G‘afur G‘ulom shum bola qissa Yoshlar nashriyot uyi Toshkent – 2018 uo‘K



Download 302,3 Kb.
bet10/12
Sana20.03.2022
Hajmi302,3 Kb.
#504122
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
G\'afur G\'ulom - Shum bola

OBRO‘


G‘anijonning kelganini o‘tgan kuni eshitgan bo‘lsam ham, bugungina ko‘rgali ketardim. Tiriklik, deganday, hammaning o‘z ishi o‘z boshida. O‘tgan kuni Mirzafarangning uchast kasida hasharda bo‘ldik (Asli ismi Mirzaahmad aka bo‘lsa ham Tekstilning mohir to‘quvchilaridan bo‘lgani uchun do‘stlari hazil-mutoyiba yuzasidan «Mirzafarang» deb laqab qo‘yganlar. Bu laqabdan uning nafsi koyimaydi). Kecha bo‘lsa hayit-arafagarchilik deganday, bolalarni mashinachiga olib bordim, univermagga chiqib, bayram xarajati qilishdik va hokazo... G‘anijonni ko‘rish bugunga qoldi, xolos.
Bir xil shovoqi, bir qop yong‘oq, shoda but, yaratilishidanoq loyi quvnoqlik bilan yo‘g‘rilgan odamlar bo‘ladi.
Bu xillar erkakda ham bo‘ladi, xotinda ham bo‘ladi.
Ana, mening ammam shu zayil odamlardan biri. Boringki, inqilobgacha ham paranjini «yopindingmi, yopindim» taxlit irimiga boshiga ilgan. Erini esa shariatcha emas, do‘stlarcha sevgan. Inqilobning bosh kunlarida, xotin-qiz ozodligi to‘g‘risidagi birinchi gap qulog‘iga chalinar-chalinmas, bo‘pti, degan-u banoras paranjini buzib, yakandoz qilgan. Shu-shu, MOPR bilan «Bolalar do‘sti» znachoklarini ko‘kragiga taqib, ro‘molini bilinar-bilinmas qiyshiq tang‘ib, kekkaygancha yashab keladi. U, hamma yerda quvnoq, oilada erkin, turmushda shod va mehnatda jafokash-u ozod...
G‘anijon shu ammamning o‘rtancha o‘g‘li. Harbiyga ketgan edi. Kadrga qolipti. Hozir uchuvchilar maktabini tamom qilish oldida. Otpuskaga kelgan.
Bozor Taxtapulga ko‘chgandan buyon 6-tramvayga tushib bo‘lmaydi, ko‘chada esa kishi yakka kift bo‘lib yuradi, odam ko‘p. Shu ko‘chadan ketib borar edim. Ro‘paramdan bir harbiy yigit chiqib salom berdi.

  • Salom, tog‘a.

  • Iya, senmisam, G‘anijon? Men seni ko‘rgali ketayotgan edim.

  • Bir-ikki joylarga boradigan ishlarim bor edi, ikki kundan buyon mehmon ustiga mehmon, chiqib bo‘lmadi.

  • O‘zing yaxshimisan, uy ichlaring tinchmi?.. – va hokazo so‘roq-istoqlardan so‘ng u bilan xayrlashdim, u yo‘liga ketdi, men ham yo‘limda davom qildim. Yigirma qadamlardan so‘ng juldur-juldur paranji yopingan bir xotin kelib, barimdan tutdi.

  • To‘xta!

  • A, kim, nimaga?

  • Hovliqma, ammang bo‘laman. – G‘anijonning onasi, hali aytgan shovoqi kampir.

  • O‘zi nima gap, paranjingiz nimasi? – Ammam kuldi.

  • Obro‘ qidirib yuribman. G‘anijoning, mana, tappa-taq to‘rt yildan beri harbiyda, men uning yoqasiga taqqan chor burchaklarini tushunmayman. Xo‘sh, qani dedim, ilming qayerga borgan ekan, senga ham ko‘cha-ko‘yda birov salom beradigan bo‘ldimi, yo‘qmi, dedim. Ko‘chaga chiqishini poylab, nomus bo‘lsa hamki, Asalat achaning paranjisini so‘rab yopindim... Izma-iz ketayotibman. Necha odam bilan salom-alik qilganini sanab borayotibman.

  • O‘zi qayerga ketayotibdi?

  • Sevganining oldiga-da, Shayxantohurga. Besh yildan buyon andarqat.

  • Siz ham Shayxantohurgacha orqasidan borasizmi?

  • Boraman.

  • Bo‘lmasa, 10-tramvay bilan orqadan aylanib men ham boraman. Kinoning oldida bir-birimizni kutamiz. Keyin menga aytasiz.

Ammam o‘g‘lining orqasidan ketdi.
Men oldinroq borib Shayxantohurda uni kutib turdim. Eng ilgari G‘anijon o‘tib ketdi, o‘zimni panaga olib turdim. Orqasidan paranji yopingan ammam keldi. Menga yaqinlashdi. Men so‘radim:

  • Xo‘sh, qalay?

  • Bo‘ldi, ishondim. Qirq bitta-yu, yettita.

  • Nima qirq bitta-yu, nima yettita?

  • Salom-alik-da. Janggohdan shu yergacha qirq bitta harbiy yigit G‘anijonga oldin salom berdi. Yettita harbiyga G‘anijon oldin salom berdi. Tuzuk, obro‘yi yaxshi.

Ammam o‘sha yerdayoq paranji-chachvonini taxlab, qo‘ltiqqa urdi.

  • Kechqurun hovliga bor.

Ajralishdik.
Leytenant o‘g‘liga ryadovoy harbiylarning bergan chestlari ammam obro‘yining protsentlari ekanini bildim.

Download 302,3 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish