Disten – Al2[SiO4] yunoncha «di» – ikki xil; «stenos» – qarshilik ko‘rsatuvchi, ya’ni ikki xil yo‘nalishda ikki xil qattiqlikka ega.
Tarkibi: Al2O3 – 63,1 %, SiO2 – 3.6 9 %. U triklin singoniyali, «C» o‘qi bo‘yicha cho‘ziq ustunsimon, ba’zan yassi taxtachaga o‘xshash kristallari yuzaga keladi. Uning rangi havo rang, ko‘k, ba’zan yashil, yaltirashi shishadek, ulanish tekisligi yuzasi sadafdek yaltiraydi, qattiqligi yonida 7,5, ko‘ndalang yo‘nalishda 6. U mo‘rt, mukammal solishtirma og‘irligi 3,5–3,7.
Disten kristallangan slanetslar uchun tipomorf mineral hisoblanadi. U metamorfik jinslarda stavrolit va sillimanitlar bilan birga uchraydi.
Soizit – Ca2Al3[Si2O7][SiO4]O[OH].
Tarkibida: CaO – 24,6 %, Al2O3 – 33,9 %, SiO2 – 39,5 %, H2O –2 foiz, ba’zan Fe2O3 – 2–5 %gacha bo‘ladi. Rombik singoniyali, simmetriya ko‘rinishi rombodipiramidal, kristallari prizmatik, agregatlari nayzasimon yoki donador tuzilgan bo‘ladi. U kul rang tovlanadi, yaltirashi shishadek, qattiqligi 6, ulanish tekisligi (010) bo‘yicha mukammal, notekis yuzalar hosil qilib sinadi, solishtirma og‘irligi 3,3. Mikroskopda optik belgilariga qarab aniqlanadi. Tsoizit intruziv jinslardagi plagioklazlarning gidrotermal o‘zgargan mahsuloti bo‘lib yuzaga keladi. Bulardan tashqari kristallik slanetslarda va amfibollarda uchraydi. Epidot – Ca2(AlFe)3[Si2O7][SiO4]O(OH).
Tarkibida: CaO – 23,5 %, Al2O3 – 24,1 %, Fe2O3 – 12,6 %, SiO2 – 37,9 %, H2O – 1,9 %gacha aniqlangan. Monoklin singoniyali, simmetriya ko‘rinishi rombo-prizmatik. Kristall qiyofasi prizmatik «B» o‘qi bo‘yicha cho‘ziq, ba’zan nayzasimon. Epidotning rangi har xil tusda, yashilroq, sariq, qora, kul rang tovlanadi. Yaltirashi shishadek shaffof, qattiqligi 6,5; solishtirma og‘irligi 3,3–3,4. Tabiatda eng ko‘p tarqalgan xillari pista rang-yashil rangiga va qiyofasiga qarab osonlik bilan aniqlanadi. Epidot tabiatda hosil bo‘lish sharoitlari va u bilan birga uchraydigan minerallar paragenezisi gidrotermal sharoitda yuzaga kelishi aniqlangan. Bulardan tashqari, kontakt-metasomatik konlarda kvars, xlorit, kalsit va sulfid minerallari bilan yirik uyumlar hosil qiladi.
Ortit – (Ca,Ce)2(Al,Fe)3[Si2O7][SiO4]O(O,OH).
Tarkibida: Ce2O3 – 6 %gacha, (La. . .)2O3 – 7 % bo‘ladi. Bulardan tashqari FeO, MgO, MnO – 8 % gacha, V2O3, Si2O3, ThO2 – 3,8 foizgacha aniqlangan. Monoklin singoniyali, simmetrik ko‘rinishi romboprizmatik, qalin ustunsimon, ba’zan nayzasimon, ko‘pincha xol-xol donalar tarzida topiladi. Rangi qoramtir, mumdek qora, goho sariq, yaltirashi shishadek (mumsimon), yog‘langandek. Ortitning qattiqligi 6, ancha mo‘rt, chig‘anoqqa o‘xshash yuzalar hosil qilib sinadi. Uning solishtirma og‘irligi 4,1; radioaktivlik xususiyatga ega. Tabiatda qora rangiga, mumsimon yaltirashiga, notekis yuzalar hosil qilib sinishi ortit uchun mansub belgi hisoblanadi. Ortit xol-xol dona holida ko‘pincha intruziv jinslarda granit, sienit va ularning pegmatitlarida, ba’zan gneys, kontakt-metasomatik konlarda ham topilgan. Berill – Be2Al2[Si6O18].
Tarkibida: BeO – 14,1 %, Al2O3 – 19,0 %, SiO2 – 66,9 %, aralashma holida K2O, Li2O, Rb2O – 7 %gacha uchraydi. U geksagonal singoniyali, ko‘rinishi digeksagonal-dipiramidal. Berillning kristallari aniq tuzilgan ustunsimon yoki prizmatik qiyofaga ega. Uning rangi och yashil, sarg‘ish, yashil, havo rang, tiniq yashil (36-rasm). Rangsiz shaffof xillari ham uchraydi. Rangiga qarab quyidagi xillarga bo‘linadi. 1) zumrad och yashil, yashil va shaffof xillari eng qimmatbaxo hisoblanadi. 2) akvamarin-tiniq ko‘kimtir havo rang, 3) vorobevit-pushti rangli va 4) geliodor-sariq shaffof. Bularning barchasi shishadek yaltiraydi. Uning qattiqligi 7,5–8,0, ancha mo‘rt, notekis yuzalar hosil qilib chig‘anoqqa o‘xshab sinadi. Solishtirma og‘irligi 2,6–2,9.
36-rasm. Berill kristali.
Berill nordon va ishqorli intruzivlarning pegmatitlarida paydo bo‘ladi. Ba’zan pnevmatolit-gidrotermal jarayonlarda yuzaga keladi. Ushbu jarayonlarda berill topaz, turmalin, flyuorit, fenokit, xrizoberill, volframit, kammiteritlar bilan bir paragenetik assotsiatsiyalarda ko‘rish mumkin. Ayrim konlarda berillning yirik, gigant kristallari (AQSHda og‘irligi 16 tonnagacha, uzunligi 5 m gacha va ko‘ndalang kesimi 1,5 m2 gacha) topilgan. Rangi chiroyli; shaffof xillari - zumrad, akvamarin zargarlikda ishlatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |