maksimal amplitudasi (og’ishi, egilishi, buklanishi, cho`zilishi, qayishqoqligi, buralishi va
hokazolar) bilan o`lchanadi.
Egilivchanlik aktiv, passiv bo`lishi mumkin. Muskul kuchi evaziga bo`ladigan
egilivchanlik
aktiv; tashqi qarshilikni inertsiya yoki og’irligi evaziga tashqi taosir kuchi va hokazolar hisobiga
namoyon qilinadigan egilivchanlik passiv egilivchanlik deyiladi.
Emotsionallik ko`tarinki kayfiyat va boshqalar egilivchanlikning namoyon bo`lishiga ijobiy yoki
salbiy ta`sir ko`rsatishi amaliyotda isbotlangan. egilivchanlik chegaralanadi unda cho`ziladigan
muskullarning qo`zg’aluvchanligi muhim ahamiyatga ega. Chunki uning tabiatida
cho`zilayotgan muskullarni himoyalash, saqlash xususiyati mavjud. Cho`zilayotgan
muskullarning egiluvchanligi ortishi bilan ularning qo`zg’aluvchanlik holati yuqori darajaga
ko`tariladi. Bunda cho`ziluvchan muskullarning faoliyati ma`lum darajada pasayadi.
Egilivchanlikni namoyon bo`lishi tashqi muhit temperaturasiga ham bog’liq. Temperaturaning
ortishi bilan egilivchanlik ortib boradi. erta tongdan tungacha bo`lgan vaqt,
boshqa jismoniy
sifatlarga qaraganda, egilivchanlikka ko`p ta`sir qiladi. Masalan, ertalab egilivchanlik ancha
kamaygan bo`ladi. Mashg’ulot vaqtida egilivchanlik turli sharoitlar (harorat, kunning vaqti)
ta`sirida o`zgarishini e`tiborga olish lozim.
Egilivchanlikni yomonlashuviga olib boradigan noqulay holatlarni, chigal yozish (razminka)
mashqlari yordamida muskullarni qizitish bilan bartaraf etish mumkin. egilivchanlik charchash
ta`sirida sezilarli o`zgaradi, aktiv egilivchanlik ko`rsatkichlari esa ortib boradi. Bolalar kattalarga
qaraganda ancha egiluvchan bo`ladi, degan fikr unchalar to`g’ri emas. Bu fikrni boshqacharoq –
bolalarda egilivchanlikni tarbiyalash kattalarga nisbatan osonroq ko`chadi, deb tushunsak
to`g’rirok bo`ladi. Aktiv egilivchanlik bevosita muskul kuchi bilan aloqador. Lekin
kuchni
rivojlantiradigan mashqlar bilan shug’ullanish bo`g’inlarda harakatchanlikni susaytirishi,
chegaralash mumkin.
Lekin bunday salbiy ta`sirni engish mumkin. egilivchanlik va kuchni rivojlantiradigan
mashqlarni maqsadga muvofiq qo`shib olib borish yo`li bilan egilivchanlik jismoniy sifatini
normal tarbiyalanishiga erishish mumkin.
Jismoniy tarbiya jarayonida egilivchanlikni mumkin qadar me`yoridan ortiq rivojlantirish salbiy
oqibatga olib kelishi mumkin. Zaruriy harakatlarni imkoniyat darajasida erkin bajarilishini
ta`minlaydigan
holatda rivojlantirish, uning me`yori esa harakat bajariladigan maksimal
amplituda-dan ortmasligiga erishish, egilivchanlik zahirasini boyitishga olib keladi.
egilivchanlikdan kelib chiqadigan gipertrofiya, bo`g’inlarning anotomik tuzilishi doirasida
rivojlanish o`zini oqlamaydi, Chunki u rivojlanishning garmoniyasini buzadi, pedagogik
maqsadlarga zid keladigan holga kelishi mumkin. Umurtqa pog’onasining tos
son va elka
bo`g’inlarining harakatchanligini tarbiya jarayonidagi ahamiyati beqiyosdir.
Egilivchanlikni rivojlantirish uchun maksimal harakat amplitudasidagi cho`zish, eshish, buklana
olishni oshiradigan jismoniy mashqlardan foydalaniladi. Ular ikki guruhga (aktiv va passivga)
bo`linadi.
Aktiv harakatlarda bo`g’inlardagi harakatchanlik shu bo`g’indan o`tadigan muskullarning
qisqarishi hisobiga ro`y beradi, passiv harakatlarda tashqi kuchlardan foydalaniladi.
Aktiv mashqlar bajarilish xarakteriga ko`ra bir-biridan farq qiladi. Ular bir fazali va
prujinasimon (ketma-ket, ikki-uch marotabalab engashish) mashqlar. Ularga tananing ma`lum
a`zolarini yoki uning bir qismini tebratish, siltash (maxlar)lar, oxirgi holatini ushlash (fiksiya),
qarshiliklarni engish, og’irlikdan foydalanish mashqlari.
Bulardan tashqari maksimal amplitudada bajariladigan harakat davomida tanani qimirlatmay
ushlash bilan (statik holatda) bajariladigan mashqlar ham shu guruhga kiradi.
Passiv statik mashqlarda gavdaning holati tashqi kuchlar hisobiga saqlanadi. Bu aktiv
egilivchanlikni rivojlantirish uchun dinamik mashqlarga qaraganda samarasizroq,
lekin passiv
egilivchanlikni tarbiyalashda yuqori ko`rsatkiChlarga olib kelishi mumkin. Muskullarning
cho`ziluvchanligi nisbatan kam bo`ladi. Agar bi harakatda ularning uzunligini oshrishga harakat
qilinsa, uning natijasi juda past bo`ladi. Biroq mashqlarni takrorlayverish mashq qilish orqali
ular qoldirgan natijalar yig’ilib, amplitudaning ortishi juda sezirarli bo`ladi. Shuning uchun
egilivchanlikni oshirish mashqlari seriyalar bilan, har birini bir nechta marta qaytarib bajarish
bilan rivojlantiriladi va shunday qilish ham zarur.
Seriyadan seriyaga o`tgan sari harakat amplitudasi kattalashtirilib boriladi. Har bir mashg’ulotda
cho`ziluvchanlik mashqlarini og’riq sezguncha bajarish tavsiya etiladi. Og’riq paydo bo`lishi
bilan mashq amplitudasi chegaralanadi. Agar mashqlarni har kuni sistemali bir yoki bir necha
marta bajarilsa, ularning foydasi ko`proq bo`ladi. Agar egilivchanlikning erishilgan
darajasini
saqlab turish maqsad qilinsa, kamroq mashq qilish, ya`ni mashg’ulotlar sonini ozaytirib borish
mumkin. Bu mashqlarni mustaqil topshiriq sifatida uyga vazifa qilib berish samara beradi.
Darslarda bu mashqlar asosan darsning asosiy qismi oxiriga, chigal yozish vaqtida va asosiy
bo`lmagan mashqlar orasidagi intervallarda bajarish tavsiya qilinadi.
egilivchanlik mashqlarini
bajarishdan oldin muskullarda engil ter paydo bo`lguncha chigal yozish mashqlarini bajarish
zarur. Bu mashqlar hisobiga erishilgan harakatchanlikning ortishi nisbatan uzoq davom etmaydi
- xona temperaturasida 10 minutcha saqlanadi. Issiqlik tarqalishini kamaytirish (issiq kiyim
kiyish) bilan, bu vaqtni ma`lum darajada oshirish mumkin.
Bolalik va o`smirlik yoshida egilivchanlikni rivojlantirish oson bo`lgani sababli 10-15
yoshdagilardan boshlab bu sifatni rivojlantirishni rejalashtirish samara beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: