9.Узунчоқ миянинг тузилиши. IV қоринча. Бош мия нервларининг ромбсимон чуқурчада жойлашган ўзаклари, клиник аҳамияти.
Uzunchoq miya tuzilishi jihatdan orqa miya tuzilishiga o‘xshaydi. Uni old va orqa tomonida joylashgan o'rta egat ikkita pallaga ajratadi. Har ikki palla o'z navbatida orqa tomonidan o‘tgan yonbosh egatlar orqali tizirnchalarga ajralgan. Oldingi tizimchalardagi harakatlantiruvchi nerv- lar Cpiramida yo'llari) piramidada joylashgan. Orqa qismidan esa sezuvchi nerv tolalari o'tadi. Uzunchoq miya bilan orqa miya chegarasida piramida yo‘li kesishmasi ko‘rinadi.
Rombsimon miya pufagidan taraqqiy etgan: uzunchoq miya, ko'prik va miyachalar orasidagi bo'shliq IV qorinchaga aylanadi. IV qorincha oldingi sohada o'rta miya bo'shlig'idan hosil bo'lgan miya suv yo'li — aqueductus cerebri ga davom etadi va III qorincha bo'shlig'i bilan aloqa bog'laydi. IV qorinchaning pastki sohasida esa, qorincha orqa miya markaziy kanali bilan tutashadi. IV qorincha bo'shlig'i bosh miyaning subaroxnoidal bo'shlig'i bilan ham aloqa bog'laydi: qorincha chodirining cho'qqi sohasidan — apertura mediana ventriculi quarti ochilsa, rombsimon chuqurchaning yon cho'ntaklari sohasi dan — apertura lateralis ventriculi quarti boshlanadi. IV qorinchaning tubi va tom qismlarini ajratish mumkin. To'rtinchi qorinchaning tomi — tegmen ventriculi quarti deyilsa uning tubini rombsimon chuqurcha — fossa rhomboidea tashkil etadi. IV qorincha tom qismida chodir— fastigium ko'rinadi Qorinchaning tom qismida yuqori va pastki chodirlar bo'ladi. Y uqori chodir — velum medullare superius miyachaning yuqori oyoqchalari orasida joylashadi. Bu sohada yuqori oyoqchalarning yuganchasi frenulum veli medullaris superior bo'ladi.
Rombsimon chuqurchaning ikki yon chekkasi sohasida VIIIjuft bosh miya nervlarining o'zaklari joylashadigan maydonchalar area vestibularis ko'rinadi. Bu maydonchalardan o'rta egat tarafga yo'nalgan tizimchalar— striae medullares ventriculi quarti rombsimon chuqurchani yuqori va pastki qismlarga ajratadi. Rombsimon chuqurcha sohasidagi nerv o'zaklarining joylashish tartibi ma lum qonuniyatga bo'ysunadi. Jumladan miya pufagi orqa miyadan uzunchoq miyaga o'tish sohasida bukilganligidan, pufakning orqa sohasi o'zaro uzoqlashib oldingi sohalar esa o'zaro yaqinlashadi. Natijada, orqa sohada joylashgan sezuvchi o'zaklar lateral tarafga o'tadi. O'rta sohada harakat nervi, oraliq sohada esa vegetativ nerv o'zaklariga ega bo'lgan bosh miya nervlari joylashadi. Shu sababdan aynan sezuvchi nerv o'zaklari bo'lgan VIIIjuft bosh miya nervi lateral cho'ntaklar sohasida joylashadi. Faqat harakat o'zaklariga ega bo'lgan VI, XIIjuft bosh miya nervlari o'rta egat atrofidan boshlanadi. Bu nervlar orasida esa vegetativ o'zagi bo'lgan VII, IX, X juft nervlar hujayralari joylashadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |