Qo’l to’pi o’yinida darvozabonga o’yin texnikasini o’rgatish usullari.
Darvozabonga o’yin texnikasini o’rgatish - o’yinda darvozabon yarim jamoa deb aytiladi, chunki darvozabon vazifasini bajaruvchi
o’yinchilar yuqorida ko’rsatilgan harakatlardan tashqari, agar, ular darvozada o’ynasalar, darvozabon harakatlarini ham bajarishlari
kerak, bunda to’pni gavdaning barcha qismi bilan qaytara olishlari kerak bo’ladi.
Darvozabon darvoza maydonidan chiqqanda, maydon o’yinchisi hisoblanadi. O’yin texnikasiga oid mashg’ulotlar o’z mazmuniga
ko’ra himoyachi va hujumchi o’yinlaridan farq qilmaydi. Darvozabonga sakrash texnikasini o’rgatishda, takomillashtirishda
darvozaning yuqori burchaklariga otiladigan to’pni qaytarish usullaridan foydalaniladi. Darvozabonni to’pni ilib olishi uning
asosiy vazifasiga kirmaydi, ammo shunga qaramay u to’pni ilishni mukammal bilmog’i kerak.
Taktik harakatlarni o’rgatish texnikasi – o’yinning umumiy tushunchasidan boshlanadi. Har bir taktik harakatni o’rgatish quyidagi
tartibda amalga oshiriladi:
1.O’rgatilishi lozim bo’lgan taktik harakatni tushuntirish va chizma yoki kichraytirilgan maketda ko’rsatish;
2.Harakat yo’llarini maydonda chizib, raqiblar sust qarshilik ko’rsatishini chizma yo’li bilan guruhda shug’ullanuvchi
o’yinchilarga o’rgatish;
3.Maxsus vazifa – topshiriq olgan raqiblarga qarshi harakatlarni o’rgatish;
4.Faol raqiblarga qarshi himoya harakatlarini o’rgatish;
Gandbol 19-asr
oxirida Yevropada
paydo
boʻlgan. Bu
sport turini Daniyalik
Holger Nielsen ixtiro
etgan (1895).
1972-yildan erkaklar, 1976-yildan ayollar gandboli Olimpiya
oʻyinlari dasturiga kiritilgan. 1938-yildan erkaklar oʻrtasida, 1956-yildan
ayollar
oʻrtasida jahon birinchiligi oʻtkaziladi.
Xalqaro gandbol federatsiyasiga (inglizcha:
International Handball
Federation
, qisqartmasi IHF; 1946-yil 12-iyulda asos solingan) 106
mamlakat
aʼzo.
Oʻzbekistonda gandbol 1923—24-yillarda paydo boʻlib, birinchi
musobaqa 1926-yilda Toshkentda
oʻtkazilgan. 1991-yil Oʻzbekiston
Respublikasi gandbol federatsiyasi tuzildi.
Respublikaning barcha viloyatlarida gandbol
boʻyicha bolalar sport
maktablari, erkaklar, ayollar va bolalar jamoalari bor. 1991-yildan
Oʻzbekistan chempionata muntazam oʻtkaziladi. Oʻzbekiston
gandbolchilari terma jamoasi (ayollar) Osiyo chempionatida 4-
oʻrinni
egalladi va Germaniyada
oʻtkazilgan jahon birinchiligi musobaqalarida
qatnashdi (1997).
Yurtimiz mustaqilikka erishganidan so`ng sport sohasini rivojlantirishga katta ahamiyat berdi,shu qatori
gandbol ham bosqichma-bosqich yurtimizning har bir chekka hududlariga yoyilib bordi.har bir tumanda
yoshlarni sportga qiziqtirish uchun maxsus tadbirlar o`tkazila boshlandi,gandbol uchun maxsus sport
maydonlari qurildi va eng muhimi maktab,kollej,institut va universitetlar o`rtasida gandbol musobaqalari
o`tkazilib kelinmoqda.
Olimpiada o`yoinlarining gandbol sporti turi bo`yicha natijalari
Do'stlaringiz bilan baham: |