Gandbol ( inglizcha : Handball; hand — „qoʻl“, ball — „toʻp“) yoki qoʻl toʻpi


Chaqqonlik va uni tarbiyalash usuliyati



Download 0,61 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/18
Sana28.04.2022
Hajmi0,61 Mb.
#587886
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Bog'liq
2 5350828501131859881

2.Chaqqonlik va uni tarbiyalash usuliyati:
Harakatlarning koordinatsiyaviy murakkabligi 
c
haqqonlikning birinchi o`lchovidir. Agar 
harakatning fazo, vaqt, kuch xarakteristikalari harakat vazifasiga mos bo`lsa, harakat etarli 
darajada aniq bo`ladi, harakat vazifalari harakatning aniqligi tushunchasini keltirib chiqaradi. 
Chaqqonlikni rivojlantirishi usuliyati bilan tanishib chiqsak. Birinchidan Chaqqonlikni 
rivojlantirish koordinatsiya jihatdan murakkab harakatlarni bajarishni, ikkinchidan harakat 
faoliyatini to`satdan o`zgargan sharoit talablariga muvofiq ravishda qayta tuza olish qobiliyatini 
tarbiyalashdan iboratdir. Bunda chaqqonlik uchun zarur bo`lgan o`z harakatlarini fazo va vaqtda 
aniq idrok etish, lozim bo`lsa, stabil harakatlar qila bilish, muvozanat saqlay olish, galma-gal 
zo`r berish va muskullarni bo`shattirish yoki, aksincha, muskullarni taranglashtirish qobiliyati va 
shunga o`xshash boshqa xususiyatlarni tanlab takomillashtirish muhim ahamiyatga ega. Demak 
“Chaqqonlik” deganda, harakatlar koordinatsiyalarning umumiy to`plami yig’indisi tushuniladi. 
Chaqqonlikni rivojlantirish va tarbiyalashning asosiy yo`li yangi xilma-xil harakat malakalarini 
va ko`nikmalarini shakllantirish demakdir. Bu esa harakat malakalarining zahirasi ortib borishiga 
sabab bo`ladi va harakat analizatorlarining funktsional imkoniyatlariga samarali ta`sir ko`rsatadi. 
Yangi harakatlarni o`zlashtirish uzluksiz bo`lgani yaxshi. Agar uzoq vaqt oralig’ida yangi 
harakatlarni o`rganish rejalashtirilgan bo`lsa ham, o`quvchilarga vaqti-vaqti bilan o`zlariga 
ma`lum bo`lmagan mashqlarni bajarib turish tavsiya etiladi. Chunki Yangi harakatlar (mashqlar) 
o`zlashtirib turilmasa shug’ullanuvchini harakatga o`rgatish qiyinlashadi. Bunday mashqlarni 
to`la o`zlashtirib olish shart emas, chunki u shug’ullanuvchilarning qandaydir YAngi 
harakatlarni his qilib turishlari uchun zarur. Bu kabi mayda-chuyda harakatlarni, odatda, aktiv 
dam olish uchun ajratilgan kunlardagi trenirovka jarayoni tarkibiga kiritiladi. Chaqqonlikni 
rivojlantirishda yangi harakatlarni o`zlashtirib olish qobiliyati sifatidahar qanday ihtiyoriy 
harakatdan foydalanish mumkin, lekin ular faqat mashq tarkibidagi yangi elementlar bo`lgani 
uchungina o`rganiladi. Malaka avtmatlashib borgan sari shu jismoniy mashqning chaqqonlikning 
rivojlantirish vositasi tarzidagi ahamiyati kamayib boradi. Harakat faoliyatini tez va maqsadga 
muvofiq qayta tuzish qobiliyati to`satdan o`zgargan sharoitdagi ta`sirlarga darhol javobning 
berilishi Chaqqonlikni rivojlanayotganligidan dalolat beradi. Bunda yuklamning o`zgarishi sodir 
bo`ladi, chaqqonlikni rivojlantirishga yo`naltirilib yuklamani oshirish shug’ullanuvchilarga 
koordinatsiyaviy qiyinchiliklarni oshiradi. Ular engishi lozim bo`lgan koordinatsiyaviy 
qiyinchiliklar uch guruhga bo`linadi: 


1.Harakatlarning aniqligiga erishishdagi qiyinchiliklar; 
2.Ularning o`zaro moslasha olishidagi qiyinchiliklar: 
3.Birdaniga, qisqa, o`zgargan sharoitda duch kelinadigan qiynchiliklar. 
Amaliyotda qayd qilingan qiyinchiliklarni oson hal qilish uchun, asosan, L.P. Matveevning 
chaqqonlikni tarbiyalash uslubiyatidan ko`proq foydalaniladi: 
1. G’ayritabiiy, g’ayrioddiy dastlabki holatdan foydalanish (zarur bo`lgan tomonga orqa bilan 
turib uzunlikka sakrashlar va h.k). 
2. Mashqni oynaga qarab bajarish (diskani chap qo`l bilan uloqtirish yoki bokschini chap 
tomonlama turib zarba berishi). 
3. harakatlar tezligi va sur`atning o`zgartirish (masalan, tezlashtirilgan usulda yoki sekinlashtirib 
mashqlar bajarish). 
4. Fazoda mashqlar bajarilayotgan chegaralarni o`zgartirish (masalan, uloqtirishda snaryadlarni 
kichiklashtirilgan aylanadan uloqtirish yoki maydoni satxi kichiklashtirilgan sport o`yinlaridan 
foydalanilanish, chunki keng maydon tor maydonga nisbatan chaqqonlikni namoyon qilish 
uchun qulaylik tug’dirmaydi; balandlikka turli usul bilan: orqamachasiga, oldi, yonlama, aylanib 
yugurib sakrash va hokazolar). 
5. Qo`shimcha harakatlar kiritib mashqlarni murakkablashtirish (masalan, erga tushish oldidan 
qo`shimcha burilishlar qo`shib, tayanib sakrash va boshqalar). 
6. Tanish mashqlarni oldindan rejalashtirmay, ma`lum bo`lmagan tarzda qo`shib bajarish 
(masalan, gimnastik kombinatsiyalarini ko`rgan va o`qitgan zahoti bajarish musobaqasi va 
shunga o`xshashlar). 
7. Juft va gruppa bo`lib bajariladigan mashqlarda shug’ullanuvchilarning bir-biriga ko`rsatadigan 
qarshiliklarini o`zgartirish (masalan, o`yinlarda turli taktik kombinatsiyalarni qo`llash, 
mashqlarni bajarishda tez-tez sheriklarni o`zgartirish). 
Chaqqonlikni nisbatan xususiy bo`lgan sifatlaridan biri muskullarni ratsional bo`shashtira 
bilishni o`rganish va uni takomillashtirishdir. Har qanday harakat ma`lum ma`noda muskullarni 
ko`zg’alishi va bo`shashtirilishining natijasidir. Ko`zg’alishdek, bo`shashtirish (lozim bo`lgan 
muskulni, lozim bo`lgan payitda) ni bilish har qanday harakatni samarali bajarishda muhim rol 
o`ynaydi. Harakatni qoyilmaqom qilib bajarish uchun vaqtihcha bo`shashib turishi kerak bo`lgan 
muskullar guruhining tarangligi harakatni bajarish uchun lozim bo`lgan bemalollik 
(bo`g’iqliq)ni, harakatni erkin bajarishni yo`qqa chiqaradi. 
Harakatni bo`g’iq, emin-erkin bajara olmasak ruhiy va muskul tarangligi orqali sodir bo`ladi deb 
uni ikki guruhga ajratiladi. Ruhiy taranglik asosan his hayajonga sabab bo`ladigan faktorlar 
(kuchli raqibni ko`rish, 
musobaqalashadigan muhit
, tomoshabinlar va h.k.) orqali sodir bo`ladi 
va chaqqonlikkagina emas, organizmning boshqa funktsional hamda jismoniy sifatlariga ham 
salbiy ta`sir ko`rsatadi. Bu diqqatni to`play olmaslik, faoliyat tarkibidagi o`zgartirish qilishda 
kechikish, harakatlar ketma-ketligini buzilishi va boshqalar tarzida namoyon bo`ladi. Bu 
noqulayliklar bilan kurashish yo`llari xaqida “Sport psixologiyasi” fanida lozim bo`lgan 
ma`lumotlarni olish mumkin. Ruhiy taranglik albatta muskul tarangligini sodir bo`lishi bilan 
kuzatiladi. 


Muskul tarangligi turli sabablar orqali vujudga kelib quyidagi qayd qilingan uch shaklda 
namoyon bo`ladi: a) muskul tonusini ortishi (gipermoiotoniya) orqali muskul taranglashishi; b) 
o`ta tez bajarish oqibatida muskulni taranglikdan tushishga, bo`shashishga ulgurmasligidan sodir 
bo`ladigan taranglik; v) koordinatsiyaviy, (takomillashmagan koordinatsiya sababli muskul 
bo`shashishi fazasida bir oz qo`zg’aluvchanlikni mavjudligi orqali sodir bo`ladigan) taranglik. 
Qayd qilingan chaqqonlikni namoyon bo`lishiga salbiy ta`sir ko`rsatayotgan muskul tarangligini 
engish usullari sport fiziologiyasi va jismoniy tarbiya nazariyasi fanlari orqali o`rganiladi. 
Chaqqonlikni rivojlantiruvchi mashqlar tez charchatadi. Bunday mashqlarni bajarishda 
muskullar nihoyatda aniq va yuqori darajadagi sezgi talabiga muhtoj bo`lib, charchash sodir 
bo`lganda, mashqni bajarish kam samara beradi. Shunga ko`ra organizm sarflangan energiyani 
nisbatan to`liq tiklanishi uchun etarli bo`lganda dam olish oraliqlaridan (intervaldan) 
foydalaniladi. Yuqori darajada energiya sarflash bilan bajarilgan mashqlardan so`ng 
chaqqonlikni tarbiyalaydigan mashqlarni bajarish biz kutmagan natijani beradi. 

Download 0,61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish