Kompyuterlarni buzulishi.
Nazorat savollari
1. Rad etish daraxtining taxlili tushunchasiga ta’rif bering.
2. Rad etish daraxtida ko‘rsatilgan omillarini tushuntiring.
3. Axborot xavfsizligi tushunchasiga ta’rif bering.
4. Axborot himoyasi deganda nimani tushunasiz?
5. Xavf-xatar so‘ziga ta’rif bering.
6. Axborot xavfsizligiga bo‘ladigan qanday tahdidlar mavjud?
7. Hujum deganda nimani tushunasiz?
8. Tarmoqdan bo‘ladigan qanday hujumlarni bilasiz?
Rad etish daraxtining tahlili(FTA) – bu tadqiq qilinayotgan kutilmagan hodisaninng paydo bo‘lishiga yordam beruvchi omillarni aniqlash va tahlil etish usulidir. Tadqiq qilinayotgan omillar ajratish(deduksiya) yordamida aniqlanib, mantiqiy tarzda quriladi hamda ushbu omillar va ularning oxirgi voqea bilan mantiqiy aloqasi diogrammada daraxt ko‘rinishida aks ettiriladi.
Rad etish daraxtida ko‘rsatilgan omillar - kompyuter uskunalari ishlamay qolishi bilan bog‘liq hodisalar, inson xatolari yoki kutulmagan holatga olib kelishi mumkin bo‘lgan boshqa hodisalar bo‘lishi mumkin.
Agar boshlang‘ich hodisalar ehtimolining qiymati ma’lum bo‘lsa, ohirgi hodisani sodir bo‘lish ehtimolini hisoblashda baholash miqdorini, yakuniy hodisaga olib borilishini, rad etish sabablari va yo‘llarini aniqlashda sifatli baholash uchun rad etish daraxti usulidan foydalanish mumkin.
Mazkur usul rad etish sabablarini aniqlash uchun tizimni loyihalash bosqichlarida foydalanish mumkin. Shuningdek loyiha variantlarini tanlashda ham ishlatiladi. Asosiy rad etish turlari va oxirgi hodisaga olib borish yo‘llarining nisbiy ahamiyatini aniqlash uchun loyihani ishlab chiqish bosqichlarida FTA usulidan foydalanish mumkin. Shuningdek rad etish daraxti tadqiq qilinayotgan muvofaqiyatsizlikka olib keluvchi hodisalar kombinasiyasini tahlil qilish uchun ham ishlatilishi mumkin.
Rad etish daraxtining sxemasini ishlab chiqish quyidagi bosqichlarga ajratish mumkin:
- tahlil qilinishi kerak bo‘lgan hodisani aniqlash. Bu rad etish yoki rad etishlar ketmaketligi bo‘lishi mumkin. Rad etilish oqibatlari tahlil qilingandan so‘ng, rad etish daraxtiga oqibatlarni rad etish va intensivlikni pasaytirish qismini kiritish mumkin.
- oxirgi hodisaga olib keladigan sabablar va oqibatlarni rad etilishini aniqlash;
- aniqlangan raddiyalar va sabablarni tahlil qilish, aynan nimaga olib kelganligini aniqlash;
- keyingi tahlil amalga oshirilmaguncha quyi darajadagi tizimga o‘tish tizimni nomaqbul funksiyanallashtirilishi ketma-ket aniqlanaveriladi. Texnik tizimlarda – bu kompanentalarni rad etish darajasi bo‘lishi mumkin. Tahlil qilinuvchi tizimning yeng quyi darajasidagi hodisa va omillar asosiy hodisalar deyiladi;
- Asosiy hodisa ehtimolligini baholash(agar qo‘llanilsa) va oxirgi hodisa oqibatlarining ehtimolligini hisoblash. Miqdoriy baholashning ishonchliligini ta’minlash uchun har bir element uchun kirish ma’lumotlarining to‘liqligi va sifatitalab qilinadigan ishonchli natijalarni olish uchun yetarli ekanligini ko‘rsatish kerak. Aks holda, rad etish daraxti ehtimollikni tahlil qilish uchun yetarlicha ishonchli emas, ammo sabab-oqibat munosabatlarini o‘rganish uchun foydali bo‘lishi mumkin.
Miqdoriy bahoni aniqlashda rad etish daraxti Bul algebra yordamida soddalashtirilishi mumkin, bu esa takroriy raddiya turlarini hisobga olishga imkon beradi.
Ushbu usul oxirgi hodisa ehtimolligini hisoblashdan tashqari, oxirgi hodisaga olib keladigan minimal qism to‘plamini aniqlash va ularni oxirgi hodisaga ta’sirini hisoblashga imkon beradi.
Oddiy holatlardan tashqari, Ilova dasturlar paketi odatda diagramma tuzishda ishlatiladi. Bu rad etish daraxtining bir nechta takrorlangan hodisalar bo‘lgan joyda va minimal kesishuvlarni va vaziyatni hisoblash imkonini beradi. Dasturiy ta’minotdan foydalanish usulni to‘g‘ri va ketma-ket bajarilishini hamda tekshirish imkoniyatini kafolatlaydi.
ilovani tekshiruvchidasturni o`chirilgani
ilovani tekshiruvchidasturni yoqligi
Do'stlaringiz bilan baham: |