Ga buriladi



Download 1,1 Mb.
bet1/3
Sana23.04.2022
Hajmi1,1 Mb.
#576955
  1   2   3
Bog'liq
1.3. KRANLARNING YUKLARNI ORTISH, TASHISH, TUSHIRISHDA BAJARADIGAN ISHLAR TAHLILI.


1.3. KRANLARNING YUKLARNI ORTISH, TASHISH, TUSHIRISHDA BAJARADIGAN ISHLAR TAHLILI.
Оg’ir vа kаttа hаjmdаgi yakkа (dоnаli) hоldаgi qurilish mаteriаllаr mахsus krаnlаr (minоrаli, ko’prikli, kаbеlli, chоrpоyali, аvtоmоbil vа bоshqа) yoki аvtоyuklаgichlаr yordаmidа yuklаb, tushirilаdi.
Yuk ko’tarish kranlari statsionar va ko’chma turlarga bo’linadi. Statsionar kranlar o’z turi bo’yicha machta va machta strelali kranlarga bo’linib, ularni qo’llanish doirasi chegaralangan. Machta va machta strelali kranli yig‘ma konstruksiyalarni, texnologik jihozlarni yirik qurilishlarda montaj qilish uchun qo’llaniladi. Machta krani buriladigan bo’lib, machtasi fundament ramasiga tayanadi va binoga mahkamlanadi yoki vintlar orqali mahkamlanadi. Machtaga buriluvchan strela o’rnatiladi. Yukni ko’tarish uchun chig‘irdan foydalaniladi va yuk og‘irligiga qarab polispast tanlanadi.
Vintli machta-strelali kranlar. Bu kran (1.6-rasm) 9 machta, 8 strela, 6 yuk strela, 3 polispastlar 11 tayanch rama, 14 chig‘ir va 2 vintdan iborat. Strelasi sharnir orqali machtaning pastki qismiga mahkamlanadi va u vertikal o’q atrofida buruluvchi doira 10 yordamida 3600 ga buriladi.
Machta va strela po’lat arqonli aylanish mexanizmiga ega. Machta
pastki qismi maxsus zoldirli tovon 15 ga tayanadi. Machtaning tepa qismi qo’zg‘almaydigan tayanch 1 orqali yuk ko’tarish qobiliyatiga ko’ra 8 tagacha vintlar bilan gorizontga nisbatan 300 burchak ostida mahkamlanadi.
Strela va yuk polispastlari tarmoqlarining uchlari bloklar 12, 13 orqali machta ichkarisiga kiritiladi va strela tovoni teshigi orqali chiqarilib elektroreversiv chig‘ir 14 ning barabaniga ulanadi. Asosiy strela va yukni yuqoriroqqa ko’tarish uchun machta qo’shimcha ravishda polispast 7, qo’shimcha qurilma-tumshuq (gusak) 4 va yuk ko’tarish qobiliyati ozroq bo’lgan ikkinchi polispast 5 bilan jihozlangan.



1.6-rasm. Vintli machta strelali kranning sxemasi.
a-umumiy ko’rinish, b-kranni pastki tayanchi, v-kallak. 1-tyanch, 2-vint, 3-strela polispasti, 4-qo’shimcha qurilma-tumshuq (gusak): 5-polispast: 6-yuk polispasti: 7-polispast: 8-strela: 9-machta: 10-burilish doirasi: 11-tayanch ramasi: 12-blok: 13-blok: 14-chiir : 15-tovon
Minorali kranlar - strelasi vertikal minoraning yuqori qismiga mahkamlangan mashina bo’lib, u konstruksiyalarni siljitish va montaj qilishda foydalaniladi. Minorali kranning ishchi harakati yukni ko’tarib turish, strela qulochini o’zgartirish, yukli strelani burish va kran relps bo’ylab harakatlantirishdan iborat. Kranlarni xizmat ko’rsatish maydonining kattaligi ularda qurilish ishlariga keng foydalanish imkonini beradi. Xizmat ko’rsatish maydonining uzunligi relsli yul uzunligi va eni strela qulochining ikki barobariga teng qilib olinadi. Minorali kranlarning turlari va asosiy ko’rsatgichlari qurilish ishlari texnologiyasi bo’yicha aniqlanadi. Ularning asosiy ko’rsatgichlari yuk ko’tarish qobiliyati, strelaning minimal va maksimal qulochi, ilmoqni ko’tarish va tushirish balandliklari, ishchi harakatlar tezligi, tashqi o’lchamlari, vazni, quvvat va tayanchlardagi zo’riqishlar qiymatlaridir. Qurilishda yuk ko’tarish qobiliyati 3-10 t., strela qulochi 25 m, ilmoqni ko’tarilishi 50 m gacha bo’lgan, ko’p qavatli uylarni qurishda mos ravishda yuk ko’tarish qobiliyati 6, 3. . . 12, 5 t. , qulochli 45 m va ilmoqning ko’tarilishi 150 m bo’lgan minorali kranlar qo’llaniladi. Sanoat qurilishida misol uchun elektro stansiyalar, suv inshootlari qurilishda va shu kabi yirik qurishlarda yuk ko’tarish qobiliyati 80 t. va yuk momenti 15000 kNm, strela qulochi 25. . . 45 m va ko’tarish balandligi 50. . . 80 m bo’lgan maxsus montaj kranlari qo’llaniladi.
Gorizontal balka strelali kranlarda yuk aravachasi strela bo’ylab elektroreversiv chig‘ir 14 orqali harakatlanadi. Gorizontal strelali kranni yuk ko’tarish balantligi qiya strelalinikidan past, lekin kam energiyani talab qiladi va montaji oson. Strelasi qiya joylashgan kranlarda quloch o’zgartirilganda yuk o’zining xolatini o’zgartiradi. Bu kamchilikni yo’qotish uchun strela qulochini o’zgarishi bilan yukni gorizontal siljitishni ta’minlash talab qilinadi.
Gorizontal strelali minorasi burilmaydigan kranlar. (11.4-rasm) Kran minorasi 1-tayanch qismi ramasi yoki portal 2 orqali kranni relps bo’ylab harakat qiluvchi aravacha 3 ustiga o’rnatiladi. Tayanch qismiga kranni ishchi va salt rejimlarda ustivorligini ta’minlash uchun muvozanatlovchi yuk 4 o’rnatiladi. Burilish kallagi 12 tayanch-burilish qurilmasi 6 orqali minoraning yuqori seksiyasiga tayanadi. Strela 14 va muvozanatlovchi konsol 7 burilish kallagiga sharnirli biriktirilgan va tortqi 10 orqali ushlab turiladi. Muvozanatlovchi konsolda yuk chig‘iri 9, muvozanatlovchi yukni siljituvchi chig‘ir 11 va kranni yuqori qismini muvozanatlovchi yuk 8 joylashgan. Strelani pastki chizig‘i bo’ylab yuk karetasi 15 strela ichida joylashgan tortuvchi kuch chig‘iri 13 orqali harakat qiladi. Minorani ko’tarish montaj tutgichi 5 yordamida amalga oshiriladi.
Yukni ko’tarish uchun ikki karrali (11.4, d-rasm) yoki to’rt karrali (11.4, g-rasm) yuk polispastlari ishlatiladi. 11.4, b, v-rasmlarda siljish mexanizmi va yuk karetkasida po’lat arqonni o’rash sxemasi ko’rsatilgan.
Burilmaydigan minorali kran KB-674 A ning 10 dan ortiq turi bo’lib, ular minora balandligi, strela uzunligi va yuk xarakteristikalari bilan farq qilib yuklarni ko’tarish va tushirish ishlarida keng qo’llaniladi.

11.4-rasm. Minorasi burilmaydigan minorali kranning sxemasi.



Download 1,1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish