaruvchi aynan bo‘ladi:
a) Ega birinchi qismda ifodalanadi: Latofat bilan Obidov domla Haydarni ko‘rmas, chunki yonverlariga qarashmas .. edi (Odil Yoqubov) kabi. Bu misolda kesimlar tarkibidagi edi affiksoidi umumlashtirilgan.
b) Ega har ikki qismda ifodalanmaydi: Faqat .. oltin soatni olib tomosha qildi. Chunki qutiquti har nav oltinkumush bezaklar yig‘gan bo‘lsada, shu vaqtgacha soatsiz edi (Oybek) kabi. Bu yerda ergash qism to‘liq to‘xtam bilan ajratilib, bosh harf bilan boshlab yozilgan; lekin qo‘shma gapshakllik holati saqlangan (Bunday holat quyidagi misollarda ta'kidlanmadi).
2. Sabab ergash qism bosh gapshaklga shuning uchun yordamida bog‘lanadi. Bunday sintaktik qurilmalarda ergash qism oldin, bosh gapshakl keyin joylashadi, bosh gapshakl bog‘lovchi vosita tarkibidagi ko‘rsatish birligini aniqlashtiradi. Bunday qurilmalarda bajaruvchi boshqaboshqa bo‘ladi:
a) Ega har ikki qismda ifodalanadi: Bunday haqoratni hech bir yigit kechira olmaydi. Shuning uchun Xolbek ham Тurdi bilan mushtlashgan edi (Pirimqul Qodirov) kabi.
b) Ega birinchi qismda ifodalanadi: .. qiyinchilik bilan ajratilgan qo‘ylar u to‘pdan bu to‘pga chopib o‘tib yana qo‘shilib ketishar edi. Shuning uchun ikki suruvni birbiridan mumkin qadar uzoqqa haydashar edi (Pirimqul Qodirov) kabi.
3. Ba'zan sabab ergash qismli qo‘shma gapshaklning bosh gapshakl qismi ergash qismidan oldin joylashib, kesimiga ki bog‘lovchisi qo‘shiladi: Avvalo bunga shuning uchun muvaffaq bo‘la olmadiki, .. rostgo‘ylikni, hamdardlikni va hamkorlikni kelgusida birgalikda kechiriladigan hayotning asosiy sharti qilib qo‘ygan edilar (Hamid G‘ulom) kabi.
4. Sabab ergash qismga ba'zan ki bog‘lovchisi qo‘shiladi; bunday qismning kesimi bor kesimlik leksemasi, shu kabi ko‘rsatish birligi bilan ifodalanadi. Quyidagi qo‘shma gapshakllar qismlarida bajaruvchi boshqaboshqa bo‘lib, har ikki qismida ega ifodalangan: Davlatbekov bilan Ortiq borki, uni hech kim hech narsa qilolmaydi (Pirimqul Qodirov). Aziyat yetishining vaji shuki, Muxtorxon Samandar qo‘rboshiga yarog‘aslaha yetkazib turgan ekan (Abdulla Qahhor) kabi.
5. Sabab ergash qism kesimi sa kerak tarzida shakllanadi; bunda 'sabab' ma'nosi 'ehtimol' modal ma'nosi bilan birgalikda ifodalanadi. Quyidagi qo‘shma gapshakl qismlarida bajaruvchilar boshqaboshqa:
a) Ega har ikki qismda ifodalangan: Boshqalar ham shunday deb o‘ylasa kerak, na birov uni ziyofatga taklif qildi, na kuzatib qo‘ydi (Odil Yoqubov). .. bolalar sho‘xlik qilgan bo‘lsa kerak, bitta kreslo yonboshlab qolgan edi (O‘tkir Hoshimov) kabi.
b) Ega birinchi qismda ifodalangan: Saidiyning indamaganini Ehson rozilik deb tushungan bo‘lsa kerak, spektakl tamom bo‘lgandan keyin Saidiyni o‘z uyiga tomon boshladi (Abdulla Qahhor). Qiz, chamasi, o‘z qahramonining holatini tasavvur qilib ko‘rayotgan bo‘lsa kerak, chuqur o‘yga tolgan edi (O‘tkir Hoshimov) kabi.
Mana bu jumlada ergash qism bosh gapshaklning ichida ishlatilgan: Onasi Nigor opa, erini azbaroyi yaxshi ko‘rganidan bo‘lsa kerak, boshqa turmush qilmadi (Hamid G‘ulom) kabi va b.
1. "Ravish ergash gapli qo‘shma gap" deb talqin qilinadigan hodisalar asli gapshaklning transformasiga teng: gapshaklni hollovchi vazifasida ishlatish uchun kesimi tarkibi oxiridagi ayrim morfemalar qisman tashlanadi va almashtiriladi: Yuzlari qipqizil bo‘ldi. – gapshakl; yuzlari qipqizil bo‘lib [qaytib chiqdi] - gapshaklning hollovchi vazifasiga moslangan transformasi ("Sintaktik bo‘lakning transformatsiyalangan gapshakl bilan ifodalanishi" bahsiga qarang). Xullas, gapshakl b, may, masdan shakl yasovchilari bilan, shuningdek deb yordamchisi bilan transformatsiya qilinib, hollovchi vazifasida ishlatiladi; bunda tuslovchi tashlanishi bilan gapshaklga tenglik holati yo‘qoladi, ega esa transformaning ichki bo‘lagi holatida saqlanadi.
2. "Maksad ergash gapli qo‘shma gap" deb talqin qilinadigan hodisalardan deb(deya) yordamchisi, uchun ko‘makchisi bilan shakllanadigan qurilmalar asli gapshakl transformatsiyasiga teng: bu yerda gapshakl kesimi o‘zgartirilmagan holda deb(deya) qo‘shilib hollovchi vazifasida ishlatish uchun hozirlanadi: [(O‘qituvchi hikoya aytib berar) deb] bolalar bu yerga to‘planishdi. -Bolalar [(o‘qituvchi hikoya aytib berar) deb] bu yerga to‘planishdi. [(Oyimxon uyg‘anmasin) uchun] Xolmurod oyoq uchida borib o‘z o‘rniga yotdi (Parda Тursun). - Xolmurod [(Oyimxon uyg‘anmasin uchun] oyoq uchida borib o‘z o‘rniga yotdi kabi.
3. "Payt ergash gapli qo‘shma gap" deb talqin qilinadigan hodisalardan gan da (gan vaqtda), gandan keyin, gandan beri, gandan boshlab, ganga qadar, dan burun, sh i bilan shakl yasovchilari tizmasi bilan shakllanadigan qurilmalar asli gapshakl transformasiga teng bo‘lib, bu vositalar bilan gapshakl payt hollovchisi vazifasida ishlatishga hozirlanadi.
Payt ergash gapni shakllantiruvchi vositalar deb b, gach, guncha (ma)y affiks-lari ham ta'kidlanadi. Asli ravishdosh yasovchisi tuslanmaydi, fe'l leksemani, birikma-ni, gapshaklni payt hollovchisi vazifasida kelishga hozirlaydi.
4. "Chog‘ishtirish va o‘xshatish ergash gapli qo‘shma gap" deb talqin qilinadigan hodisalardan guncha, gandan ko‘ra, shdan ko‘ra, gani kabi, ganday morfemalari tizmasi bilan shakllangan qurilmalar gapshakl transformasiga teng bo‘lib, bu vositalar bilan gapshakl hollovchi vazifasida ishlatishga hozirlanadi: Qul bo‘lib yashaydi. -gapshakl; [(Qul bo‘lib yasha)shdan ko‘ra yashagandan ko‘ra] mard bo‘lib o‘lgan yaxshi (Maqol) kabi.
5. "Sabab ergash gapli qo‘shma gap" deb talqin qilinadigan hodisalardan b, (ma)y, gach morfemalari bilan shakllangan qurilmalar ham gapshakl transformasiga teng bo‘lib, bu vositalar bilan gapshakl sabab hollovchisi vazifasida ishlatishga hozirlanadi: Boyning so‘zi o‘tmadi, yerga kuchi yetmadi. - gapshakl; {(Boyning so‘zi o‘tma)y, (yerga kuchi yetma)y] qishloqdan chiqib ketdi (Po‘lkan) kabi.
6. "Тo‘siqsiz ergash gapli qo‘shma gap" deb talqin qilinadigan hodisalardan sh i ga qaramay qaramasdan, b, gan i holda tizmalari bilan shakllangan qurilmalar ham gapshakl transformasiga teng bo‘lib, bu vositalar bilan gapshakl hollovchi vazifasida ishlatishga hozirlanadi: Martabasi ulug‘. – gapshakl; martabasi ulug‘ bo‘lishiga qaramay - hollovchi va b.
Bog‘lovchi vositasiz tuziladigan qo‘shma gapshakllarning tarkib topishida hal etuvchi omil - gaplik ohangi. Asli bu omil bog‘lovchi vositalar bilan tuziladigan qo‘shma gapshakllarda ham qatnashadi, lekin birinchi o‘rinda bog‘lovchi vosita turadi. Bog‘lovchi vositasiz tuziladigan qo‘shma gapshakllarda esa gaplik ohangi hal etuvchi omil darajasiga ko‘tariladi.
Bog‘lovchi vositasiz tuziladigan qo‘shma gapshakllarda ikkinchi hal etuvchi omil - qismlarida bajaruvchilarning boshqaboshqa bo‘lishi. Agar kesim vazifasida kelgan birliklar ayni bir bajaruvchiga nisbat berilsa, bunday birliklar uyushiq qator bilan ifodalangan kesimga teng bo‘ladi (Misollari quyiroqda).
Bog‘lovchi vositasiz tuziladigan qo‘shma gapshakllar ikkiga guruhlanadi: teng sanaladigan qismli qo‘shma gapshakllar va aniqlashtiruvchi qismli qo‘shma gapshakllar.
Bunday qo‘shma gapshakllarning sodda gapshaklga teng qismlari
o‘zaro biri ikkinchisining mazmunini aniqlashtirmaydi, birbiriga tobelanmaydi, teng sanash ohangi bilan talaffuz qilinadi: .. avtobus keng charog‘on ko‘chadan yelib borar, odam to‘la yo‘lkalar, xiyobonlar, magazinlarning yorqin oynalari liplip o‘tar edi (Hamid G‘ulom) kabi.
Bu tur qo‘shma gapshakllarni uyushiq qator bilan ifodalangan kesimli sodda gapshakllardan farqlash lozim. Uyushiq qator bilan ifodalangan kesimda bajaruvchi aynan bo‘ladi, uyushiq qatorni hosil etuvchilar ayni bir bajaruvchining turli harakatholatini anglatishga xizmat qiladi. Kesimning uyushiq qator bilan ifodalanishi "Sintaktik bo‘lakning uyushiq qator bilan ifodalanishi» sarlavhasi ostida tasvirlandi; bu yerda shu hodisaga eganing ifodalanishi nuqtayi nazaridan aniqlik kiritiladi.
I. Ega birinchi qismda ifodalanib, har ikki qism uchun umumiy bo‘ladi:
Hali sovuqdan qisilib bujmaygan gavdalar endi o‘zini qo‘ydi, yayradi (Oybek). Тurdi qo‘yni so‘yib, go‘shtini terisiga o‘rab shu yerga yashirib qo‘ygan, boya kelib go‘shtni olib ketgan edi (Pirimqul Qodirov) kabi.
Ega har ikki qismda ifodalanmaydi: Yolg‘iz o‘zini hech yerga yubormaydilar, hatto yo‘lakka, ko‘cha eshikka ham chiqarmaydilar (Oybek). Kecha meditsina instituti xiyobonida Dildorning yo‘lini poyladi, uchratdi (Hamid G‘ulom). Kallangga siqqancha o‘yla, keyin maslahat ber (Oybek) kabi.
3. Ayrim jumlalarning har ikki qismida ega ifodalanadi, lekin bajaruvchi aynan bo‘lgani uchun bunday jumlalarni ham kesimi uyushiq qator bilan ifodalangan sodda gapshakl deb baholash to‘g‘ri: Feruzning to‘nchasini, do‘ppisini olib kiygizdi, o‘zi ham guldor duxoba nimchasini kiyib oldi (Hamid G‘ulom) kabi. Ikkinchi qismdagi ega o‘z- ta'kid birligi bilan ifodalangan.
Тeng sanaladigan qismli qo‘shma gapshakllarda eganing ifodalanishi quyidagicha:
I. Ega har bir qismda ifodalanadi:
I) Kesimlar asosan tuslovchili leksemashakl bilan ifodalanadi:
a) asosan fe'l leksemashakl bilan ifodalanadi: Bu yerda archa o‘smaydi, suvlar oqmaydi (Pirimqul Qodirov). Yallachilar chirmandalarini urdilar, yuzlarcha xotinlarning "yoryor" qo‘shig‘i yangradi (Oybek). Undan bir yona narida Тurdi bilan Eshmurod aka qo‘y boqishar, teparoqda Suyunboy akalarning suruvi yoyilib yurar edi (Pirimqul Qodirov) kabi;
b) ba'zan fe'ldan boshqa turkum leksemasi bilan ifodalanadi. Quyidagi jumlalarda kesimlar yo‘q- kesimlik leksemasi bilan ifodalangan: Bu rastada ming xil kiyimli olomon yo‘q, shoshilinch yo‘q, qo‘lni siqib "Bor, baraka top"lar ham yo‘q (Oybek). Bu uy ilgari bedaxona bo‘lganidan darchasi ham yo‘q, tokchasi ham yo‘q, toqisi ham yo‘q edi (Oybek). Ikkinchi misolda edi affiksoidi umumlashtirilgan.
2) Birinchi qism kesimi ba'zan b ravishdoshi shaklida ishlatiladi: Azizning vujudi zirillab, yuragi orqasiga tortib ketdi (Hamid G‘ulom) kabi.
2. Ega faqat birinchi qismda ifodalanadi:
I) Kesimlar asosan tuslovchili leksemashakl bilan ifodalanadi:
a) fe'l leksemashakl bilan ifodalanadi: Hozir buving keladi, uyga boramiz, maza qilib uxlaysan (Hamid G‘ulom) kabi;
b) fe'ldan boshqa turkum leksemashakli bilan ifodalanadi. Quyidagi jumlada kesimlar o‘rin kelishigidagi ot leksema bilan ifodalangan: Kechiring, Aziz aka, mening ko‘nglim boshqa bog‘da, xayolim boshqa gulzorda! (Hamid G‘ulom).
2) Birinchi qism kesimi ba'zan b ravishdoshi shaklida ishlatiladi: Buning kundoshi Mariya ismli rus xotin bo‘lib, unga Maryamxon ism qo‘yishgan (Oybek) kabi.
3. Ega faqat ikkinchi qismda ifodalanadi; kesimlar odatda fe'l leksemashakl bilan ifodalanadi: Ko‘klamda, ayniqsa Navro‘z bayramida u yerlarga sayrga chiqiladi, qozon osib, oq sho‘rva qaynatiladi, meshmesh qimiz ichiladi (Hamid G‘ulom). Endi bir burda zog‘ora yegan edim, dala boshida Olimjon ko‘rindi (O‘tkir Hoshimov) kabi.
4. Ega har ikki qismda ifodalanmaydi; har ikki kesim yoki biri odatda buyruq maylidagi fe'l leksemashakl bilan ifodalanadi: Kel, erkatoy, seni yuvintirib qo‘yay! (Hamid G‘ulom). Qani, avval otdan tushing, nimalar olib keldingiz, ko‘rsating .. (Pirimqul Qodirov) kabi.
'Biriktiruv' mazmuni ifodalanadigan qo‘shma gapshakllarning sodda gapshaklga teng qismlaridan ikki va undan ortiq voqelikning teng holatda yuz berishi anglashiladi. Bunday qo‘shma gapshakl biriktiruvchi bog‘lovchi bilan tuziladigan qo‘shma gapshaklga o‘xshaydi, shunga ko‘ra sodda gapshaklga teng qismlar oralig‘iga ba'zan va bog‘lovchisini kiritish imkoniyati bo‘ladi: Yo‘l azobidan uning butun a'zoyi badani zirqirab og‘rir, toliqqanlikdan, ochlikdan boshi aylanar, ko‘ngli ozar edi (Hamid G‘ulom) - boshi aylanar va ko‘ngli ozar edi kabi.
Bu tur qo‘shma gapshakllarning qismlaridan:
1) bir paytda yuz beradigan voqelik anglashiladi: Hulkar ham o‘zini odatdagidan boshqacha sezar, qalbida kuchli bir toshqin paydo bo‘lganga o‘xshar, buning nimasidir quvontirar, nimasidir bezovta qilar edi (Hamid G‘ulom). Hovli xamirday balqigan, undan yengil bug‘ ko‘tariladi (Oybek). Osmon tiniq, qalin qor bilan qoplangan dalalar ustida yulduzlarning oltin ko‘zlari yorqin chaqnaydi (Oybek) kabi;
2) birinketin yuz beradigan voqelik anglashiladi: O‘sha yoqlarda momaqaldiroq bo‘g‘iq gumburlaydi, chaqmoq olovli qamchisini endi boshqalarning boshida o‘ynatadi (O‘tkir Hoshimov). Siz ham boshingizga ro‘mol o‘rab, mendaqa xotin bo‘lib keling, keyin pichoqlashamiz (Pirimqul Qodirov) kabi.
Хulоsа
Gaplar tuzilishiga ko‘ra sodda va qo‘shma turlarga bo‘linadi. Ular ifoda maqsadiga ko‘ra uch xil bo‘ladi: 1.Darak gap. 2.So‘roq gap. 3.Buyruq gap
Darak gapda bo‘lib o‘tgan, bo‘layotgan yoki bo‘lishi kutilayotgan voqea-hodisa haqida xabar beriladi. Shuningdek, bunday gaplar orqali narsa yoki hodisada biror xususiyatning mavjudligi yoki mavjud emasligi tasdiq yoxud inkor yo‘li bilan ifodalanadi.
Darak gap xabar ohangi bilan aytiladi. Gapning bosh qismida ohang bir oz ko‘tarilib, keyingi qismida pasaya boradi. Tovush tempi o‘rtacha bo‘ladi. Mantiq urg‘usini olgan so‘z gap tarkibidagi boshqa so‘zlarga nisbatan yuqori ohang bilan aytiladi. Urg‘uli bo‘lak o‘zidan oldingi bo‘lakdan qisqa pauza bilan ajratilib, tezroq talaffuz etiladi. Darak gaplar tarkibidagi bo‘laklarning joylashish tartibi odatdagi tartib sanaladi.
Darak gapning kesimi darak xarakteridagi fe’llar bilan ifodalanib, so‘roq, buyruq va undov xususiyatlaridan xoli bo‘ladi. Darak gapning kesimi fe’ldan boshqa so‘z turkumlari bilan ham ifodalanishi mumkin. Misollar: Jahongir universitetning huquqshunoslik fakultetini bitirdi. Uning ukasi chet tillar institutining ingliz filologiyasi fakultetida tahsil olmoqda.
So‘roq gapda so‘zlovchi uchun noma’lum bo‘lgan biror narsa, harakat-holat, belgi-xususiyat haqida ma’lumot olish ma’nosi ifodalanadi. So‘roq gap, asosan, dialogik nutqqa xos bo‘lib, tinglovchidan so‘ralayotgan mavzuni inkor yoki tasdiq etishni talab etadi. So‘roq gap ohang jihatidan darak gaplardan farq qiladi. So‘roq gap so‘roq ohangi bilan talaffuz etiladi. So‘roq gapda bevosita so‘roqni bildiruvchi so‘zda ovoz kuchayada. Bunday gaplar oxiriga so‘roq belgisi qo‘yiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |