BUGER - LAMBERT - BER QONUNI
Elektromagnit to’lqinlarining eritmada tarqalishdagi asosiy
xususiyatlaridan
biri intensivlik bo’lib, vaqt birligida maydondan o’tayotgan kvantlar soniga bog’liq
kattalikdir. Yorug’likning yutilishi
tanlash xususiyatiga ega bo’lganligi uchun,
yorug’lik moddaning rangsiz eritmasidan o’tganida ma’lum to’lqin uzunligiga ega
bo’lgan -
nurlar yutiladi, boshqa to’lqin uzunligiga ega bo’lgan nurlar esa -
yutilmasdan eritmadan o’tib ketadi. Ushbu jarayonni miqdoriy jihatdan hisobga
olish uchun har xil to’lqin uzunliklaridan tashkil topgan oddiy yorug’lik
nurlarining o’rniga monoxromatik (bir xil kvant energiyalariga yoki bir xil to’lqin
uzunliklariga ega bo’lgan) nurlardan foydalanish kerak. Bu holda yutilish birinchi
tartibli oddiy
tenglama asosida bo’ladi:
n
k
J
J
•
lg
0
J
0
, J - tushayotgan va o’tgan nurlarning intensivligi, n – yorug’likni yutayotgan
moddaning mollar soni, k - yorug’likni yutayotgan moddaning tabiatiga bog’liq
bo’lgan doimiylik. Doimiylik qiymati to’lqin - uzunligiga bog’liq bo’ladi.
Moddalar eritmalarining kontsentratsiyasini ko’rsatuvchi n - idishchadagi
eritmaning molyar kontsentratsiyasi c va eritma qalinligi l ga proportsional bo’ladi
(Lambert - Ber qonuni). Bu holda tenglama quyidagicha o’zgaradi (odatda o’nlik
logarifmi ishlatiladi):
l
c
E
J
J
•
•
lg
0
Tenglamaning chap tomonidagi qismi eritmaning nur o’tish qobiliyatini
ko’rsatadi va optik zichlik deb nomlanadi. Proportsionallik koeffitsienti (
)
yutilishning molyar koeffitsienti deyiladi va 1 sm qalinlikdagi, kontsentratsiyasi 1
mol/l bo’lgan eritmadan o’tgan - nurning yutilishini ko’rsatadi. Yutilish o’lchamsiz
kattalik bo’lganligi uchun
qiymati c • l ga teskari kattalik qiymatiga ega bo’lishi
kerak. Agar kontsentratsiyani (c) mol/l, eritma qalinligini (l) sm da o’lchansa,
ning qiymati l × mol • sm
-1
bilan ifodalanadi. eritma Lambert - Ber qonuniga
bo’ysunganida, ma’lum qalinlikdagi qavatning optik zichligi modda
kontsentratsiyasiga to’g’ri chiziq bilan bog’liq ravishda o’zgaradi. Bu esa miqdor
jihatdan tahlil olib borishga imkon beradi.
Eritmaning Lembert - Ber qonuniga bo’ysunmasligi quyidagi hollarda sodir
bo’lishi mumkin: a) molekula eritmada har xil tau-tomer shaklda bo’lganida; b)
modda molekulalari o’zaro yoki erituvchi molekulalari bilan ta’sirlashganida
(masalan, vodorod bog yoki assotsiatlar hosil qilganida); v) asosiy va
g’alayonlangan holatlar o’rtasida issiqlik muvozanati holatida (termoxromizm
hodisasi). Amalda erigan moddaning erituvchi molekulasi bilan ta’sirlashishi keng
tarqalgan hodisalardan hisoblanadi. Lambert - Ber qonuni faqat monoxromatik
nurlar uchun amalga oshishini hisobga olish kerak.
Molekulalardagi energetik holatlarning o’zgarishi ma’lum tebranishlar
chastotasida sodir bo’ladi. Organik moddalarning tuzilishini o’rganishda kvant
energiyalari bilan farq qiluvchi quyidagi sohalar o’rganiladi:
1. Elektronlarni qo’zg’algan holatga keltirish uchun ko’proq miqdorda
energiya talab qilinadi, bu esa ul’trabinafsha (UB) va ko’rinadigan nurlar ta’sirida
amalga oshiriladi (elektron –spektroskopiyasi).
2. Molekulalardagi tebranuvchan holat energiyasini o’zgartirish uchun zarur
bo’lgan energiya. Bu energiya ta’sirida molekulada kimyoviy bog’lar uzunligidagi
o’zgarishlar va valent bog’lar orasidagi burchakning o’zgarishi sodir bo’ladi.
Ushbu o’zgarishlar infraqizil sohada namoyon bo’ladi.
3. Yadro sonlarining yo’nalishini o’zgartirish sarf bo’ladigan kam miqdordagi
energiya (bu o’zgarishlar radio to’lqin energiyasi kvantlari ta’sirida amalga
oshirilishi mumkin).
Molekuladagi energetik o’tishlar jihatidan ul’trabinafsha va ko’rinuvchan
soha o’rtasida asosan farq yo’q.
Shunday qilib, organik kimyo va texnologiyada keng ishlatiladigan spektral
usullar sifatida ul’trabinafsha (UB), infraqizil (IQ), yadro magnit rezonans (YaMR)
spektroskopiyalari va mass-spektrometriya ishlatiladi.
Endi yuqorida ko’rsatilgan fizikaviy usullarning nazariy asoslarini va organik
molekulalar tuzilishini o’rganishda tadbiq etish mumkin bo’lgan usullarini
keltiramiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |