Galogenlar (ftor, xlor, brom , yod)
Fanga “galogen” tushunchasini 1811- yilda nemis kimyogari I. Shveyger kiritgan bo‘lib, “tuz” va “hosil qiluvchi” degan ma’nolarni bildiradi.
“galogenlar” atamasi ftor, xlor, brom, yod va astat uchun umumiy nom bo‘lib qolgan. galogenlarning barchasi metallmaslar bo‘lib, kimyoviy elementlar davriy sistemasining vii guruhi bosh guruhchasida joylashgan.
Xlor. Kimyoviy elementlar davriy sistemasidagi o‘rni: 3- davr, vii guruh ning bosh guruhchasi, tartib raqami 17.
Sanoatda xlor olish uchun elektroliz usulidan foydalaniladi.
Fizik xossalari. Xlor sar-g‘ishyashil rangli, o‘tkir xidli, bo‘ g‘uvchi, zaharli gaz. Xlorni hidlash mumkin emas. Ko‘proq miqdor xlor bilan nafas olgan kishi o‘lishi ham mumkin. U havodan 2,5 marta og‘ir. 20°C da 1 hajm suvda 2,5 hajm xlor eriydi, natijada xlorli suv hosil bo‘ladi.
Kimyoviy xossalari. vodorod, metallar, bromidlar va yodidlar bilan o‘zaro ta’sirlashganda xlor oksidlovchidir. Masalan, xlorni natriy bilan o‘zaro ta’sirlashuvi quyi dagi reaksiya tenglamasi bilan ifodalanadi.
Ftor — flyuorit (plavik shpat) CaF 2, kriolit na3[alF6], ftorapatit 3Ca3(pO4)2 ∙· CaF 2 yoki Ca5(pO4)3 F minerallari tarzida tabiatda uchraydi.
Brom — xlor tutuvchi barcha tabiiy birikmalarga yondosh tarzda minerallar holida va dengiz suvida, yer osti suvlarida uchraydi.
Yod — dengiz o‘tlari (laminariya) va dengiz bulutlarida, organik birikmalar, yer osti suv larida, Chili selitrasiga yondosh tarzda yodatlar (naiO3, KiO3) holida keng tabiatda uchraydi. galogenlarning barchasi o‘tkir hidga ega, zaharli. F2, Br2, i2 molekulalari ikki atomli, tartib raqami ortishi bilan atom radiuslari ortib borganligi sababli molekulalar qutblanuvchanligi ortib boradi. natijada molekulalararo dispersion ta’sirlashuv kuchayib bromning suyuq, yodning qattiq holda bo‘lishiga olib keladi. Bu esa o‘z-o‘zidan yuqori suyuqlanish va qaynash haroratiga ega bo‘lishiga sabab bo‘ladi. Ftor juda yuqori kimyoviy faollikka ega bo‘lib, uni amalda erituvchilar vositasida eri tish qiyin. Brom va yod suvda juda oz miqdorda, organik erituvchilarda esa yaxshi eriydi. Ftor xona haroratida ishqoriy metallar, qo‘rg‘oshin, temir bilan yonib reaksiyaga kirishadi. Qizdirilganda barcha metallar, oltin va platina bilan ham reaksiyaga kirishadi. vodorod, yod, brom, oltingugurt, fosfor, mishyak, surma, uglerod, kremniy, bor bilan sovuqda ham portlab yoki yonib reaksiyaga kirishadi.
Qizdirilganda kripton va ksenon bilan birikadi.
Xe + F2 = XeF2 + Q
Ftor, kislorod, azot va olmos bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri reaksiyaga kirishmaydi. Ftor atmosferasida shisha va suv yonib ketadi:
SiO2 + 2F2 = SiF4 + O2 + Q; 2H2O + 2F2 = 4HF + O2 + Q.
Br2 va I2 ning kimyoviy faolligi nisbatan sust bo‘lsa-da, odat dagi sharoitda ular ham ko‘pchilik metallar va metallmaslar bilan reaksiyaga kirishadi. Brom, vodorod bilan qizdirilganda, yod esa kuchli qizdirilganda ta’sirlashadi, ammo yuqori haroratda Hi parchalana boshlab, teskari reaksiya sodir bo‘ladi. Bu reaksiya oxirigacha to‘liq bormaydi:
H2 + I2 = 2HI – Q
Ftor, brom, yod tabiatda asosan birikmalar holida uchraganligi uchun ular manfiy zaryadli ionlar holida bo‘ladi. shuning uchun galogenlarni olish ularning ionlarini oksidlash orqali amalga oshiriladi. Bu oksidlovchilar ta’sir ettirish yoki elektr toki ta’sirida erkin galogenlar olish imkonini beradi. Ftor yuqori haroratga chidamli surkov vositalari, kimyoviy reagentlarga chidamli plastmassalar (teflon), sovituvchi suyuqliklar (freon, xladon) olishda ishlatiladi. Bromdan turli dorivor vositalar, ba’zi bo‘yoqlar, kumush bromid ishlab chiqarish uchun foydalaniladi. Bromning yetishmasligi insonlarda turli asab kasalliklarini keltirib chiqaradi. asab kasalliklarida, uyqusizlikda bemorlarga brom li dori-darmonlar tavsiya qilinadi. 5% li yodning spirtdagi eritmasi antiseptik va qon to‘xtatuvchi vosita sifatida, bir qator farmatsevtik vositalar olishda ishlatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |