Gadoiy ijodining ayrim badiiy xususiyatlari


- V / - V – V / V - - V / - V -



Download 19,73 Kb.
bet2/3
Sana01.01.2022
Hajmi19,73 Kb.
#283468
1   2   3
Bog'liq
Feruza Nahalboyeva

- V / - V – V / V - - V / - V -

(maf’ulu, foilotun, mafoiylun, foilun )

Yorning sochlari gajakdor, halqa-halqa bo‘lib turibdi va bu halqalarga oshiqlarning yuraklari o‘ralib qolganki, undan kechib ketish mushkul. Qizil yuzlari uzra tushib turgan qop-qora sochlari mushkka, sunbulga qiyos etilgan sababi shuki, ular bir - biriga rang jihatdan o‘xshash. Gadoiy g‘azallarida tabiat tasvirini ham keltirgan o‘rinlari juda ham ko‘p bo‘lib, unda faqatgina ularni tasvirlab qolmay, balki bu tabiat tasvirlariga sababchi yor deb keltiradi. Quyidagi misralarda bunga ishonch hosil qilamiz.

Bayt:

Har kunda axtar aning uchun yerga bosh qo‘yar,



Ko‘ktin dilovare-ki, oti oftob erur.[1.117]

Tong otgandan so‘ng yulduzlar ko‘rinmay qoladi chunki, quyoshning yorug‘ligi juda ham kuchli. Yor uchun yulduzlar yerga boshini qo‘yadi. Ma’shuqa osmondan ham chiroyliki oshiq uni oftobga qiyoslaydi. Ko‘k va yer so‘zlari badiiy adabiyotda tazod san’atini yuzaga keltirgan. Oshiq yori yuzi uzra tomchilab turgan qatra-qatra terlarni ham shunchaki ter deb bilmaydi. Shoir bu o‘rinda tajohil-u orif san’atidan foydalanib tasvir darajasini yanada yuqoriga ko‘tarib tariflaydi. Bir o‘rinda bir tasvirni keltiradi va bu fikridan qaytib uni yanada bo‘rttirib tasvirlaydi. Uning yuzidagi tomchilar gul yuzidagi shabnammi yoki gulob (guldan tayyorlangan ichimlik)ga o‘xshatadi.Yor yuzidagi tomchilar uning hayajonlanganligidan, oshiqqa nisbatan qalbida iliqlik borligidan dalolat. Ayni paytda gul, shabnam va gulob so‘zlari tanosub san’atini hosil qilgan.

Bayt:

Ul qatra-qatra tob-i araq orazing uza



Shabnammudur gul uzra va yoxud gulob erur? [1.117]

G‘azallarda keltirilgan yor obrazining barchasida mash’uqa rahmsizligi, beshavqatliligidan shikoyat qilinadi. Oshiqning dardiga, oh-u nolasiga parvo ham qilmaydi.

Bayt:

Qilmas tarahhum oh-u fig‘onimga nargising,



Noz uyqusinga vah ne balo mast-i xob erur. [1.117]

Konglimga bir qiyo boqmaydi bu nargais ko‘zlaring. Ey yor, sen oliyjanob eding-ku? Nima bo‘ladi mening qalbimga ham bir ko‘z uchidan qarab qo‘ysang?

Bayt:

Boqmas dag‘i ko‘ngulga qoshing bir ko‘z uchidin,



Netti, ne bo‘ldi, har necha oliyjanob erur. [1.117]

Lab qizilligi sababli uni la’lga qiyos etadi. Labing shunchalik toza mayki, uni ko‘rgan kishi o‘zidan ketadi va o‘ziga kela olmaydi. Aql-u hushidan judo bo‘ladi.

Bayt:

La’ling mayini ko‘rsa, o‘zidin ketar kishi; Topmas xirad-kim, ul ne muravvaq sharob erur. [1.117]



Har bir shoirning adabiy merosi ularning taxalluslari orqali aniqlangan. Taxalluslar doim she’rlarning xotima qismida keltiriladi. Agar u g‘azallarda qo‘llanilgan bo‘lsa taxallus ko‘rsatilgan bayt g‘azalda ,, bayt-ul maxlas –taxallusli bayt’’deb atalgan. Bunda taxallus faqatgina o‘z ma’nosida keladi, u boshqa baytlardagi mazmun bilan bog‘lanishi shart hisoblanib kelingan. Masalan Gadoiyning ,, Ul zulfi halqa- halaqaki, purpech- u tob erur’’ nomli radifli g‘azalida ham shoir taxallusini keltiradi. Biroq she’r matnidagi taxallus ba’zan o‘z ma’nosidan tashqari qo‘shimcha ma’noni ham anglatishi mumkin.

Bayt:


Hijron o‘tig‘a o‘rtadilar jon ila ko‘ngul

Miskin Gadog‘a bu ne qiyomat azob erur! [1.117]

Jon bilan ko‘ngil oshiqni hijron o‘tiga ottilar, o‘rtadilar. Bu azoblar gado uchun ya’ni ishqqa gado bo‘lgan oshiq uchun qiyomatdagi azob kabi edi. Yuqoridagi baytda ham ,, Gado‘’ so‘zi keltirilgan. Bu shoirning taxallusi bo‘lib kelishidan tashqari ,,ishqqa gado, tilanchi’’ ma’nolarida ham ishlatilgan va bayt mazmuniga ham uyg‘undir. Gadoiy she’rlarida keltirgan so‘zlarning ma’nosiga alohida e’tibor bergan. Badiiy san’atlardan o‘rinli foydalanganligi shoirning mahoratliligidan dalolatdir.


Download 19,73 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish