Gap bo'laklari, sanalmaydigan birliklar


GAPNING UYUSHIQ BO`LAKLARI



Download 88 Kb.
bet3/4
Sana20.04.2022
Hajmi88 Kb.
#567731
1   2   3   4
Bog'liq
Gap bo\'laklari, sanalmaydigan birliklar (1)

GAPNING UYUSHIQ BO`LAKLARI
Gapda bir xil so`roqqa javob bo`lib, bir xil sintaktik vazifasini bajaradigan, o`zaro teng aloqaga kirishgan, bir umumiy bo`lakka bog`lanadigan gap bo`laklari gapning uyushiq bo`laklari deyiladi. Masalan: Odamning eng shirin, lazzatli va halol taomi o`z mehnati, qo`l kuchi bilan topgan rizqidir. («Oz-oz o`rganib dono bo`lur»). Mazkur gapda eng shirin, lazzatli va halol hamda o`z mehnati, qo`l kuchi bilan guruh so`zshakllari uyushib kelgan. Bunda birinchi guruhdagi so`zshakllar bir xil so`roqqa - qanday? degan so`rog`iga javob bo`lib, sifatlovchi vazifasini bajargani holda, taomi umumiy bo`lagiga – egaga bog`langan; ikkinchi guruhdagi so`zshakllar ham bir xil so`roqqa - qanday? so`rog`iga javob bo`lib hol vazifasida kelib, topgan umumiy bo`lagiga – sifatlovchiga bog`langan. Har bir guruhdagi so`zshakllar o`zaro teng aloqaga kirishgan.
Bunday teng aloqadagi so`zshakllar soni ikkidan va undan ortiq bo`lib, keyingi paytlarda ular tilshunoslikda «uyushiq qator», «tenglanishli qator» deb yuritilmoqda. Tenglanishli qatorda ikkidan tortib o`n, hatto undan ko`p so`zshakl qatnashishi mumkin: Saroytoshning ikki tomonida qad ko`targan dara sohillari, undagi archazorlar, soy bo`yida o`sguvchi yulg`unzoru bizning uyimiz yaqinidagi eski chashma, chashma atrofida ko`karib yotadigan nilufarlaryana qishloqning tor, egri-bugri ko`chalari, muyulishda do`mpaygan go`ng to`dalari, atrofdan eshitilib turadigan kakliklar sayrog`i, oqshom tushganida uylar ayvonida yonuvchi chiroqlar, chiroqlar tevaragida qur tutib suhbatga berilgan odamlar – bularning hamma-hammasi biz uchun aziz, qadrdon edi. (SH.Xolmirzaev).
Uyushiq qator quyidagi uyushiq bo`lak o`rnini egallaydi:
1. Uyushiq ega: Qor-yomg`ir yog`ayotgan paytlarda ham ayollar va bolalar suvga kelishadi. (P.Qodirov).
2. Uyushiq kesim:
a) uyushiq fe’l kesim: ... ufqqacha cho`zilgan lolazor rang-barang tovlanmoqda, yonmoqda. (J.Abdullaxonov);
b) uyushiq ot kesim: qalbi pok bo`lgan kishining ishlari ham pok bo`ladi, toza bo`ladi. («Oz-oz o`rganib dono bo`lur»).
3. Uyushiq aniqlovchi:
a) uyushiq sifatlovchi: Tabiatning hech kimga bo`ysunmaydigan, birovdan ruxsat ham so`rab o`tirmaydigan o`z qonunlari bor. (O`.Hoshimov).
Ba’zan ikki va undan ortiq sifatlovchilar sifatlanmishni turli tomondan aniqlaydi va shuning uchun ham uyushmagan sanaladi. Masalan: Tog` tepasida to`planayotgan qora bulutlar tushga borib quyuqlashib ketdi. (P.Qodirov). Bunda sifatlanmish (bulutlar) o`rniga nisbatan harakatdagi belgi (tog` tepasida to`planayotgan) va rang-tus (qora) jihatdan aniqlangan.
Uyuushgan sifatlovchilar esa sifatlanmishni bir tomondan aniqlaydi. Masalan: Ular ichida sariq, binafsha rang gullar... asta silkinib, o`zlarini ko`z-ko`z qilmoqchi bo`lardilar. (J.Abdullaxonov). Bu gapda sifatlanmish (gullar) faqat rang-tus (sariq, binafsha rang) jihatdan tavsiflangan. Sifatlovchilarning uyushganligini belgilashda sanash intonatsiyasi muhim rol o`ynaydi;
b) uyushiq qaratuvchi: Hayotda go`zallik, quvvat va saodatning manbai soddalikdir. («Oz-oz o`rganib dono bo`lur»).
v) uyushiq izohlovchi: ...bo`lajak katta san’atkor, arxitektura professori Akramjon Holiqov, deb bilasizlar!»- deb tanishtirdi. (O.YOqubov).
4. Uyushiq to`ldiruvchi:
a) uyushiq vositasiz to`ldiruvchi: ... asrlar davomida kasr, koshona, machit, madrasa va uylar qurishda chinordan keng foydalanib kelingan. (A.Aminov);
b) uyushiq vositali to`ldiruvchi: Engil qor parchalarining osmondan uchib tushishida ham, daraxtlarga qo`nishida ham nafis bir xotirjamlik bor! (P.Qodirov).
5. Uyushiq hol: Qadimgi Movarounnahrda chinorzor bog`lar barpo etish an’analari hurmat ishtiyoq bilan davom ettirilgan. (A.Aminov). Mirzo Ulug`bek Samarqand, Kattaqo`rg`on, Balh va SHahrisabzda ana shunday bog`lar barpo etishga farmoish bergan. (A.Aminov).
Uyushiq bo`laklar grammatik jihatdan ikki xil shakllanadi: mustaqil holda va umumlashgan holda.
Uyushuvchilar mustaqil holda shakllanganda, grammatik ko`rsatkichlar (ot va otlshgan so`zlar bilan foydalangan bo`laklarda – kelishik, egalik, ko`plik affikslari, -dagi o`rin belgisi affiksi hamda ko`makchilar; ot va fe’l kesimlarida – to`liqsiz fe’l va ko`makchi fe’llar hamda – dir affiks bog`lamasi va so`z bog`lamalari) uyushiqli qatorning har bir a’zosida qatnashadi. Masalan: Qahraton sovuqqa va qurg`oqchilikka chidamli bo`lgani uchun chinor manzarali daraxt sifatida qadrlanadi. (A.Aminov). Kitoblar orqali asrlar bilan, ming yillar bilan, qadim faylasuflar bilan... suhbatlashish mumkin. (Oybek). Oyko`lga baland Sunbul cho`qqidan odamning beliday qishin – yozin tushib turar ekan-u, hech qaeridan chiqib ketmas ekan. (P.Qodirov).
Uyushuvchilar umumlashgan holda shakllanganda, turli grammatik ko`rsatkichlar uyushiq qatorning oxirgi a’zosida qo`llanib, barchasi uchun taalluqli bo`ladi. Bunda turli umumlashtiruvchi grammatik ko`rsatkichlar qavsdan tashqariga chiqariladi. Va bu holda shakllangan uyushuvchilarning bitta bo`lak deb qarash lozim bo`ladi. Masalan: SHarq chinorlari (Kavkaz, Qrim va O`rta Osiyo)da... o`stiriladi. (A.Aminov). Maxkam (karavotlar va tubochkalar) bilan qurshalgan stolga qaradi. (P.Qodirov). ... bu xona boshqa xonalaridan (nihoyatda yorug`ligi, ozoda, haddan tashqari sarishtaligi) bilan farq qilardi. (J.Abdullaxonov).



Download 88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish